YouVersion Logo
Search Icon

Titus 3

3
3–BOB
Xayrli ishlarga bel bogʻlang
1Sen jamoatdagilarga eslatib tur: ular davlat boshliqlariyu hokimlarga boʻysunsinlar, itoat etib, har qanday xayrli ishga tayyor boʻlsinlar. 2Hech kimni yomonlamasinlar, janjallashmasinlar, boshqalarga nisbatan doim muloyim va mehribon boʻlsinlar.
3Bir vaqtlar bizlar ham fahmsiz, itoatsiz, adashgan odamlar edik, har xil zavqu ehtiroslarning quli boʻlib, gina–kudurat va hasadgoʻylik bilan kun kechirardik, bir–birimizdan nafratlanadigan razil odamlar edik. 4Ammo najotkorimiz Xudo bizga boʻlgan ezguligi va mehr–muhabbatini koʻrsatdi. 5Savob ishlarimiz tufayli emas, balki Oʻzining rahm–shafqati tufayli U bizni qutqardi. Muqaddas Ruh orqali gunohlarimizni yuvdi, bizni yangidan tugʻdirib, yangi hayot ato etdi. 6Najotkorimiz Iso Masih orqali Xudo bizning ustimizga Muqaddas Ruhini moʻl–koʻl qilib yogʻdirdi. 7Biz Isoning inoyati bilan oqlandik, endi abadiy hayotga umid bogʻlab, Xudo vaʼda qilgan barakalardan bahramand boʻla olamiz. 8Bu gaplarning hammasi toʻgʻri va asoslidir.
Ushbu taʼlimotning foydasi katta. Jamoatdagilarga yaxshilab uqtir, ular oʻrgatganlarimning hammasiga rioya qilsinlar. Xudoga ishonganlar xayrli ishlarga astoydil bel bogʻlasinlar.
9Sen esa ahmoqona bahslardan, shajaralar#3:9 shajaralar — 1 Timoʻtiy 1:4 izohiga qarang. hamda Tavrot qonunlari borasidagi munozarayu janjallardan oʻzingni olib qoch#3:9 …ahmoqona bahslardan…oʻzingni olib qoch — 1 Timoʻtiy 1:3-7, 4:7 ga qarang.. Bular foydasiz va behudadir. 10Orangizga nizo urugʻini sepayotgan odamni bir–ikki marta ogohlantir, agar gapingga kirmasa, u bilan aloqani uz. 11Oʻzing bilasan–ku, bunday odamning fikri buzuq. Uning qilayotgan gunohlari oʻzini mahkum etadi.
Soʻnggi koʻrsatmalar va salomlar
12Artemas yoki Tixikusni sening yoningga yuborganimdan keyin, Nikopolis shahriga#3:12 Nikopolis shahri — Rim imperiyasiga qarashli Axaya viloyatining gʻarbida, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan., mening oldimga tezroq kelishga harakat qil. Chunki men qishni shu yerda oʻtkazishga qaror qildim. 13Qoʻlingizdan kelgancha qonunshunos Zinas va Apollosga#3:13 Apollos — Havoriylar 18:24-19:1, 1 Korinfliklar 3:1-9 ga qarang. yordam qilinglar, safarga chiqishlari uchun kerakli hamma narsani ularga bekamu koʻst qilib yetkazib beringlar. 14Toki jamoatdagilar ham xayrli ishlarga astoydil bel bogʻlashga odatlansinlar, boshqalarning zaruriy ehtiyojlarini qondirsinlar, shunda hayotlari samarasiz boʻlmaydi.
15Yonimdagilarning hammasi senga salom yoʻllayaptilar. Bizni yaxshi koʻradigan imondagi birodarlarimizga salom aytgin.
Xudoning inoyati hammangizga yor boʻlsin#3:15 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin..

Currently Selected:

Titus 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy