YouVersion Logo
Search Icon

Yeremiyo 1

1
1–BOB
1Ushbu kitobda Xilqiyo oʻgʻli Yeremiyoning soʻzlari bayon etilgan. Yeremiyo Benyamin hududidagi Onotoʻt shahrida#1:1 Onotoʻt shahri — Quddusdan qariyb 5 kilometr shimoli–sharqda joylashgan edi. yashagan ruhoniylardan biri edi. 2Omon oʻgʻli Yoʻshiyo Yahudoda#1:2 Yahudo — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi oʻnta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Yahudo va Benyamin qabilalari janubiy shohlik deb ataladigan boʻldi. Janubiy shohlikning poytaxti Quddus boʻlib qolaverdi, ularning oʻz hukmdorlari bor edi. Eski Ahdning baʼzi parchalarida Yahudo soʻzi janubdagi ikkala qabilaga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang. hukmronlik qilgan davrning oʻn uchinchi yilida#1:2 Yoʻshiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning oʻn uchinchi yili — miloddan oldingi 627 yil. Yoʻshiyo miloddan oldingi 640-609 yillarda hukmronlik qilgan., Egamizning soʻzi ilk bor Yeremiyoga ayon boʻlgan edi. 3Shundan soʻng Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim davridan#1:3 Yohayiqim davri — miloddan oldingi 609-598 yillarda Yahudoda hukmronlik qilgan. tortib, to Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yiligacha#1:3 Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yili — miloddan oldingi 586 yil. Zidqiyo miloddan oldingi 597-586 yillarda Yahudoda hukmronlik qilgan., Egamiz Yeremiyoga Oʻz soʻzini bir necha marta ayon qilgan edi. Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yili beshinchi oyida#1:3 beshinchi oy — ibroniy kalendarining Av oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyulning oʻrtasidan boshlanadi. Quddus aholisi Bobilga surgun qilindi.
Egamiz Yeremiyoni tanlaydi
4Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi:
5“Onang qornida senga shakl bermasimdan oldin seni bilgan edim,
Tugʻilmasingdan oldin seni Oʻzim uchun ajratib olgan edim.
Xalqlarga seni paygʻambar etib tayinlagan edim.”
6Men Unga shunday javob qaytardim:
— Yo Egam Rabbiy! Men tuzukroq ham gapira olmayman. Hali juda yoshman.
7Egamiz esa menga shunday dedi:
— Oʻzingni, yoshman, deb aytma! Men seni kimning oldiga yuborsam, oʻshalarning oldiga borasan. Senga amr qilgan hamma gaplarimni ularga aytasan. 8Sen ulardan qoʻrqma. Men sen bilan birga boʻlaman, seni xalos qilaman. Buni Men, Egang, aytdim.
9Soʻng Egamiz qoʻlini uzatib, labimga tekkizdi–yu, dedi:
— Mana, soʻzlarimni ogʻzingga solib qoʻydim. 10Bugundan boshlab xalqlar va shohliklarni qoʻporib, yoʻq qilishing uchun, vayron qilib, agʻdarishing uchun, bunyod etib, mustahkamlashing uchun senga izn berdim.
Ikkita vahiy
11Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qilib, shunday dedi:
— Ey Yeremiyo, nimani koʻryapsan?
— Bodom shoxini, — deb javob berdim men.
12— Toʻgʻri koʻrding, — dedi Egamiz. — Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi#1:12 Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi — ibroniychada bodom va hushyor soʻzlari oʻzaro ohangdosh. Bodom birinchi boʻlib gullaydigan daraxt boʻlgani uchun, Yahudoda bahor ramzi hisoblanardi. Xudoning “hushyor turishi” ham Uning “hukmi” ramzidir. Bundan anglashiladiki, Xudo ahdni buzgan sadoqatsiz xalqini hukm qilishga tayyor turibdi (Levilar 26:14-45, Qonunlar 28:15-68 ga qarang).. Aytgan soʻzlarimni#1:12 Aytgan soʻzlarim — Levilar 26:14-45, Qonunlar 28:15-68 ga qarang. Men tez orada bajo keltiraman.
13Egamiz menga Oʻz soʻzini yana ayon qilib dedi:
— Nimani koʻryapsan?
— Shimol tomonda qaynab turgan bir qozonni. Qozon biz tomonga agʻdarilay–agʻdarilay deb turibdi, — dedim.
14Egamiz menga shunday dedi:
— Bu yurtning butun aholisi ustiga shimol tomondan falokat yogʻiladi.
15Egamiz shunday demoqda: “Men shimoldagi shohliklarning barcha xalqlarini#1:15 shimoldagi shohliklarning barcha xalqlari — Bobil va uning ittifoqdoshi lashkarlariga ishora (20:4-5, 39:1-3 ga qarang). Bobil shohligi Yahudo yurtidan sharqda joylashgan edi, lekin Bobil lashkarlari Yahudoga shimol tomondan hujum qiladi. chaqirib olyapman. Ularning shohlari kelib, oʻz taxtlarini Quddus darvozalarining yoniga oʻrnatadilar. Quddus devorlarini qurshab oladilar, Yahudo shaharlarining hammasiga hujum qiladilar. 16Shu yoʻsin Men xalqimga qarshi hukmimni eʼlon qilaman, chunki Oʻz xalqim Meni tark etib, qabihlik qildi. Ular begona xudolarga qurbonliklar keltirib, oʻz qoʻllarining ijodiga sajda qildilar. 17Sen endi boʻla qol, belingni bogʻla. Buyurganlarimning hammasini ularga borib ayt. Ulardan qoʻrqma. Aks holda, ularning oldida seni vahimaga solaman. 18Bugun Men seni bir qalʼaday, temir ustunday va bronza devorday mustahkam qildim. Sen butun yurtga — Yahudo shohlariga, shahzodalariga, ruhoniylariga, yurt aholisiga qarshi chiqasan. 19Ular senga hujum qilishadi, lekin seni yenga olishmaydi. Men sen bilan birga boʻlaman, seni xalos qilaman.” Egamizning kalomi shudir.

Currently Selected:

Yeremiyo 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy