YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 99

99
99–SANO
Shukronalik sanosi.
1Ey zamin ahli, Egamizga shodlik ila hayqiring,
2Xursand boʻlib Egamizga sajda qiling,
Shodlanib, qoʻshiq aytib, Uning huzuriga keling.
3Bilingki, Egamiz Xudodir,
Bizni yaratgan Udir, biz Unikimiz.
Biz Uning xalqimiz, yaylovidagi qoʻylarimiz.
4Shukrona aytib, darvozalaridan kiring,
Hamdu sano aytib, hovlilariga kiring.
Shukrona aytib, Uning nomini olqishlang!
5Egamiz yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiy davom etadi,
Sadoqati esa barcha nasllarga oʻtadi.

Currently Selected:

Zabur 99: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in