Zakariyo 9
9
9–BOB
Isroilning dushmanlari ustidan chiqarilgan hukm
1Bashorat. Egamizning soʻzi Xadrax yurtiga#9:1 Xadrax yurti — Damashq va Xomat shaharlaridan sharqda joylashgan. qarshidir.
Damashq shahriga qaratilgandir.
Egamiz barcha Isroil qabilalarini kuzatib turganday,
Butun insoniyatni ham kuzatadi#9:1 Egamiz barcha Isroil qabilalarini kuzatib turganday, Butun insoniyatni ham kuzatadi — yoki Barcha Isroil qabilalarining hamda insoniyatning koʻzlari Egamizdadir..
2Xadraxga chegaradosh boʻlgan Xomat#9:2 Xomat — hozirgi Suriyaning shimolida joylashgan shahar. ham,
Donolarga toʻla boʻlgan Tir va Sidon#9:2 Tir va Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaharlar. Bu shaharlar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. Filistlar bu shaharlar bilan ittifoq tuzgan edilar. ham Egamizning koʻzi ostidadir#9:2 …Egamizning koʻzi ostidadir — yoki …Egamizga koʻz tikkan..
3Tir shahri oʻziga qalʼa qurib olgan,
Shunchalik koʻp kumush va oltin yiqqanki,
Ular koʻchadagi chang va loydaydir.
4Lekin endi Rabbiy ularning mulkini tortib oladi,
Boyliklarini dengizga uloqtiradi.
Shaharning oʻzi esa olovga yem boʻladi.
5Ashqalon shahri#9:5 Ashqalon shahri — Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni barpo qilgan edi: Gʻazo, Ashdod, Ashqalon, Exron va Gat. Bu shaharlar Filistiyada, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. buni koʻrib, qoʻrquvga tushadi,
Gʻazo ham dahshatga tushib qaltiraydi,
Umidi puchga chiqqan
Exron ham shu ahvolga tushadi.
Gʻazoning shohi halok boʻladi,
Ashqalonda esa hech bir zot qolmaydi.
6Egamiz shunday deydi:
“Ashdodda nasli buzilgan xalqlar yashaydi.
Ha, Men Filistlarning takabburligiga chek qoʻyaman.
7Men Filistlarning ogʻzidagi qonli goʻshtni,
Tishlaridagi harom ovqatni#9:7 …qonli goʻsht…harom ovqat… — Filistlar Xudoning xalqi qatoriga kiradilar, shundan keyin taqiqlangan ovqatlarni yemaydigan boʻladilar (Ibtido 9:4, Levilar 11:1-23 ga qarang). olib tashlayman.
Filistlarning tirik qolganlari Menga tegishli boʻladi,
Ular Yahudoning avlodiday boʻlib qoladi.
Exron ham Yobus xalqiday#9:7 Yobus xalqi — Quddusning tub aholisi. Shoh Dovud shaharni bosib olgandan keyin ular ham Xudoning xalqi qatoriga kirdi (2 Shohlar 5:6-10, 24:16 ga qarang).
Oʻz xalqimning bir qismi boʻladi.
8Bosqinchilardan asray deb
Men Oʻzim uyimni qoʻriqlayman.
Xalqimning yurtini hech kim bosib ololmas,
Ha, Men hammasini koʻrib turibman.
Boʻlajak shoh
9Xursand boʻlib, quvoning,
Ey Quddus xalqi!
Shodlik ila hayqiring,
Ey Sion aholisi!
Mana, shohingiz kelyapti.
U zafar qozongan gʻolibdir.
Shunga qaramay,
Kamtarindir shohingiz,
U eshakning ustida,
Ha, eshakning bolasini —
Xoʻtikni minib kelyapti.
10Men Efrayimning#9:10 Efrayim — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila boʻlgani bois, Eski Ahdning baʼzi oʻrinlarida Efrayim degan nom Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EFRAYIM soʻziga qarang. jang aravalarini yoʻqotaman,
Quddusning#9:10 …Efrayim…Quddus… — bu oʻrinda Zakariyo Xudoning xalqiga tegishli boʻlgan, qayta tiklangan, birlashgan janubiy va shimoliy shohlikka ishora qilyapti. Hizqiyol 37:15-28 ga qarang. jang otlarini tortib olaman.
Urush kamonlari ham yoʻq qilinadi,
Shohingiz xalqlarga tinchlik keltiradi.
Men bir dengizdan ikkinchisiga qadar,
Furot daryosidan tortib
Yer yuzining toʻrt tomoniga hukmronlik qilaman.
Xudo Oʻz xalqini qayta tiklaydi
11Men sizlar bilan qilgan,
Qurbonlik qoni bilan tasdiqlangan ahdim#9:11 Qurbonlik qoni bilan tasdiqlangan ahdim — Chiqish 24:1-8 ga qarang. tufayli,
Asirlaringizni suvsiz chuqurlikdan ozod qilaman.
12Ey umidvor asirlar,
Oʻz qalʼangizga qayting.
Bugun Men aytyapman,
Yoʻqotganlaringizni ikki barobar qilib tiklayman.
13Men Yahudoni Oʻz kamonimdek qayirdim,
Efrayimni#9:13 …Yahudo…Efrayim… — shu bobning 10–oyatiga berilgan izohlarga qarang. esa kamonim oʻqi qildim.
Ey Sion#9:13 Sion — 1:14 izohiga qarang., Men sening oʻgʻillaringni
Yunon#9:13 Yunon — ibroniycha matnda Yovon, oʻsha vaqtda Yunon xalqi shu nom bilan ham atalardi. oʻgʻillariga qarshi qoʻzgʻataman.
Mening qoʻlimda jangchining qilichiday oʻynaysan.”
Egamiz Oʻz xalqini himoya qiladi
14Shundan keyin Egamiz Oʻz xalqi uzra zohir boʻladi,
Uning oʻqi yashinday otiladi.
Egamiz Rabbiy burgʻuni chalib,
Janubdan kelgan quyunlar orasida hujum qiladi.
15Sarvari Olam Oʻz xalqini himoya qiladi,
Ular dushmanlarini qirib,
Yov palaxmonlarini oyoq osti qilib tashlaydilar.
Qurbonlik soʻyganday yov qonini toʻkadilar,
Qurbongoh shoxlari qonga belanganday,
Ular dushmanlarining qoniga belanadilar.
Sharobu may bilan gʻalabani nishonlaydilar,
Xursandligidan mast odamday hayqiradilar.
16Oʻsha kuni ularning Egasi Xudo
Oʻz xalqini qutqaradi.
Axir, ular Egamizning suruvidir.
Egamizning yurtida ular
Toj gavharlariday porlaydilar.
17Uning xalqi qanday goʻzal va ajoyib!
Yangi sharobu donlar
Yigit–qizlarni baquvvat qilar.
Currently Selected:
Zakariyo 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: