Zakariyo 1
1
1–BOB
Egamiz xalqini Oʻziga qaytishga undaydi
1Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili#1:1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 520 yil. Doro miloddan oldingi 522-486 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan. sakkizinchi oyida#1:1 sakkizinchi oy — ibroniy kalendarining Bul oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan oktabrning oʻrtasidan boshlanadi. Yiddoning nabirasi — Barxiyoning oʻgʻli Zakariyo paygʻambarga Egamiz Oʻz soʻzini ayon qildi. 2-3Egamiz unga quyidagi xabarni xalqqa yetkazishni buyurdi:
Egamiz ota–bobolaringizdan qattiq gʻazablangan edi. Endi Sarvari Olam shunday aytmoqda:
— Menga qaytinglar, — demoqda Sarvari Olam. — Shunda Men ham sizlarga qaytaman, — deydi Sarvari Olam.
4Ota–bobolaringizga oʻxshagan boʻlmanglar. Oldingi paygʻambarlar Sarvari Olam nomidan ularga:
— Yomon yoʻldan qaytinglar! Qabih qilmishlaringizdan tavba qilinglar! — deb ogohlantirishgan.
Egamiz shunday demoqda:
— Garchi Men ota–bobolaringizni ogohlantirgan boʻlsam–da, ular Mening soʻzlarimga eʼtibor bermadilar, Menga quloq solmadilar. 5Qani endi oʻsha ota–bobolaringiz?! Qani, oʻsha paygʻambarlar, ular abadiy yashaydilarmi?! 6Oʻz qullarim paygʻambarlar orqali aytgan soʻzlarim, ogohlantirishlarim ota–bobolaringizning boshiga tushdi–ku! Shunda ular tavba qilib: “Sarvari Olam Oʻzi rejalashtirganday, yurgan yoʻllarimiz va qilmishlarimizga yarasha bizni jazoladi”, deb aytishdi.
Zakariyo koʻrgan sakkizta vahiy
7Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili#1:7 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — shu bobning 1–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang. oʻn birinchi oyi — Shebat oyining#1:7 Shebat oyi — ibroniy kalendarining oʻn birinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan yanvarning oʻrtasidan boshlanadi. yigirma toʻrtinchi kunida Yiddoning nabirasi — Barxiyoning oʻgʻli Zakariyo paygʻambarga Egamiz yana Oʻz soʻzini ayon qildi. Zakariyo quyidagi vahiylarni koʻrdi:
Birinchi vahiy: otlar va chavandozlar
8Kechasi men qizgʻish ot mingan Egamizning farishtasini#1:8 Egamizning farishtasi — ibroniycha matnda odam. Shu bobning 11-12–oyatlarida aytib oʻtilgan Egamizning farishtasiga ishora. koʻrdim. U kichik jarlikda mirta butalari#1:8 mirta butalari — doim yashil, xushboʻy oʻsimlik. orasida toʻxtab turardi. Uning orqasida esa qizgʻish, jigar rang va oq otlar mingan chavandozlar bor edi. 9Boshqa bir farishta men bilan gaplashayotgan edi. Men undan:
— Ey toʻram, bu chavandozlar kim boʻldi? — deb soʻradim. U shunday dedi:
— Ularning kimligini senga koʻrsataman.
10Shunda mirta butalari orasidagi farishta#1:10 farishta — ibroniycha matnda odam. Shu bobning 11-12–oyatlarida aytib oʻtilgan Egamizning farishtasiga ishora. shunday javob berdi:
— Egamiz ularni, butun yer yuzini kezib chiqsin, deb yuborgan.
11Keyin chavandozlar mirta butalari orasidagi Egamizning farishtasiga dedilar:
— Biz butun yer yuzini aylanib chiqdik, butun dunyo oʻziga berilgan, oʻzicha tinch yashab yuribdi.
12Shunda Egamizning farishtasi shunday deb yolvordi:
— Ey Sarvari Olam, qachongacha Quddus va Yahudo shaharlaridan Oʻz mehr–shafqatingni darigʻ tutasan?! Axir, Sen yetmish yildan#1:12 yetmish yil — Quddus aholisi va Yahudo xalqi Bobilda surgunda yashagan davr. beri ulardan gʻazablanib kelyapsan!
13Shunda Egamiz men bilan gaplashgan farishtaga tasalli beruvchi, mehrga toʻla soʻzlar bilan javob berdi. 14Oʻsha farishta odamlarga quyidagi xabarni eʼlon qilishimni buyurdi:
Sarvari Olam shunday aytmoqda:
— Men Quddus va Sionga#1:14 Sion — Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. juda achinib ketdim. 15Anavi xalqlardan esa qattiq gʻazabdaman, chunki Oʻz xalqimdan ozgina jahlim chiqqanda, ular xalqimning boshiga tushgan kulfatni yanada orttirishdi. Endi esa oʻzicha tinch yashab yurishibdi.
16Shuning uchun Egamiz aytmoqda:
— Men Quddusga mehr–shafqat koʻrsatay deb qaytdim. Mening uyim oʻsha yerda quriladi, Quddus qaytadan qurilishi uchun oʻlchanadi.
Sarvari Olamning kalomi shudir.
17Farishta yana shunday soʻzlarni eʼlon qilishimni buyurdi:
Sarvari Olam demoqda:
— Mening shaharlarimda yana toʻkin–sochinlik boʻladi. Men Quddus aholisini yana bir bor yupataman, Sionni Oʻz shahrim deb yana aytaman.
Ikkinchi vahiy: shoxlar va temirchilar
18Men tepaga qarab, buqaning toʻrtta shoxini#1:18 buqaning toʻrtta shoxi — Eski Ahdda buqaning shoxlari koʻpincha koʻchma maʼnoda ishlatilib, kuchli hukmdorlarga yoki harbiy qudratga ishora qilgan. Toʻrt soni ramziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, dunyoning toʻrt tomonini bildiradi. Bu oʻrinda dushmanlar Yahudo, Isroil xalqlarini va Quddus aholisini har tomondan qurshab olib, qiyin ahvolga solib qoʻygani anglashiladi. koʻrdim. 19Men bilan gaplashgan farishtadan:
— Bular nima? — deb soʻradim. U menga dedi:
— Bu buqa shoxlari Yahudo, Isroil#1:19 Yahudo, Isroil — janubiy va shimoliy shohliklar nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO va ISROIL soʻzlariga qarang. xalqlarini va Quddus aholisini sochib tashlagan hukmdorlarni#1:19 Yahudo, Isroil xalqlarini va Quddus aholisini sochib tashlagan hukmdorlar — miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. Soʻng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qildi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang). Yahudodan qochib ketganlar esa Moʻab, Ommon, Edom va Misr yurtlarida boshpana topdilar (Yeremiyo 40:11-12, 43:7 ga qarang). bildiradi.
20Shundan keyin Egamiz menga toʻrtta temirchini koʻrsatdi. 21Men yana:
— Bu temirchilar nima qilgani kelishyapti? — deb soʻradim. U shunday deb javob berdi:
— Boshqa hech kim bosh koʻtarmasin deb, toʻrtta shox Yahudo xalqini sochib tashlagandi. Endi temirchilar oʻsha buqa shoxlarini qoʻrquvga solishga kelishyapti. Oʻzga xalqlar Yahudo yurtini oʻz shoxlari bilan suzgandi, yurtning xalqini sochib yuborgandi. Endi temirchilar mana shu xalqlarning shoxlarini kesib tashlash uchun kelishyapti.
Currently Selected:
Zakariyo 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: