YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 83

83
83–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Soz joʻrligida aytiladigan Koʻrax naslining#83:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi.
2Sening makoning ajoyibdir,
Ey Sarvari Olam!
3Ey Egam, Sening hovlingga kirmoqni
Jonim istar, hatto orziqar.
Ey barhayot Xudo! Qalbim,
Vujudim sevinch ila Senga kuylar.
4Ey Sarvari Olam, Shohim, Xudoyim!
Qurbongohing yonida chumchuq ham bir uy topgan,
Polaponlarim uchun joy topay deya,
Qaldirgʻoch ham oʻzi uchun bir in qurgan.
5Baxtlidir Sening uyingda istiqomat qiladiganlar,
Ular doim Senga hamdu sano aytarlar.
6Baxtlidir Sendan qudrat olgan odamlar,
Quddusni chin dildan ziyorat qilishga intiladiganlar.
7Qaqragan soylikdan#83:7 Qaqragan soylikdan — ibroniycha matnda Baka soyligi. Ibroniychadagi baka soʻzi quruq yerlarda oʻsadigan daraxtning bir turini bildirishi mumkin. Baʼzi ibroniy qoʻlyozmalarida, qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalarda Yigʻi soyligi. Bu soylikning qayerda joylashgani maʼlum emas. ular oʻtar ekanlar,
Buloqlar oqa boshlar,
Ilk yomgʻir bu yerni suv havzalariga#83:7 suv havzalari — yoki barakalar. toʻldirar.
8Ular yurgan sari kuchayib borar,
Ey Xudo, ular Quddusda#83:8 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. huzuringda hozir boʻlar.
9Ey Parvardigori Olam — Egam, eshit ibodatimni,
Ey Yoqubning Xudosi, tinglagin meni.
10Ey Xudo, qara shohga — qalqonimizga,
Oʻzing moy surtib tanlaganga lutf qilgin.
11Sening hovlilaringda oʻtgan bir kun
Afzaldir boshqa yerda oʻtgan ming kundan.
Fosiqlarning chodirlarida yashagandan koʻra,
Boʻlsaydim, ey Xudoyim, Sening uyingda darvozabon.
12Ey Parvardigor Egam, quyosh va qalqonsan,
Sen bizga mehribonlik koʻrsatib, shon–shuhrat ato etasan.
Ey Egam, toʻgʻri yurganlardan
Neʼmatingni darigʻ tutmaysan.
13Ey Sarvari Olam,
Sendan umid qilgan odam baxtlidir!

Currently Selected:

Zabur 83: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Zabur 83