YouVersion Logo
Search Icon

Zakariyo 7

7
7–BOB
Yuzaki tutilgan roʻza hukm qilinadi
1Shoh Doro hukmronligining toʻrtinchi yili#7:1 Shoh Doro hukmronligining toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 518 yil. 1:1 ning birinchi izohiga qarang. toʻqqizinchi oyi — Xislav oyining#7:1 Xislav oyi — ibroniy kalendarining toʻqqizinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan noyabrning oʻrtasidan boshlanadi. toʻrtinchi kunida Egamiz Oʻz soʻzini Zakariyoga ayon qildi. 2Bundan oldin Baytil aholisi Egamizdan iltifot soʻrash uchun Sarizar, Raxemmalek va ularning odamlarini Maʼbadga yuborib, shunday degan edi:
3— Borib, Sarvari Olamning uyida boʻlgan ruhoniy va paygʻambarlardan soʻranglar: “Biz ancha yillardan beri Egamizning uyi vayron qilingan oyda#7:3 Egamizning uyi vayron qilingan oy — ibroniycha matnda beshinchi oy. 8:19 izohiga qarang. qaygʻurib, roʻza tutib kelamiz. Shunday qilishda davom etaveraylikmi?”
4Sarvari Olam Zakariyoga ayon qilgan soʻzida shunday dedi:
5— Bu yurtdagi barcha odamlarga va ruhoniylarga ayt: “Ha, sizlar mana shu oʻtgan yetmish yil#7:5 yetmish yil — 1:12 izohiga qarang. davomida beshinchi va yettinchi oylarda#7:5 beshinchi va yettinchi oylar — 8:19 izohiga qarang. roʻza tutib, qaygʻurdingizlar. Ammo buni Men uchun emas, oʻzingiz uchun qilgan edingizlar! 6Qorningizni toʻydirish uchun yeb–ichganingizday, oʻz manfaatingiz uchun roʻza tutib qaygʻurgansizlar. 7Men, Egangiz, oʻtgan paygʻambarlar orqali aynan shu haqda sizlarni ogohlantirganman–ku! Oʻsha paytlarda Quddus va uning atrofidagi qishloqlar odamga toʻla edi. U yerda farovonlik hukm surar edi. Nagav choʻli va Yahudo qir etaklarida ham odamlar yashardilar.”
Surgunning sababi itoatsizlikdir
8Egamiz Zakariyoga quyidagi soʻzlarni ayon qildi:
9— Men, Sarvari Olam, shunday degan edim: “Adolatli hukm qilinglar. Bir–biringizga mehribon boʻlinglar, rahm–shafqat qilinglar. 10Bevalarga, yetimlarga, musofirlarga, kambagʻallarga zulm qilmanglar. Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmanglar.” 11Ammo xalqim quloq solishdan bosh tortdi. Oʻjarlik qilib, eshitmaslik uchun quloqlarini berkitdi. 12Men, Sarvari Olam, Oʻz Ruhim bilan paygʻambarlar orqali soʻzlarimni ayon qilganman. Ammo xalqim yuragini tosh qilib, qonun va oʻgitlarga quloq solmadi. Shuning uchun Men juda qattiq gʻazablandim.
13“Men chaqirganimda ular eshitmagandilar, ular chaqirganda Men ham eshitmadim, — deydi Sarvari Olam. 14— Men ularni oʻzlari tanimagan, bilmagan xalqlar orasiga sochib tashladim#7:14 Men ularni…sochib tashladim — 1:19 ning ikkinchi izohiga qarang.. Shunday qilib, ularning yurti vayron boʻldi. Na u yerga birov boradi, na u yerdan birov keladi. Oʻsha ajoyib yurt vayron boʻldi.”

Currently Selected:

Zakariyo 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in