YouVersion Logo
Search Icon

Yoshua 1

1
1–BOB
Xudo Yoshuaga Kanʼon yurtini bosib olish haqida amr beradi
1Egamiz Oʻzining quli Muso vafotidan keyin Musoning yordamchisi Yoshuaga shunday dedi: 2“Mening qulim Muso vafot etdi. Endi hammangiz — butun Isroil xalqi Men sizlarga berayotgan yurtga kirish uchun Iordan daryosidan oʻtishga tayyorlaninglar#1:2 …Iordan daryosidan oʻtishga tayyorlaninglar — oʻsha paytda Isroil xalqi Iordan daryosining sharqidagi Moʻab tekisligida turar edi (Sahroda 36:13 ga qarang).. 3Musoga vaʼda berganimday, oyogʻingiz tekkan hamma joyni sizlarga beraman. 4Janubdagi sahrodan shimoldagi Lubnongacha, sharqdagi buyuk Furot daryosidan gʻarbdagi Oʻrta yer dengizigacha#1:4 Oʻrta yer dengizi — ibroniycha matnda Buyuk dengiz. boʻlgan joylar, Xet xalqining hamma yerlari#1:4 …Xet xalqining hamma yerlari… — bu oʻrinda Suriyaning shimoldagi yerlari nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XET XALQI iborasiga qarang. sizning yurtingiz boʻladi. 5Ey Yoshua, bir umr hech kim senga bas kela olmaydi. Muso bilan boʻlganimday, sen bilan ham birga boʻlaman. Seni tark etmayman, hech qachon tashlab ketmayman. 6Dadil va botir boʻl, Isroil xalqi bu yurtni qoʻlga kiritib, egalik qilishiga sen bosh boʻlasan. Chunki ularning ota–bobolariga, bu yurtni sizlarga beraman, deb vaʼda qilganman. 7Dadil va botir boʻlishing kerak, Men qulim Muso orqali buyurgan qonunlarning hammasini bitta qoldirmay bajar, borgan joyingda ishlaring oʻngidan kelishi uchun bu qonunlardan oʻngga ham, chapga ham ogʻma. 8Tavrot kitobida#1:8 Tavrot kitobi — Qonunlar kitobida yozilganlarning aksariyat qismi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Qonunlar 29:21, 30:10, 31:24-26 ga qarang). yozilganlar tilingdan tushmasin, ularni bitta qoldirmay bajarishing uchun kechayu kunduz ular haqida fikr yuritgin. Shunda ishlaring yurishib, oʻngidan keladi. 9Amr qilaman: dadil va botir boʻl, vahimaga tushma, qoʻrqma, qayerga borsang ham, Men, Egang Xudo, sen bilan birga boʻlaman.”
Yoshuaning xalqqa bergan buyruqlari
10Shundan keyin Yoshua Isroil qabilalarining nazoratchilariga shunday deb buyurdi:
11— Qarorgoh boʻylab yurib, xalqqa quyidagi gaplarni aytinglar: “Oziq–ovqatlaringizni tayyorlanglar, chunki uch kundan keyin Iordan daryosidan oʻtib, Egangiz Xudo sizlarga berayotgan yurtni qoʻlga kirita boshlaysizlar.”
12Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga Yoshua shunday dedi:
13— Egamizning quli Muso sizlarga amr qilib aytgan soʻzlarini eslang#1:13 …Muso sizlarga amr qilib aytgan soʻzlarini eslang — Sahroda 32:28-33, Qonunlar 3:18-20 ga qarang.. U sizlarga: “Egangiz Xudo sizlarga osoyishtalik ato qilib, mana shu yerlarni berdi”, deb aytgan edi. 14Xotinlaringiz, bolalaringiz, mol–qoʻylaringiz Muso sizlarga bergan yerda — Iordanning mana shu sharq tomonida qoladi. Orangizdagi barcha qurollangan jasur jangchilar esa birodarlaringizning oldida borib, Iordan daryosidan oʻtadi. 15Birodarlaringiz ham Egangiz Xudo berayotgan yurtni egallamaguncha, jasur jangchilaringiz ularga yordam beradi. Egamiz sizga osoyishtalik berganday, birodarlaringizga ham osoyishtalik bergandan keyingina Egamizning quli Muso sizlarga bergan Iordanning sharqidagi oʻz yeringizga qaytib kelib, joylashasizlar.
16Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi:
— Siz buyurgan hamma narsani qilamiz, qayerga yuborsangiz boramiz. 17Hamma narsada Musoga qanday itoat qilgan boʻlsak, sizga ham shunday itoat qilamiz. Egangiz Xudo, Muso bilan boʻlganidek, siz bilan birga boʻlsin! 18Sizning aytgan soʻzlaringizga qarshi chiqqanlarning, birorta buyrugʻingizga boʻysunmaganlarning jazosi oʻlimdir. Siz faqat dadil va botir boʻling.

Currently Selected:

Yoshua 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy