Zakariyo 6
6
6–BOB
Sakkizinchi vahiy: toʻrtta arava
1Men yana tepaga qarab, ikkita bronza togʻ orasidan chiqib kelayotgan toʻrtta aravani koʻrdim. 2Birinchi aravani qizgʻish, ikkinchi aravani esa qora otlar, 3uchinchi aravani oq, toʻrtinchi aravani esa ola–bula otlar tortib kelayotgan edi. Bu otlarning hammasi kuchli edi. 4Men bilan gaplashayotgan farishtadan:
— Ey toʻram, bular nima? — deb soʻradim. 5Farishta shunday javob berdi:
— Bular butun olam Rabbiysining huzuridan chiqib kelayotgan toʻrtta samoviy ruhdir. 6Qora otli arava shimolga boradi. Oq otlisi esa uning orqasidan ketadi#6:6 …uning orqasidan ketadi — yoki …gʻarbga boradi.. Ola–bula otli arava janubga boradi.
7Ana shu kuchli otlar chiqib kelib, yerni aylanishga shoshildilar. Farishta ularga:
— Boringlar, yerni koʻrib chiqinglar, — dedi. Shunda ular yerni aylanib kelishdi. 8Keyin farishta meni chaqirib, shunday dedi:
— Mana, qara! Otlar shimoldagi yurtga#6:8 shimoldagi yurt — Bobil nazarda tutilgan. borishdi. U yerda Egamizning irodasini ado etishdi, Egamiz jahlidan tushdi#6:8 …Egamizning irodasini ado etishdi, Egamiz jahlidan tushdi — ibroniycha matnda …Egamizning Ruhiga tinchlik berishdi. Bu ibora Xudoning xalqiga zulm oʻtkazgan xalqlar (1:15 ga qarang) jazo olganini bildirishi mumkin. Miloddan oldingi 539 yilda Fors shohi Kurush Bobilni bosib oldi va keyingi yili oʻsha yerda surgunda yashayotgan yahudiylarga Quddusga qaytishlari uchun hamda Maʼbadni qayta qurishlari uchun ijozat berdi (2 Solnomalar 36:20-23, Ishayo 44:28-45:4 ga qarang)..
Yoshuaga toj kiydirish haqida amr
9Egamiz menga quyidagi soʻzlarni ayon qildi:
10— Bobildagi surgundan qaytib kelgan Xalday, Toʻviyo va Yodayodan tilla va kumush ol. Oʻsha kuniyoq Zafaniyo oʻgʻli Yoʻshiyoning uyiga bor. 11Berilgan kumush va oltindan toj yasagin. Uni Yohuzadax oʻgʻli — oliy ruhoniy Yoshuaning boshiga kiygizgin–da, 12unga shunday degin: “Sarvari Olam shunday demoqda: Novda#6:12 Novda — Zarubabel nazarda tutilgan (4:6-10 ga qarang), ayni paytda keladigan Masihga ham ishora qiladi (3:8 izohiga qarang). degan odam oʻz turgan joyidan shoxlaydi–da, Mening Maʼbadimni quradi. 13Ha, Mening Maʼbadimni quradigan oʻshadir. U shohona ulugʻvorlikka ega boʻlib, hukmronlik qiladi. Taxtining oldida ruhoniy turadi#6:13 Taxtining oldida ruhoniy turadi — oliy ruhoniy Yoshua nazarda tutilgan, ayni paytda ruhoniy va shoh boʻlib keladigan Masihga ham ishora qiladi (Zabur 109:1-4 ga qarang).. Ikkalasi orasida tinchlik, osoyishtalik boʻladi. 14Bu toj Xalday#6:14 Xalday — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalem. Uning Xalday degan shakli shu bobning 10–oyatidan olingan., Toʻviyo, Yodayo va Zafaniyo oʻgʻli Yoʻshiyoning#6:14 Yoʻshiyo — ibroniycha matnda Xen, maʼnosi inoyatli va Yoʻshiyoning yana bir nomi boʻlishi mumkin. Uning Yoʻshiyo degan shakli shu bobning 10–oyatidan olingan. qaramogʻida boʻladi. U Mening Maʼbadimda yodgorlik boʻlib qoladi. 15Uzoq joylardan odamlar kelib, Mening Maʼbadimni qurishga yordam berishadi.”
Ey surgundan qaytib kelganlar! Shunda Sarvari Olam meni yuborganini sizlar anglab yetasizlar. Agar sizlar Egangiz Xudoning soʻzlariga yaxshilab quloq solsangizlar, mana shularning hammasi sodir boʻladi.
Currently Selected:
Zakariyo 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020