YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 1

1
1–BOB
Shayton Ayubni sinaydi
1Bir vaqtlar Uz#1:1 Uz — bu yurtning qayerda joylashgani bahsli. Taxminlarga koʻra, bu yurt Oʻlik dengizning janubidagi Edom yerida yoki Jalila koʻlining sharqidagi hozirgi Suriya hududida yo Arabiston yarim orolining gʻarbida joylashgan boʻlishi mumkin. degan yurtda Ayub ismli bir odam yashar edi. Bu odam aybsiz va solih edi. U Xudodan qoʻrqardi, fosiqlikdan yuz oʻgirgan edi. 2Uning yetti oʻgʻli va uch qizi bor edi. 3Uning yana yetti mingta qoʻyi, uch mingta tuyasi, omochga qoʻshiladigan besh yuz juft hoʻkizi, besh yuzta eshagi va juda ham koʻp xizmatkorlari bor edi. Bu kishi sharqda#1:3 sharq — Yaqin Sharq, aynan Iordan daryosining sharqidagi yurtlar nazarda tutilgan. yashaydiganlar orasida eng buyuk odam edi. 4Ayubning oʻgʻillari bir–birlarining uylariga borib, ziyofatlar uyushtirishar, opa–singillarini ham mehmonga chaqirishar edi. 5Ziyofatlar tugagandan keyin Ayub farzandlarini chaqirtirardi. “Farzandlarim yuraklarida Xudoni laʼnatlab, gunoh qilgan boʻlishlari mumkin”, deya erta tongda ularning har biri uchun kuydiriladigan qurbonliklar keltirib, ularni poklardi. Ayub har doim shunday qilar edi.
6Bir kuni ilohiy zotlar#1:6 ilohiy zotlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari. Bu ibora samoda yashaydigan mavjudotlarga, jumladan, farishtalarga nisbatan ishlatilgan. Eski Ahdda Xudoning taxti atrofida yigʻiladigan ilohiy zotlar haqida bir necha marta soʻz yuritilgan (misol uchun, 3 Shohlar 22:19-22, Zabur 81:1, 88:8, Ishayo 6:1-8 ga qarang). Egamizning oldiga kelishdi. Ularning orasida shayton#1:6 shayton — ibroniychadagi maʼnosi ayblovchi. ham bor edi. 7Shaytondan Egamiz:
— Qayerdan kelyapsan? — deb soʻradi.
Shayton:
— Yer yuzining u yogʻidan bu yogʻiga yurib, aylanib chiqdim, — deb javob berdi.
8Shaytonga Egamiz shunday dedi:
— Qulim Ayubni koʻrdingmi? Yer yuzida unga oʻxshagan hech kim yoʻq. U aybsiz va solih odam. Mendan qoʻrqadi, fosiqlikdan yuz oʻgirgan.
9Shayton shunday javob berdi:
— Ayub bekordan–bekorga Sendan qoʻrqarmidi?! 10Uning xonadonini, oʻzini, bor narsasini himoya qilasan–ku! Har bir qilgan ishiga baraka berasan. Qara, uning mol–qoʻylari butun yurt boʻylab yoyilib ketgan. 11Hozir undan bor narsasini olib qoʻygin–chi! U yuzingga qarab Seni laʼnatlaydi.
12Shaytonga Egamiz shunday dedi:
— Mayli, Ayubning bor–budi senga, faqatgina uning oʻziga qarshi qoʻl koʻtarma!
Shunday qilib, shayton Egamizning huzuridan ketdi.
Ayub bor–budidan mahrum boʻladi
13Bir kuni Ayubning farzandlari ziyofat qilib oʻtirishgan edi. Ular eng katta akalarining uyida yigʻilgandilar. 14Ayubga bir xizmatkori quyidagi xabarni keltirdi: “Hoʻkizlaringizni omochga qoʻshib, yer haydayotgan edik. Eshaklar oldimizda oʻtlab yurgandi. 15Bir toʻda Savoliklar#1:15 Savoliklar — janubdan kelgan koʻchmanchi qabila. Ular Arabiston yarim orolidan kelgan boʻlishi mumkin. bizga hujum qilishdi. Ular hamma hayvonlarni oʻgʻirlab ketishdi. Dalada ishlayotganlarning hammasini esa oʻldirishdi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.” 16U shu gaplarni aytib ulgurmasdanoq, yana bir xabarchi kelib, shunday dedi: “Osmondan yashin tushib, hamma qoʻyu choʻponlaringizni kuydirib yubordi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.” 17U gaplarini tugatmasdan turib, uchinchi xabarchi kelib shunday dedi: “Uch toʻda Xaldeylar#1:17 Xaldeylar — hozirgi Fors qoʻltigʻining shimolidagi yerlarda yashagan xalq edi. kelib, tuyalaringizni oʻgʻirlab ketishdi. Xizmatkorlaringizni esa oʻldirishdi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.” 18U shu gaplarni aytayotgan ham ediki, yana bir xabarchi kelib dedi: “Oʻgʻil–qizlaringiz eng katta akalarining uyida ziyofat qilib oʻtirishgan edi. 19Birdaniga choʻldan qattiq shamol turib, uyni toʻrtala tomonidan urdi. Uy qulab tushib, farzandlaringizni bosib qoldi. Ularning hammasi halok boʻldi. Faqatgina men qochib qolishga ulgurdim. Shularni sizga aytishga keldim.”
20Ayub turib, qaygʻudan kiyimini yirtib tashladi. Keyin sochini qirib tashlab#1:20 …qaygʻudan kiyimini yirtib tashladi…sochini qirib tashlab… — kiyimlarni yirtish va sochni qirish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi., yerga muk tushdi. 21U shunday dedi: “Onamning qornidan yalangʻoch tushgandim, dunyodan ham yalangʻoch ketaman. Hamma narsamni Xudo bergan edi, Xudoning Oʻzi olib qoʻydi. Egamning nomiga hamdu sanolar boʻlsin!”
22Shuncha koʻrgiliklardan keyin ham, Ayub Xudoni ayblamadi, gunoh qilmadi.

Currently Selected:

Ayub 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy