YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 100

100
100–SANO
Dovud sanosi.
1Sadoqatingni, adolatingni kuylayman,
Seni, ey Egam, tarannum etaman.
2Benuqson hayot kechirishni oʻrganaman,
Qachon bunga erishaman?
Pok yurak ila oʻz uyimda umr kechiraman.
3Hech qanday yovuzlikka yoʻl qoʻymayman.
Qingʻir ishlardan nafratlanaman,
Men ularga hech qoʻshilmayman.
4Ters ishlarni rad qilaman,
Yomonlik mendan uzoq boʻladi.
5Doʻsti ortidan gʻiybat qiladiganni yoʻq qilaman,
Takabburlik bilan qaraydigan koʻzlarga,
Magʻrur yurakka aslo toqat qilmayman.
6Yonimda istiqomat qilsinlar deya,
Yurtimning sodiq odamlariga xayrixoh boʻlaman.
Toʻgʻri yoʻldan yuradigan inson
Menga xizmat qiladi.
7Hiylagarlar mening saroyimda qolmaydi,
Yolgʻonchilar qarshimda turmaydi.
8Har saharda yurtdagi fosiqlarni qiraman,
Ey Egam, Sening shahringdan badkirdorlarni yoʻq qilaman.

Currently Selected:

Zabur 100: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in