YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 86

86
86–SANO
1Koʻrax naslining#86:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi. Qoʻshiq.
2Egamiz yaratgan shahar muqaddas togʻda#86:2 muqaddas togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang. turibdi,
Yoqub naslining barcha maskanlaridan koʻra,
Egamiz Quddus#86:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 4, 5, 6–oyatlarida ham bor). 2:6 izohiga qarang. darvozalarini koʻproq sevadi.
3Ey Xudoning shahri!
Sen toʻgʻringda Xudo ajoyib soʻzlar aytgan:
4“Meni eʼtirof etadiganlar orasida
Misrni#86:4 Misr — ibroniycha matnda Rahob, Levitanning yana bir ismi, Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (73:14 ning birinchi izohiga qarang). Bu oʻrinda Rahob Misrning sheʼriy nomi sifatida kelgan (Ishayo 30:7 ga qarang)., Bobilni, Filistiyani,
Tir#86:4 …Filistiya…Tir… — Filistiya Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan yurt edi. Tir Finikiyadagi shahar boʻlib, Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan. bilan Habashistonni#86:4 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. ham qayd etaman.
Odamlar ularni ham: «Quddusda tugʻilgan», deb aytadi.”
5Ha, Quddus haqida odamlar shu soʻzni aytadi:
“Har biri oʻsha yerda tugʻilgan,
Xudoyi Taoloning Oʻzi Quddusni mustahkam qiladi.”
6Egamiz xalqlarning roʻyxatini tuzib:
“Bu odam ham Quddusda tugʻilgan”, deb yozadi.
7Xonish qilib, raqs tushib ular:
“Hayotim manbai Sendadir”, deb aytadi.

Currently Selected:

Zabur 86: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in