YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 1

1
1–BOB
1Yahudo yurtida#1:1 Yahudo yurti — mazkur kitobda janubiy shohlik Yahudo degan nom bilan, shimoliy shohlik esa Isroil degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO va ISROIL soʻzlariga qarang. shohlar Uzziyo, Yoʻtom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda#1:1 …Uzziyo, Yoʻtom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlar… — miloddan oldingi 781-687 yillar. Isroil taxtida Yohoʻsh#1:1 Yohoʻsh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻsh. oʻgʻli Yorubom#1:1 Yorubom — miloddan oldingi 783-743 yillarda hukmronlik qilgan. oʻtirgan edi. Oʻsha vaqt mobaynida Beri oʻgʻli Xoʻsheyaga Egamiz Oʻz soʻzlarini ayon qildi.
Xoʻsheyaning xotini va farzandlari
2Egamiz dastlab Xoʻsheya orqali Isroil xalqiga gapirishni boshlaganda, unga shunday degan edi: “Borib fohisha ayolga uylan, u senga begona erkaklardan orttirgan farzandlar tugʻib beradi. Zotan, Mening xalqim ham fohishaga oʻxshaydi#1:2 …Mening xalqim ham fohishaga oʻxshaydi — Eski Ahdda zino yoki fahsh soʻzlari koʻpincha majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Egamizga xiyonat qilishni va boshqa xudolarga sigʻinishni bildiradi. Xoʻsheya bilan xotinining orasidagi munosabat Egamiz bilan Isroil xalqi orasidagi munosabatning timsoli boʻlib xizmat qiladi.. Ular Men, Egangizga bevafolik qilib, begona xudolarga sajda qilishmoqda.” 3Xoʻsheya Diblayim qizi Goʻmeraga uylandi. Goʻmera homilador boʻlib, Xoʻsheyaga oʻgʻil tugʻib berdi.
4Egamiz Xoʻsheyaga dedi: “Oʻgʻlingning ismini Yizril qoʻy. Chunki Yohu qanday qilib Yizrilda qon toʻkkan boʻlsa#1:4 …Yohu qanday qilib Yizrilda qon toʻkkan boʻlsa… — lashkarboshi Yohu Isroilning yangi shohi qilib tayinlangandan keyin, Egamizning amriga koʻra, Isroil shohi Yoramni oʻldirdi. Soʻng u Yoramning qabih otasi Axab xonadonini qirib tashladi (4 Shohlar 9:1-10:31 ga qarang). Bu voqealar Yizril shahrida yuz bergan edi. Keyinchalik Yohu ham, uning zurriyotidan boʻlgan shohlar ham Xudoga butun qalbi bilan itoat etmay, butlarga sajda qildilar. Shuning uchun, mazkur oyatda bayon qilinishicha, Xudo ularni Axab xonadonining ahvoliga solmoqchi. Haqiqatan ham, Yorubomning oʻgʻli Zakariyo oʻldirilgandan keyin, Yohuning sulolasi barham topdi (4 Shohlar 15:8-12 ga qarang)., tez orada Yohuning xonadonini ham oʻsha ahvolga solib, yoʻq qilaman. Isroil shohligi barham topadi. 5Oʻsha davrda Men Yizril vodiysida Isroilning kamonu oʻqlarini sindiraman#1:4-5 Isroil shohligi barham topadi. 5…Isroilning kamonu oʻqlarini sindiraman — miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. Soʻng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Shunday qilib, shimoliy shohlik tag–tomiri bilan yoʻq boʻlib ketdi..”
6Goʻmera yana homilador boʻlib, qiz tugʻdi. Egamiz Xoʻsheyaga dedi: “Qizingning ismini Loʻruhamo, yaʼni «Rahmdan bebahra» deb qoʻy. Chunki bundan buyon Men Isroil xalqiga rahm qilmayman, ularni kechirmayman. 7Yahudo xalqiga esa rahm qilaman, ularga najot beraman. Qilichu kamon, jang–jadal, otlaru chavandozlar bilan emas, Oʻz qudratim bilan ularni qutqaraman. Zotan, Men ularning Egasi Xudoman!”
8Goʻmera qizini koʻkrakdan chiqargach, yana homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. 9Egamiz Xoʻsheyaga dedi: “Oʻgʻlingning ismini Loʻyomi, yaʼni «Xalqim emas» deb qoʻy. Chunki Isroil xalqi endi Mening xalqim emas, Men esa ularning Xudosi emasman. 10Ammo shunday vaqtlar keladiki, Isroil xalqi dengizdagi qum kabi boʻladi, ularni na sanab, na oʻlchab boʻladi. Ularga: «Xalqim emas», deb aytilgan boʻlsa, kelajakda ular: «Barhayot Xudoning farzandlari» deb ataladi. 11Yahudo va Isroil xalqlari qayta birlashadilar. Ular oʻzlariga bir yoʻlboshchi tanlaydilar. Oʻz yurtida tup qoʻyib, palak otadilar. Ha, Yizrilning#1:11 Yizril — Isroil soʻziga ohangdosh boʻlgan bu nom “Xudo ekadi” degan maʼnoni bildiradi. Shu bobning 4–oyatida bu ism hukm haqidagi xabarni ifodalasa (oʻsha oyatning izohiga qarang), ushbu oyatda umid haqidagi xabarni bildiradi. — «Xudo ekkan» xalqning kuni ulugʻ bir kun boʻladi.”

Currently Selected:

Xoʻsheya 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy