Zakariyo 2
2
2–BOB
Uchinchi vahiy: tanobi bor kishi
1Men yana tepaga qarab, qoʻlida tanobi#2:1 tanob — yerni oʻlchash uchun ishlatiladigan arqon. bor bir kishini koʻrdim. 2Undan:
— Qayerga ketyapsiz? — deb soʻradim. U menga:
— Quddusni oʻlchashga, eni va uzunligi qancha chiqarkan, shuni bilib kelishga ketyapman, — deb javob berdi.
3Shundan keyin men bilan gaplashgan farishta ketayotgan edi, yana boshqa farishta unga peshvoz chiqib, 4-5shunday dedi:
— Yugur, borib oʻsha yigitga#2:4-5 oʻsha yigit — arqonni ushlab turgan yigit nazarda tutilgan. Ammo Zakariyoga ishora boʻlishi mumkin. ayt: “Egamiz aytmoqda:
— Odamlar va mol–qoʻylar koʻpligidan Quddus shahriga sigʻmay qoladi. Ularning koʻplari shahar tashqarisida yashaydi, ammo Men Oʻzim ularning atrofida olov devorday boʻlaman. Oʻzim shahar ichidagi ulugʻvorlik boʻlaman.”
Lirik chekinish: surgundagilar oʻz vataniga chaqiriladi
6“Qani, turinglar! Shimoldagi yurtdan qochinglar, — demoqda Egamiz. — Men sizlarni yerning toʻrt tarafiga sochib tashlagan boʻlsam ham#2:6 Men sizlarni yerning toʻrt tarafiga sochib tashlagan boʻlsam ham… — 1:19 ning ikkinchi izohiga qarang. turinglar, — aytmoqda Egamiz. 7— Ey Bobilda yashaydiganlar, Quddusga#2:7 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 10–oyatida ham bor). 1:14 izohiga qarang. qochinglar.”
8Ey Quddus! Sizlarni talon–taroj qilgan xalqlar oldiga Sarvari Olam meni yubordi. Shu orqali U Oʻz shuhratini namoyon qilmoqchi#2:8 Sizlarni…U Oʻz shuhratini namoyon qilmoqchi — yoki Sarvari Olam — ulugʻvor Xudo sizlarni talon–taroj qilgan xalqlar oldiga meni yubordi.. U shunday aytmoqda: “Sizlarga tekkanlar xuddi Mening koʻz qorachigʻimga tekkanday boʻladi. 9Qarab turinglar, Men Oʻzim ularga qarshi chiqaman. Oʻz qullari ularni talon–taroj qiladilar.” Ha, ana oʻshanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.
10Egamiz shunday demoqda: “Qoʻshiq kuylab, xursand boʻlgin, ey Quddus xalqi! Men kelib sizlarning orangizda yashayman. 11Oʻsha kuni koʻp xalqlar Menga yuz burib, Mening xalqim qatoriga qoʻshiladilar. Men sizlarning orangizda yashayman.” Ha, ana oʻshanda Sarvari Olam meni yuborganini anglab yetasiz. 12Yahudo muqaddas yurtdagi Egamizning mulki boʻladi, Egamiz Quddusni “Oʻz shahrim” deb aytadi. 13Ey odamzod, Egamiz oldida sukut saqla. Ana, U muqaddas maskanidan chiqib kelmoqda.
Currently Selected:
Zakariyo 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: