YouVersion Logo
Search Icon

Zakariyo 8

8
8–BOB
Egamiz Quddusni qayta qurishga vaʼda beradi
1Sarvari Olam menga Oʻz soʻzini ayon qildi. 2Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men Quddusga#8:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:14 izohiga qarang. qattiq achinib ketdim. Uning dushmanlariga boʻlgan gʻazabim alangaday yonmoqda.” 3Egamizning kalomi shudir: “Men Quddusga qaytaman, Sion Mening maskanim boʻladi. Shunda Quddus sadoqatli shahar deb ataladi. Mening togʻim#8:3 Mening togʻim — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 1:14 izohiga qarang. — Sarvari Olamning togʻi muqaddas togʻ deb ataladi.” 4Sarvari Olam shunday demoqda: “Cholu kampirlar yana Quddus koʻchalarida oʻtiradilar. Yoshi ulugʻ boʻlgani uchun ularning qoʻllarida hassalari boʻladi. 5Shaharning koʻchalari oʻynayotgan bolalar bilan toʻladi.”
6Sarvari Olamning kalomi shudir: “Balki bularning hammasi xalqimdan qolganlariga imkonsizday tuyular. Ammo bu ishlar Men uchun imkonsiz emas”, — demoqda Sarvari Olam.
7Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men sharq va gʻarbda sarson boʻlgan Oʻz xalqimni qutqaraman. 8Ularni yana Quddusda yashashlari uchun olib kelaman. Ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman. Ularni sadoqat va odillik bilan boshqaraman.”
9Sarvari Olam shunday demoqda: “Dovyurak boʻlinglar, endi sizlar paygʻambarlarning soʻzlarini eshityapsizlar. Maʼbadim, yaʼni Uyimning qayta qurilishi uchun poydevor qoʻyilayotganda, oʻsha paygʻambarlar shu yerda edilar. 10Ha, oʻsha kunlardan oldin odam va hayvonlarning ter toʻkib qilgan mehnatlari zoye ketardi, ular yaxshi hosil ololmas edilar#8:10 …ular yaxshi hosil ololmas edilar — Xaggey 1:6, 10-11, 2:16-17 ga qarang.. Dushmanlar xalqqa tinchlik bermasdi. Men hammani bir–biriga qarshi qilib qoʻygan edim. 11Ammo endi, ey xalqimning qolganlari, Men sizlar bilan oldingiday munosabatda boʻlmayman, — demoqda Sarvari Olam. 12— Sizlar tinchlikda urugʻlaringizni ekasizlar. Toklaringiz serhosil boʻladi. Yer hosil beradi, osmondan shudring tushadi. Sizlarni Men mana shular bilan barakalayman. 13Ey Yahudo va Isroil#8:13 Yahudo va Isroil — 1:19 ning birinchi izohiga qarang. xalqi, sizlar boshqa xalqlar orasida laʼnatlangan xalqning ramzi edingizlar. Endi bunday boʻlmaydi! Men sizlarni qutqaraman. Sizlar baraka ramzi va manbai boʻlasizlar. Qoʻrqmanglar! Dadil boʻlinglar!”
14Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ota–bobolaringiz Mening jahlimni chiqarganda boshlariga ofat keltiraman, degandim. Oʻz fikrimdan qaytmadim, — demoqda Sarvari Olam. 15— Qoʻrqmanglar, ey Quddus va Yahudo xalqi! Endi Men sizlarga yaxshilik keltiraman, deb qaror qildim. 16Quyidagi aytganlarimni qilishingiz kerak: bir–biringizga haqiqatni ayting. Hukm qilganingizda odil qaror chiqarib, tinchlik oʻrnating. 17Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmang, yolgʻon qasam ichmang. Men bulardan nafratlanaman.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
18Sarvari Olam menga Oʻz soʻzini ayon qildi. 19Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ey Yahudo xalqi, toʻrtinchi, beshinchi, yettinchi va oʻninchi oylar#8:19 toʻrtinchi, beshinchi, yettinchi va oʻninchi oylar — ibroniy kalendarining toʻrt oyi. Bu oylarda Xudoning xalqi quyidagi voqealarni xotirlab, roʻza tutardi: miloddan oldingi 589 yilning oʻninchi oyida shoh Navuxadnazarning lashkari Quddusni qamal qilgan. Miloddan oldingi 586 yilning toʻrtinchi oyida oʻsha lashkar Quddus devorlarini buzib, shaharga kirgan. Oʻsha yilning beshinchi oyida ular Maʼbadni va shaharni vayron qilganlar, shahar aholisini Bobilga asir qilib olib ketganlar. Oʻsha yilning yettinchi oyida Yahudo hokimi Gadaliyoga suiqasd qilingan, qolgan xalq esa Misrga qochib ketgan. 4 Shohlar 25:1-26 ga qarang. endi azayu roʻza vaqti emas, balki sizlar uchun shodu xurramlik va quvnoq bayramlar davri boʻladi. Sizlar haqiqat va tinchlikni sevinglar.”
20Sarvari Olam shunday demoqda: “Hali boshqa shaharlarda yashaydigan odamlar ham Quddusga keladi. 21Bir shaharning aholisi ikkinchi shaharda yashovchilarning oldiga borib: «Biz ketyapmiz, yuringlar, Egamizdan iltifot soʻraylik, Sarvari Olamga sajda qilaylik», deb aytadi.” 22Koʻp ellar va kuchli xalqlar Sarvari Olamdan iltifot soʻragani va Unga sajda qilgani Quddusga keladilar. 23Sarvari Olamning kalomi shudir: “Oʻsha kunlarda turli tillarda gapiruvchi, har xil ellarga mansub boʻlgan oʻn kishi bir yahudiyni ushlab oladi. Uning kiyimidan mahkam tutadilar–da, unga: «Biz sen bilan boraylik. Axir, Xudo sizlar bilan ekanini eshitdik», deb aytadilar.”

Currently Selected:

Zakariyo 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in