YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 84

84
84–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining#84:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi.
2Ey Egam, Oʻz yurtingga marhamat koʻrsatgansan,
Yoqub naslini yana farovonlikka erishtirgansan.
3Xalqingning ayblarini unutgansan,
Ularning gunohlarini kechirgansan.
4Butun gʻazabingni jilovlading,
Qahru gʻazabingdan qaytding.
5Ey najotkorimiz Xudo,
Oldingi holimizga bizni qaytargin,
Bizga qarshi boʻlgan gʻazabingni toʻxtatgin.
6Sen bizdan to abad gʻazablanasanmi?
Gʻazabingni nasllar osha sochaverasanmi?
7Xalqim Menda sevinch topsin deya,
Bizga yana yangi hayot baxsh etmaysanmi?
8Ey Egam, bizga sodiq sevgingni koʻrsat,
Bizga najotingni ato qil.
9Parvardigor Egamiz aytayotganiga quloq solaman,
U Oʻz xalqiga, Oʻz taqvodorlariga tinchlik vaʼda qilayotir,
Endi ular bemaʼni yoʻllariga#84:9 bemaʼni yoʻllar — gunohkorona xulq–atvor nazarda tutilgan. qaytmasin.
10Shubhasiz, Egamizdan qoʻrqqanlarga
Uning Oʻzi najot berishga tayyor turadi,
Bizning yerimizda Uning ulugʻvorligi makon topadi.
11Sevgi va haqiqat uchrashadi,
Adolat, tinchlik bir–biri ila oʻpishadi.
12Haqiqat zamindan oʻsib chiqadi,
Adolat samodan turib boqadi.
13Egamiz chindan neʼmatin yogʻdiradi,
Yerimiz oʻz hosilini beradi.
14Adolat Egamizning oldida yuradi,
Uning qadamlari uchun yoʻl tayyorlaydi.

Currently Selected:

Zabur 84: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in