YouVersion Logo
Search Icon

Yeremiyo 2

2
2–BOB
Xudo Isroil xalqiga gʻamxoʻrlik qiladi
1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Quddusga borib, jar sol: «Egamiz shunday deb aytmoqda:
Yoshligingdagi vafodorliging yodimda,
Kelinchakligingdagi sevging esimda.
Sen sahroda Menga ergashgan eding,
Ekin ekilmagan yerda orqamdan yurar eding.
3Ey Isroil, sen Menga bagʻishlangan eding,
Oʻrimimning ilk hosiliga oʻxshagan eding.
Oʻsha hosilni yegan har kim aybdor hisoblanardi,
Bundaylarning boshiga kulfat kelar edi,
— deb aytmoqda Egamiz.»”
Isroil ajdodlarining gunohi
4Ey Yoqub nasli, jamiki Isroil#2:4 Isroil — shoh Sulaymonning vafotidan keyin Isroil xalqi ikki shohlikka boʻlinib ketdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Shimoliy shohlik “Isroil” deb, janubiy shohlik esa “Yahudo” deb ataladigan boʻldi. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar shimoliy shohlikka hujum qilib, uni batamom yoʻq qilib yubordilar. Yeremiyo davrida faqat janubiy shohlik, yaʼni Yahudo qolgan edi. Shu sababdan mazkur oyatda va Yeremiyo kitobining koʻp joylarida “Isroil” soʻzi janubiy shohlik aholisiga nisbatan qoʻllanilgan. Biroq ayrim hollarda Yeremiyo bu soʻzni sobiq shimoliy shohlikka nisbatan yoki ikkala shohlikka nisbatan ham ishlatgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. urugʻlari, Egamizning soʻzlarini eshitinglar. 5Egamiz shunday demoqda:
“Ota–bobolaringiz Mendan nima ayb topdilar?
Nima uchun Mendan uzoqlashdilar?
Ular betayin butlarga sigʻindilar,
Oʻzlari ham betayin boʻlib qoldilar.
6Ular Menga intilmaydilar.
Men esa ularni Misrdan olib chiqqan edim,
Choʻldan, chuqurliklarga toʻla sahrodan olib oʻtgandim,
Zulmat qamragan qaqroq yerda olib yurgan edim.
Odam yashamagan, oyoq yetmagan joydan olib oʻtgan edim.
7Men sizlarni hosildor yurtga olib kelgandim,
Mevalaridan, moʻl hosilidan yenglar, degan edim.
Ammo sizlar kelib, yurtimni harom qildingizlar,
Mulkim boʻlgan yerimni jirkanch bir joyga aylantirdingizlar.
8Ruhoniylar Menga intilmadilar,
Qonun himoyachilari Meni bilmadilar,
Hukmdorlar Menga qarshi bosh koʻtardilar,
Paygʻambarlar Baal#2:8 Baal — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, erkak qiyofasida tasavvur qilingan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BAAL soʻziga qarang. nomidan bashorat qildilar,
Hech narsaga yaramaydigan butlarga koʻngil bogʻladilar.”
Egamiz Oʻz xalqini ayblaydi
9Egamiz shunday demoqda:
“Men sizlarni yana bir bor ayblayman,
Nabiralaringizni ham ayblayman.
10Gʻarbdagi Kipr#2:10 Kipr — ibroniycha matnda Kittim, Kiprning qadimgi nomi. qirgʻoqlariga borib koʻringlar,
Sharqdagi Kedarga#2:10 Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar. odam joʻnatib, bilib kelinglar.
Bunday voqea hech yuz berganmikan?!
11Biron xalq oʻz xudolaridan voz kechganmikan?!
Xudolari haqiqiy boʻlmasa–da, ulardan yuz oʻgirganmikan?!
Mening xalqim esa oʻz ulugʻvor Xudosidan voz kechdi,
Qadrsiz butlarga Meni almashtirdi.
12Ey osmon, bundan hayratlangin,
Vahima ichra titragin,
— deb aytmoqda Egamiz. —
13Mening xalqim ikki gunoh qildi:
Ular Meni — hayotbaxsh suv bulogʻini tark etdilar.
Oʻzlari uchun sardobalar qazidilar,
Suvni ushlab turolmaydigan yoriq sardobalar qurdilar.
Xiyonatning oqibati
14Isroil qulmidi?! Yoki qullikda tugʻilganmidi?!
Nechun unda u gʻanimlariga oʻlja boʻldi?
15Gʻanimlari unga sherday oʻkirdi,
Ovozi boricha unga boʻkirdi.
Oʻshalar dastidan Isroil yurti xarob boʻldi,
Shaharlari vayron boʻlib, huvullab qoldi.
16Ey Isroil, Nuf va Taxpanxasdagi#2:16 Nuf va Taxpanxas — Misrning ikki shahri edi. Nuf Memfis nomi bilan ham maʼlum. Memfis shahri Misr shimoliy hududining markazi boʻlib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham boʻlgan edi. xalqlar
Sochingni qirib tashladilar#2:16 …Sochingni qirib tashladilar — ular Misr xalqiga qul boʻlganlarining belgisi edi..
17Senga yoʻl koʻrsatgan Egang Xudoni tark etding,
Shu qilmishing bilan oʻz boshingni oʻzing yeding.
18Endi nega Misrga borasan?
Nil#2:18 Nil — ibroniycha matnda Shixor, Nil daryosining sharqiy irmogʻi. suvidan ichish uchunmi?!
Nechun Ossuriyaga#2:18 Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang. yoʻl olasan?
Furot suvidan ichish uchunmi?!#2:18 Nil suvidan…Furot suvidan ichish uchun — koʻchma maʼnodagi gap boʻlib, Isroil xalqi Misr va Ossuriya bilan ittifoq tuzmoqchi boʻlganiga ishora qiladi. Ular Xudoga ishonmay oʻsha xalqlarning yordamiga suyangan edilar (yana shu bobning 13–oyatiga qarang).
19Qabihliging oʻzingning boshingga yetadi,
Xiyonating seni mahkum qiladi.
Egang Xudoni tark etganing
Naqadar yomon va alamli ekanini
Koʻrib, bilib qoʻygin.
Sen Mendan qoʻrqmas ekansan”, demoqda
Sarvari Olam — Rabbiy.
Isroil xalqi Xudoga sajda qilishdan bosh tortadi
20Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil, sen ancha oldin
Boʻyinturugʻingni sindirgan eding,
Koʻp vaqt oldin kishanlaringni uzgan eding.
«Senga xizmat qilmayman!» deb aytgan eding.
Har bir baland tepalikda butlarga sajda qilding,
Har bir yashil daraxt ostida fohishaday yotding#2:20 Har bir baland tepalikda…fohishaday yotding — Kanʼondagi xalqlarning udumiga koʻra, sajdagohlar tepaliklarda yoki sersoya daraxtlar ostida joylashgan edi. Oʻsha paytlarda butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yoʻl bilan sajda qilishni qatʼiyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang)..
21Men seni aʼlo tokday ekkan edim,
Sen eng sara urugʻdan paydo boʻlgan eding.
Nechun endi aynib qolding?
Nega yovvoyi tokka aylanib qolding?
22Sen oʻzingni ishqor bilan ishqalasang ham,
Koʻp sovun ishlatib, oʻzingni yuvsang ham,
Aybdorlik dogʻlaring ketmaydi,
Bular doim koʻz oʻngimda turadi,
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
23Shunday ekan, qanday qilib:
«Bulgʻanmadim», deb aytasan?!
Nega: «Baalga sigʻinmadim», deysan?!
Vodiyda qilgan ishlaringga#2:23 Vodiyda qilgan ishlaring — Quddus shahridan janubda joylashgan Xinnum soyligiga ishora. Odamlar u yerda xudo Baal va xudo Moʻlaxga sigʻinib, hatto oʻz farzandlarini ham qurbonlik qilishardi (7:31-32, 19:1-6, 32:35 ga qarang). qara,
Qilgan qilmishlaring haqida oʻylab koʻr,
Sen hirsi qoʻzigan urgʻochi tuyaga oʻxshaysan,
Oʻzingni u yoqdan–bu yoqqa urasan.
