YouVersion Logo
Search Icon

Rut 4:13-22

Rut 4:13-22 O‘ZBMK

Shunday qilib, Boʻaz Rutga uylandi. Ular turmush qurib, bir yostiqqa bosh qoʻyishdi. Egamizning marhamati bilan Rut homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Ayollar Naimaga aytishdi: — Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! U bugun senga gʻamxoʻrlik qiladigan nevara berdi, merosxoʻrsiz qoldirmadi. Merosxoʻringning nomi Isroilda ulugʻ boʻlsin. U tufayli hayoting yana shodlikka toʻladi, qariganingda suyanchigʻing boʻladi. Chunki bu oʻgʻilni seni yaxshi koʻradigan, sen uchun hatto yetti oʻgʻildan ham aʼlo boʻlgan kelining tugʻdi. Naima chaqaloqni oʻziga oldi, bir dam bagʻridan uzmadi. Oʻzi enagalik qildi. Qoʻshni ayollar: “Naima uchun oʻgʻil tugʻildi”, deb chaqaloqqa Obid ismini berdilar. Obid Dovudning padari buzrukvori Essayning otasi boʻldi. Parazdan Dovudgacha boʻlgan avlod–ajdod quyidagicha: Parazdan Xazron bunyod boʻldi. Xazrondan Ram bunyod boʻldi. Ramdan Ominadav bunyod boʻldi. Ominadavdan Naxshoʻn bunyod boʻldi. Naxshoʻndan Salmoʻn bunyod boʻldi. Salmoʻndan Boʻaz bunyod boʻldi. Boʻazdan Obid bunyod boʻldi. Obiddan Essay bunyod boʻldi. Essaydan Dovud bunyod boʻldi.

Free Reading Plans and Devotionals related to Rut 4:13-22