YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 79

79
79–SANO
1Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan Osif#79:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. sanosi.
2-3Tingla bizni, ey Isroilning Choʻponi,
Yusuf naslini#79:2-3 Yusuf nasli — bu oʻrinda Isroil xalqi nazarda tutilgan. Yusuf Yoqubning Rohiladan koʻrgan toʻngʻich oʻgʻli edi. Efrayim va Manashe qabilalari Yusufning ikkala oʻgʻlidan tarqalgan nasllardir. qoʻy suruviday yetaklab chiqqan Sensan,
Karublar orasida taxt qurgansan,
Efrayim, Benyamin, Manashe#79:2-3 …Efrayim, Benyamin, Manashe… — Isroil xalqining qabilalaridan uchtasi. Efrayim va Manashe gʻoyat muhim oʻrin tutgan shimoliy qabilalar edi. oldida nuringni soch.
Qudratingni koʻrsat, bizni qutqargani kel.
4Ey Xudo, bizni oldingi holimizga qaytargin,
Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.
5Ey Parvardigori Olam — Egamiz,
Qachongacha gʻazablanib, ibodatimizni rad etasan?
6Koʻz yoshlar berding bizga non oʻrniga,
Chelak toʻla koʻz yoshlarni bizga ichirding.
7Qoʻshnilar bizdan nafratlanishiga imkon berding,
Dushmanlarimiz bizni masxara qilmoqda.
8Ey Parvardigori Olam, bizni oldingi holimizga qaytargin,
Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.
9Tok novdasini sugʻurganday,
Bizni Misrdan keltirding.
Begona xalqlarni quvib, bizni oʻtqazding.
10Biz uchun tuproq tayyorlading,
Ildiz otib, yurtni toʻldirdik.
11Togʻlar bizning soyamiz bilan qoplandi,
Bahaybat sadrlar ham novdalarimiz bilan qoplandi.
12Biz shoxlarimizni dengizgacha#79:12 dengiz — yaʼni Oʻrta yer dengizi. yoydik,
Novdalarimiz Furot daryosigacha choʻzildi.
13Nega endi bogʻning devorlarini buzib tashlading?
Oʻtgan–ketganlar mevalarini yulsin debmi?
14Yovvoyi toʻngʻizlar uni xarob qiladi,
Yovvoyi jonivorlar#79:14 Yovvoyi toʻngʻizlar…Yovvoyi jonivorlar… — Isroil xalqining dushmanlariga ishora qilayotgan koʻchma maʼnodagi iboralar. undan yeb qornini toʻygʻizadi.
15Qayt yana bizga, ey Parvardigori Olam!
Nazar solgin, qara samodan,
Bu tok novdasini qoʻriqlagin.
16Oʻng qoʻling oʻtqazgan ildizni,
Oʻzing oʻstirgan novdani#79:16 novda — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi oʻgʻil, Xudo oʻtqazgan tokka, yaʼni Isroil xalqiga ishora qilayotgan koʻchma maʼnodagi soʻz. qoʻriqlagin.
17Gʻanimlaring uzum tokingni qirqqan edi,
Uzum tokingni olovda yondirgan edi,
Gʻazabli boqishingdan ular yoʻq boʻlsin.
18Oʻzing tanlaganingga,
Oʻzing uchun kuchli qilgan xalqqa#79:18 xalq — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi inson oʻgʻli. Shu sanoning 16–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang. Yana 8:5 izohiga qarang. tayanch boʻlgin.
19Shunda biz hech qachon Sendan qaytmaymiz,
Senga sajda qilamiz, bizga hayot ato qil.
20Ey Parvardigori Olam — Egamiz,
Bizni oldingi holimizga qaytargin,
Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.

Currently Selected:

Zabur 79: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Zabur 79