Zabur 82
82
82–SANO
1Osif#82:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. sanosi. Qoʻshiq.
2Ey Xudo, sukut saqlamagin,
Jimjit boʻlma, ey Xudo, jim turmagin.
3Dushmanlaring shovqin–suron solmoqda,
Gʻanimlaring isyon qilmoqda.
4Ayyorlik bilan ular xalqingga fitna qiladi,
Sen ardoqlaganlarga qarshi qasd qiladi.
5Ular aytar: “Qani, oʻsha xalqning ildizini quritaylik,
To abad unutilsin Isroilning nomi.”
6-8Edomliklar va Ismoil avlodlari,
Moʻabliklar#82:6-8 Edomliklar…Moʻabliklar… — Edom Oʻlik dengizning janubida, Moʻab shu dengizning sharqida joylashgan yurtlar edi. va Hojar nasllari#82:6-8 …Ismoil avlodlari…Hojar nasllari… — Iordan daryosining sharq tomonida yashagan qarindosh ikki arab qabilasi (Ibtido 25:12-18, 1 Solnomalar 5:10 ga qarang).,
Gabol#82:6-8 Gabol — bu oʻrinda yo Oʻrta yer dengizi boʻyidagi Finikiyaga qarashli shahar (Bibl nomi bilan ham maʼlum boʻlib, Tir shahridan shimolda joylashgan) yoki Oʻlik dengizning janubidagi yerlar nazarda tutilgan., Ommon va Omolek#82:6-8 …Ommon va Omolek… — Ommon xalqi Iordan daryosining sharq tomonida, Omolek xalqi esa Isroildan janubi–gʻarbda, Sinay yarim orolida yashagan. xalqlari,
Tir xalqi bilan Filistiya#82:6-8 …Tir…Filistiya… — Tir Finikiyadagi shahar boʻlib, Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan. Filistiya Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan yurt edi.
Til biriktirib, fitna qiladi,
Senga qarshi ittifoq tuzadi.
9Lut nasli#82:9 Lut nasli — yaʼni Edom va Moʻab xalqlari (Ibtido 19:30-38 ga qarang). bilan ittifoq tuzib,
Ossuriya ham ularga qoʻshilgan edi.
10Midiyonlarni jazolaganingday#82:10 …Midiyonlarni jazolaganingday… — Hakamlar 7:1-23 ga qarang. ularni jazola,
Xishon daryosida Sisaro, Yobinni qirganingday#82:10 …Sisaro, Yobinni qirganingday… — Hakamlar 4:1-24 ga qarang. jazola.
11Ular En–Doʻrda halok boʻlgandilar,
Yerga tashlangan goʻngday boʻlgandilar.
12Oriv va Zayovday#82:12 Oriv va Zayovday… — Hakamlar 7:25 ga qarang. qilib, ularning yoʻlboshchilarini oʻldir,
Barcha shahzodalarini Zevax va Zalmunoday#82:12 …Zevax va Zalmunoday… — Hakamlar 8:21 ga qarang. qilgin.
13Axir, ular: “Xudoning oʻtloqlarini
Oʻzimizniki qilib olaylik”, dedilar.
14Ey Xudoyim, ularni xazonday sovurgin,
Shamoldagi somonday ularni uchirgin.
15-16Oʻrmonni alanga yondirganday,
Ularni boʻronlaring ila taʼqib qil.
Tepaliklarni olov bilan kuydirganday
Ularni dovullaring ila dahshatga sol.
17Yuzlarini sharmandalikdan qizartir,
Toki ular, ey Egam, Senga intilsin.
18Ular doim sharmanda boʻlib, qoʻrquvga tushsin,
Badnom boʻlib, yoʻq boʻlib ketsin.
19Ular bilsin Egamiz Sen ekaningni,
Yer yuzida buyuk hukmdor yolgʻiz Sen ekaningni.
Currently Selected:
Zabur 82: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: