Ayub turib, qaygʻudan kiyimini yirtib tashladi. Keyin sochini qirib tashlab, yerga muk tushdi. U shunday dedi: “Onamning qornidan yalangʻoch tushgandim, dunyodan ham yalangʻoch ketaman. Hamma narsamni Xudo bergan edi, Xudoning Oʻzi olib qoʻydi. Egamning nomiga hamdu sanolar boʻlsin!”
Shuncha koʻrgiliklardan keyin ham, Ayub Xudoni ayblamadi, gunoh qilmadi.