24Sahroda ulgʻaygan bir qulonga oʻxshaysan,
Shahvating qoʻziganda, havoni iskaysan.
Sening hirsingni kim qondira oladi?!
Hech bir erkak senga erishish uchun oʻzini urintirishi shart emas,
Juftlashish davrida seni osonlikcha topib olishadi.
25Ey Isroil, boshqa xudolarning ketidan yuguravermagin,
Chorigʻing yirtilguncha, tomogʻing quriguncha
Ular ketidan yuravermagin.
Lekin sen shunday deding:
«Gapirganing befoyda,
Axir, men oʻsha xudolarni sevib qoldim,
Ularning ketidan bormasam boʻlmaydi.»
Isroil xalqi jazolanadi
26Qoʻlga tushgan oʻgʻri sharmanda boʻlganday,
Isroil xalqi ham sharmanda boʻladi.
Ularning oʻzlari, shohlari, aʼyonlari uyatga qoladi,
Ruhoniylaru paygʻambarlari sharmanda boʻladi.
27Ular yogʻochga: «Mening otam sensan» deyishadi,
Toshga#2:27 …yogʻochga…Toshga… — xalq sigʻingan va madad kutgan butlarga ishora.: «Tuqqan onam sensan», deb aytishadi.
Ammo Menga yuz burmay, orqa oʻgirishadi,
Boshlariga kulfat kelganda esa,
«Bizga najot ber!» deya Menga yolvorishadi.
28Xoʻsh, oʻzlaringiz uchun yasagan xudolaringiz qani?
Kulfat chogʻida sizlarni qutqara olsa, kelsin.
Shaharlaringiz qancha koʻp boʻlsa,
Xudolaringiz ham shunchadir, ey Yahudo xalqi.
29Nechun Men bilan daʼvolashasiz?!
Hammangiz Menga qarshi bosh koʻtardingiz!
— deb aytmoqda Egamiz. —
30Ey xalqim, seni jazolaganim zoye ketibdi.
Sen baribir gapimga kirmading.
Sening qiliching yirtqich arslonday
Paygʻambarlaringni qirib tashladi.
31Ey bu nasl, Mening gaplarimga quloq sol!
Nahotki Men Isroil uchun sahroday boʻlgan boʻlsam?!
Nahotki zulmat qoplagan qorongʻi yerday boʻlgan boʻlsam?!
Nechun xalqim: «Endi ozodmiz, oldingga qaytib bormaymiz», deb aytadi?
32Qiz bola taqinchoqlarini unutadimi?!
Kelinchak oʻz libosini esdan chiqaradimi?!
Yoʻq! Ammo xalqim Meni unutdi,
Oradan son–sanoqsiz kunlar oʻtib ketdi.
33Oshiqlarni topishga naqadar ustasan!
Eng buzuq ayol ham sendan oʻrgansa boʻladi.
34Sen kiyimlaringni dogʻ qilding,
Aybsiz qashshoqlarning qoniga ularni belading,
Ular uyingga oʻgʻri boʻlib tushmagan edi.
Shunga qaramay sen:
35«Aybsizman», deb aytasan.
«Egamiz gʻazabidan tushgani aniq», deysan.
«Gunoh qilmadim» deganing uchun
Men seni jazolayman.
36Nega sen yengiltaklik qilasan?
Nega ittifoqchilaringni oʻzgartirasan?
Sen Ossuriyadan yordam olmaganingday,
Misrdan ham hech qanday yordam olmaysan.
37Sen Misrdan chiqib kelasan,
Uyalganingdan yuzingni qoʻling bilan toʻsasan.
Zero, sen umid bogʻlagan xalqni Egang rad etdi.
Sen ulardan hech qanday naf koʻrmaysan.”

Currently Selected:

Yeremiyo 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy