YouVersion Logo
Search Icon

Xabaqquq 3

3
3–BOB
Xabaqquq ibodat qiladi, vahiyda Xudoni ilohiy jangchi timsolida koʻradi
1Xabaqquq paygʻambarning kuyga solingan ibodati quyidagicha:
2“Ey Egam, men Sening shuhrating haqida eshitdim. Qilgan buyuk ishlaringdan hayratda qoldim. Ey Egam, bizning davrimizda ham shunday ishlaringni qilgin. Odamlar Sening nimalarga qodir ekanligingni bilib qoʻyishsin. Gʻazablanganingda mehr–shafqatni esdan chiqarmagin.
3Xudo keladi Edom yurtidan#3:3 Edom yurti — ibroniycha matnda Temon, Edom yurtining shimoliy qismidagi muhim shahar. Bu oʻrinda Temon Edomning sheʼriy nomi sifatida ishlatilgan (Hakamlar 5:4-5 ga qarang).,
Muqaddas Xudo keladi Poron qirlaridan#3:3 Poron qirlari — Sinay yarim orolining sharq tomonidagi, Qizil dengizning Aqaba qoʻltigʻi boʻyidagi yerlar. Oyatdagi Edom va Poron nomlari Yahudo xalqiga oʻz tarixini eslatadi (Qonunlar 33:2 ga qarang). Xudo ularning ota–bobolarini Misrdan Sinay togʻiga olib borib, oʻsha yerda — Poron qirlari yaqinida ularga oʻnta amrni bergan edi. Shundan keyin Xudo ularni Edom yurti orqali shimol tomonga, Kanʼon yurtiga boshlab bordi va ularga oʻsha yurtni bosib olishlariga yordam berdi. Bu yurtni Xudo Ibrohimga va uning nasliga vaʼda qilgan edi. Muallif shu bobning 3-15–oyatlarida bayon qilgan vahiy orqali Yahudo xalqiga, Xudo sizlarning ota–bobolaringizga oʻtmishda qanday madad bergan boʻlsa, sizlarga ham shunday qiladi, deya dalda beradi..
Uning ulugʻvorligi koʻkni porlatar,
Hamdu sanolariga butun dunyo toʻlar.
4Ulugʻvorligi chaqmoqday chaqnar,
Nur sochilar Uning qoʻlidan —
Kuch yashiringan bilagidan.
5Uning oldida yuradi oʻlat,
Uning ketidan ergashadi ofat.
6Toʻxtaganda yer silkinadi,
Nazar solganda xalqlarni titroq bosadi.
U yurgan koʻhna yoʻllar boʻyidagi
Mangu togʻlar oʻpirilib tushadi,
Abadiy qirlar choʻkib past boʻladi.
7Koʻshon xalqining qoʻrqqanini men koʻryapman,
Midiyon#3:7 Koʻshon…Midiyon… — Sinay yarim orolida yashagan ikki xalqqa ishora qilingan boʻlishi mumkin. Muso davrida Isroil xalqi Misrdan chiqqan paytda atrofdagi xalqlar qoʻrquvga tushgan edilar (Chiqish 15:13-16, Yoshua 2:8-11 ga qarang). Koʻshon va Midiyon nomlari hakamlar davrida yashagan ikkita xalqni ham bildirishi mumkin. Xudo ular orqali Isroil xalqini gunohlari uchun jazolagan, keyinchalik esa ularning oʻzlarini ham jazolagan edi (Hakamlar 3:8-11, 6:1-6, 7:9-25 ga qarang). Xudo Bobil xalqiga nisbatan ham xuddi shu yoʻlni tutgandi. Xudo ular orqali Yahudo xalqini jazolagan, keyinchalik esa Bobilliklarning oʻzlarini ham jazolagan edi. xalqining dagʻ–dagʻ qaltiraganini koʻryapman.
8Ey Egam, nahotki gʻazablansang daryolardan?!
Nahot Sening jahling chiqsa irmoqlardan?!
Yoki Sening qasding bormidi dengizdan?!#3:8 …daryolar…dengiz… — Nil daryosi, Qizil dengiz va Iordan daryosi nazarda tutilgan boʻlsa kerak (misol uchun, Chiqish 7:20-24, 14:1-31, Yoshua 3:1-17 ga qarang).
Shuning uchun otlaringni choptirasanmi,
Zafarli jang aravalaringga minib olasanmi?!
9Sen gʻilofdan chiqarasan kamoningni,
Oʻqlarga toʻldirasan oʻqdoningni.
Daryolar bilan yorasan yer yuzini.
10Buni koʻrganda togʻlarni dard tutar,
Shiddatli oqim koʻpirib oqar.
Dengiz tubidan nido yangrar,
Dengiz toʻlqinlari koʻkka intilar.
11Sening oʻqlaring uchib chaqnaydi,
Nayzalaring yalt etib yonadi.
Bundan quyoshu oy oʻz joyida qotib turadi#3:11 …quyoshu oy oʻz joyida qotib turadi — Yoshua 10:12-14 ga qarang..
12Sen jahl ustida bosib oʻtarsan yer yuzini,
Gʻazabga minib oyoq osti qilarsan xalqlarni.
13Qutqarish uchun kelasan Oʻz xalqingni,
Oʻz tanlaganing orqali ozod qilish uchun ularni#3:13 …Oʻz tanlaganing orqali ozod qilish uchun ularni — yoki …Oʻz tanlaganingni ozod qilish uchun. Bu oʻrinda Oʻz tanlaganing deb tarjima qilingan ibroniycha soʻz Eski Ahdda koʻpincha Xudo tomonidan tanlangan shoh va qutqaruvchiga ishora qiladi. Bobilni bosib olgan Fors shohi Kurushga nisbatan ham shu ibroniycha soʻz ishlatilgan (Ishayo 45:1 ga qarang, yana Ishayo 41:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang)..
Fosiq xalqning yoʻlboshchisini urasan,
Boshdan–oyoq uni shilib tashlaysan.
14Ana, gʻanimlarimiz quyun kabi kelyaptilar,
Bizni har yoqqa tarqatib yubormoqchi boʻlyaptilar.
Oʻz uyasida oʻljasini gʻajigan yirtqich hayvonday,
Oson ovidan oʻzida yoʻq sevinyaptilar.
Sen esa ularning yoʻlboshchisini oʻz oʻqlari bilan halok qilasan.
15Otlaring tuyoqlari dengizni#3:15 dengiz — Chiqish 14:1-31 ga qarang. bosib ezadi,
Bahaybat suvlarni bir joyga yigʻib qoʻyadi.”
Xabaqquq Xudoga boʻlgan ishonchini eʼlon qiladi
16Men bularni#3:16 bular — shu bobning 3-15–oyatlarida bayon etilgan vahiyga yoki 1:5-11 dagi xabarga ishora. eshitdim.
Shunda uvushdi mening yuragim,
Titray boshladi lablarim,
Madorim qolmay, qaltiradi tizzalarim.
Ammo men sabr–toqat qilaman,
Bosqinchilarimiz boshiga tushadigan kulfat kunini kutaman#3:16 Ammo men…kutaman — yoki Chunki men jimgina kulfat kutishim kerak, Yurtimizni bosib oladigan xalqning hujumini kutishim kerak..
17Bordi–yu, anjir daraxti gullamay qolsa,
Uzum toklari meva tugmasa,
Zaytun daraxtlari hosil bermasa,
Daladagi ekinlar unmay qolsa,
Qoʻralarda qoʻylar qolmasa,
Ogʻilxonalar boʻm–boʻsh boʻlsa,
18Shunda ham Egamdan shod boʻlarman,
Najotkorim Xudodan quvonarman.
19Egam Rabbiy mening qudratimdir.
U oyoqlarimni kiyik oyogʻiday qiladi,
Choʻqqilar uzra meni bexatar yurgizadi.
Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida.

Currently Selected:

Xabaqquq 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy