YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 80

80
80–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Soz joʻrligida aytiladigan Osif#80:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. sanosi.
2Xudoga, qudratimiz manbaiga
Sevinch bilan kuylang!
Yoqubning Xudosiga shodlik ila hayqiring!
3Qoʻshiq kuylang, doira cherting,
Xushovoz lira, arfa chaling.
4Burgʻu chaling yangi oy shodiyonasida,
Oy toʻlganda, bayram kunimizda#80:4 bayram kunimiz — Chayla bayrami nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Levilar 23:33-43 ga qarang)..
5Isroil uchun bu qonundir,
Yoqub Xudosining farmonidir.
6Misr yurti ustiga bostirib borganda,
Xudo buni Isroilga#80:6 Isroil — ibroniycha matnda Yusuf. 79:2-3 ning birinchi izohiga qarang. qonun qilib berdi.
Men notanish bir ovozni eshitdim:
7“Yukni oldim yelkangizdan,
— deydi U. —
Qoʻllaringiz savatdan ozod boʻldi#80:7 Yukni oldim yelkangizdan…Qoʻllaringiz savatdan ozod boʻldi — Isroil xalqining Misrda qilgan ogʻir mehnati nazarda tutilgan (Chiqish 1:11-14 ga qarang)..
8Kulfatda Menga faryod qildingiz, sizni qutqardim,
Bulutlar orasidan sizlarga javob berdim,
Mariva suvlari boʻyida#80:8 …Mariva suvlari boʻyida… — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:1-13 ga qarang. sizlarni sinadim.
9Eshiting, ey xalqim, tanbeh beraman sizga,
Ey Isroil, koshkiydi quloq solsangiz Menga!
10Orangizda begona xudolar boʻlmasin,
Boshqa xudolarga sajda qilmanglar.
11Men sizlarning Egangiz Xudoman,
Sizlarni Misr yurtidan Men olib chiqqanman,
Ogʻzingizni katta oching, Men uni toʻldiraman.
12Ey xalqim, siz esa ovozimga quloq solmadingiz,
Ey Isroil, Menga itoat etishni rad etdingiz.
13Oʻz bilganingizcha yashang, deya
Yuraklaringizni oʻjarligicha qoldirdim.
14Eh, qaniydi siz Menga quloq solsangiz,
Ey Isroil, Mening yoʻllarimdan yursangiz!
15Tezda dushmanlaringizni boʻysundirardim,
Sizning gʻanimlaringizga zarba berardim.
16Men, Egangizdan nafratlanganlar
Qoʻrquvdan titrab, tiz choʻkkan boʻlardi,
Ularning halokati to abad davom etardi.
17Sizlarni bugʻdoyning eng yaxshisi bilan boqardim,
Qoyadan asal chiqarib, sizlarni toʻydirardim.”

Currently Selected:

Zabur 80: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in