Zabur 77
77
77–SANO
Osif#77 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. qasidasi#77 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
1Quloq soling, ey xalqim, oʻgitlarimga,
Quloq tuting ogʻzimdan chiqqan soʻzlarga.
2Ogʻzimni ochaman masalga,
Oʻtmishning sirli saboqlarin oʻrgataman sizga.
3Bularni aytgan edi ota–bobolarimiz,
Ulardan eshitganmiz, bilamiz.
4Egamizning hamdga loyiq ishlarini,
Uning qudratini, U qilgan ajoyibotlarni
Biz yashirmay aytamiz ota–bobolarimiz nasliga,
Hikoya qilamiz bolalarimizga.
5Yoqub nasliga U farmon berdi,
Isroilga qonun tayinladi.
Ota–bobolarimizga amr berib:
“Bolalaringizga oʻrgating”, dedi#77:5 Ota–bobolarimizga amr berib…dedi — Qonunlar 6:6-7 ga qarang..
6Toki kelajak nasllar bularni bilsin,
Bilsin hatto tugʻilmagan bolalar,
Oʻz navbatida bolalariga aytsin ular.
7Bolalari ham umidini bogʻlasin Xudoga,
Xudoning ishlarini unutib qoʻymay,
Rioya etsin Uning amrlariga.
8Toki ular ota–bobolariga oʻxshab,
Oʻjar, isyonkor nasl boʻlmasin.
Yuragida Xudoga sadoqati boʻlmagan,
Ruhan beqaror nasl boʻlmasin.
9Oʻq–yoy bilan qurollangan Efrayim jangchilari#77:9 Efrayim jangchilari — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila boʻlgani bois, Eski Ahdning baʼzi oʻrinlarida Efrayim degan nom Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Bu shohlikning poytaxti Samariya edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EFRAYIM soʻziga qarang.
Jang kunida ortiga qaytdi#77:9 …Jang kunida ortiga qaytdi — Efrayim qabilasi va Isroil, yaʼni shimoliy shohlik jangda qoʻrqoqlik koʻrsatganligi haqida hech qayerda aytib oʻtilmagan. Bu yerda sano ijodkori ular haqida, jangdan orqaga qaytdi, deb aytganda, Isroil xalqining Xudo bilan qilgan ahdiga bevafolik qilgani va shu sababli ularning shohligi qulaganini nazarda tutgan boʻlsa kerak (shu sanoning 60, 67-68–oyatlariga va 60–oyatning izohiga qarang)..
10Ular Xudoning ahdiga rioya qilmadilar,
Uning qonunlari boʻyicha yurishni rad etdilar.
11Ular unutdilar Xudoning qilgan ishlarini,
Xudoning ularga koʻrsatgan moʻjizalarini.
12Misr diyoridagi Zoʻvan tekisligida#77:12 Zoʻvan tekisligi — Goʻshen yerlarining yana bir nomi, bu joy Nil deltasining sharq tomonida joylashgan edi. Zoʻvan bu tekislikdagi muhim shahar boʻlib, Ramzes nomi bilan ham atalar edi. Ibtido 47:11, 27 ga qarang.,
Ularning ota–bobolari koʻz oʻngida
Xudo moʻjizalar koʻrsatgandi.
13Dengizni yorib, oʻrtasidan ularni oʻtkazdi,
Suvlarni devor kabi tik qilib qoʻydi#77:13 Dengizni yorib…Suvlarni devor kabi tik qilib qoʻydi — Chiqish 14:21-29 ga qarang..
14Kunduzi ularni bulut orqali yetakladi,
Tun boʻyi alanga yorugʻi orqali yetakladi#77:14 Kunduzi ularni…Tun boʻyi…yetakladi — Chiqish 13:21-22 ga qarang..
15U sahrodagi qoyalarni parchaladi,
Dengiz suviday moʻl suvni ularga berdi.
16Qoyadan irmoqlarni chiqardi,
Suvlarni daryolarday oqizdi#77:15-16 U sahrodagi qoyalarni parchaladi…16…Suvlarni…oqizdi — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:2-11 ga qarang..
17Ular sahroda Xudoyi Taologa qarshi isyon koʻtarib,
Unga qarshi gunoh qilaverdilar.
18Ular ataylab Xudoni sinadilar#77:18 Ular ataylab Xudoni sinadilar… — Chiqish 16:2-15, Sahroda 11:4-23 ga qarang.,
Koʻngli tusagan ovqatni talab qildilar.
19Ular Xudoga qarshi soʻzlab, dedilar:
“Sahroda Xudo bizga dasturxon yoza olarmidi?!
20Mana, U qoyaga urganda, suv daryo–daryo boʻlib oqdi,
Irmoqlar toʻlib–toshdi.
Endi U Oʻz xalqiga non bera olarmikan?
Xalqini goʻsht bilan taʼminlay olarmikan?”
21Egamiz ularning gapini eshitib,
Qattiq gʻazabga mindi.
Yoqub nasliga qarshi gʻazab alangasini purkadi,
Ha, Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi#77:21 Egamiz ularning gapini eshitib…Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi — Sahroda 11:1-3 ga qarang..
22Ular Xudoga ishonmadilar,
Uning najotiga tayanmadilar.
23Xudo samolardan turib amr berdi,
Osmon qopqalarini ochib yubordi.
24Ular yesin deb, manna#77:24 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kanʼon yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yogʻilardi, odamlar saharda turib, uni yigʻib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang). yogʻdirdi,
Osmonning donini ularga berdi.
25Odamzod farishtalar nonidan yedi,
Xudo ularga moʻl–koʻl taom yubordi.
26U samolardan sharq shamolini estirdi,
Qudrati bilan janub shamoliga yoʻl koʻrsatdi.
27U changday moʻl qilib, xalqiga goʻsht yogʻdirdi,
Ha, dengizdagi qumday moʻl qilib qushlar yogʻdirdi.
28Bularni ularning qarorgohiga yogʻdirdi,
Ularning chodirlari atrofiga tushirdi.
29Ular toʻygunlaricha yedilar,
Xudo ularga koʻngillari tusaganini berdi.
30Biroq hali koʻngli tusaganiga toʻymagan,
Luqmalari hali ularning ogʻizlarida ekan,
31Xudo gʻazabini ularga sochdi,
Ularning kuchlilarini oʻldirdi,
Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi#77:31 …Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi — Sahroda 11:31-35 ga qarang..
32Shularga qaramay, ular gunoh qilaverdilar,
Xudoning moʻjizalariga ishonmadilar.
33Xudo ularning kunlarini bir nafasday bitirdi,
Ularni vahimaga solib, umrlarini barbod qildi.
34Baʼzilarini Xudo oʻldirdi,
Shundagina qolganlari Unga intildi,
Tavba qilib, yana Xudoga qaytdi.
35Ular shunday deb esladilar:
“Ha, Xudo suyangan qoyamiz,
Bizning qutqaruvchimiz Xudoyi Taolo.”
36Ammo Xudoga xushomad qilardilar,
Unga tillari bilan yolgʻon soʻzlashardi.
37Yuraklarida esa Xudoga sodiq emas edilar,
Uning ahdiga bevafolik qildilar.
38Xudo–chi, shafqat qildi,
Kechirdi ularning gunohlarini,
Qirib tashlamadi ularni.
Koʻpincha U gʻazabini bosdi,
Butun gʻazabini sochmadi.
39Xudo esladi: “Ular shunchaki bandalardir,
Esib, boshqa qaytib kelmas shamoldir.”
40Sahroda Xudoga qanchalar koʻp isyon qildilar!
Dashtu biyobonda Uni xafa qildilar.
41Xudoni ular takror–takror sinadilar,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosini ranjitdilar.
42Ular Xudoning qudratini,
Ularni dushmandan qutqargan kunni esdan chiqardilar.
43Xudo Misrda koʻrsatgan moʻjizalarni,
Ha, Zoʻvan tekisligida#77:43 Zoʻvan tekisligi — shu sanoning 12–oyati izohiga qarang. koʻrsatgan ajoyibotlarni unutdilar.
44Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi,
Misrliklar irmoqlardan suv icholmay qoldi.
45Ularni yeb bitirsin deya, pashshalar galasini yubordi,
Yurtni vayron qilsin deya, qurbaqalar yubordi.
46Ularning hosilini Xudo chigirtkalarga#77:46 chigirtkalar — baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot. yem qildi,
Ularning mehnati mahsulini chigirtkalarga berdi.
47Uzumzorlarini doʻl bilan yakson qildi,
Shikamora–anjir daraxtlarini#77:47 shikamora–anjir daraxtlari — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yongʻoq daraxtiday, barglari esa tut barglariga oʻxshash boʻlib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt. jalada nobud etdi.
48Ularning chorvasini doʻlga duchor qildi,
Ularning podasini yashin alangasiga berdi.
49Kulfat elchilarini yuborganday
Xudo ularga alangali gʻazabini, qahrini,
Nafratini hamda musibatni sochdi.
50U Misrdan gʻazabini qaytarmadi,
Ularning jonlariga shafqat qilmadi,
Ularni vaboga duchor qildi.
51Misrning hamma toʻngʻich oʻgʻillarini nobud qildi#77:44-51 44 Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi…51 Misrning hamma toʻngʻich oʻgʻillarini nobud qildi… — Chiqish 7:14-12:32 ga qarang.,
Ha, Xom avlodining#77:51 Xom avlodi — Misrliklarga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. Xomning oʻgʻli Mizra Misr xalqining bobokalonidir (Ibtido 10:6 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). faxri,
Qut–baraka timsolini yoʻq qildi.
52Oʻz xalqini esa Xudo qoʻyday yetaklab chiqdi,
Ularni sahro boʻylab suruvday boshlab bordi.
53Egamiz eson–omon boshlab bordi,
Ular qoʻrqmadilar,
Ularning gʻanimlarini esa dengiz yutdi.
54Egamiz xalqini Oʻz muqaddas yurtiga,
Oʻz kuchi bilan qoʻlga kiritgan toqqa olib keldi.
55Oʻz xalqining oldidan boshqa xalqlarni#77:55 boshqa xalqlar — Qonunlar 7:1 ga qarang. quvdi,
Ularning yurtini mulk qilib boʻlib berdi,
Isroil qabilalarini ularning chodirlarida oʻrnashtirdi.
56Ular hamon Xudoyi Taoloni sinardilar,
Unga qarshi isyon koʻtarib, farmonlariga boʻysunmadilar.
57Otalari kabi bevafolik qilib, xoinlik qildilar,
Yaroqsiz kamonga oʻxshab ishonchsiz chiqdilar.
58Sajdagohlari bilan ular Xudoni gʻazablantirdilar,
Butlari bilan Uning rashkini qoʻzgʻatdilar.
59Bularni eshitganda Xudo, gʻazabga mindi,
Shundan soʻng Isroilni tamom rad etdi.
60U Shiloʻdagi#77:60 Shiloʻ — Quddusdan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan bu shahar Efrayim qabilasining hududida edi. Shoh Dovud davridan oldin Shiloʻ Isroil xalqining sajda markazi boʻlgan edi (Yoshua 18:1, 1 Shohlar 1:3 ga qarang). Keyinchalik Yahudo qabilasining hududidagi Quddus sajda markazi boʻlib qoldi, Maʼbad Quddusda qurildi (shu sanoning 67-69–oyatlariga qarang). Oʻz maskanini,
Insonlar orasida tikkan Chodirini tark etdi.
61Dushmanga asir qilib berdi Ahd sandigʻini,
Oʻzining qudratiyu shuhrati ramzini#77:61 …asir qilib berdi Ahd sandigʻini, Oʻzining qudratiyu shuhrati ramzini — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …asir qilib berdi Oʻz qudratiyu shuhratini..
62Oʻz xalqini U qilichga roʻpara qildi,
Gʻazabini tanlagan xalqiga sochdi.
63Yigitlarini alanga yamlamay yutdi,
Qizlari nikoh qoʻshiqlarini aytolmay qoldi.
64Ruhoniylari qilich tigʻidan yiqildi,
Ruhoniylarning bevalari aza tutolmay qoldi.
65Shunda Rabbiy qoʻzgʻaldi uyqudan uygʻonganday,
Sharobdan hayqirayotgan bahodirday.
66Dushmanlarini U tirqiratib quvdi,
Ularni abadiy sharmandalikka duchor qildi.
67Yusuf naslini Xudo rad etdi,
Efrayim qabilasini#77:67 Efrayim qabilasi — shu sanoning 9–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang. tanlamadi.
68Uning oʻrniga Yahudo qabilasini#77:68 Yahudo qabilasi — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shu bois Eski Ahdning baʼzi parchalarida Yahudo soʻzi janubiy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang.,
Oʻzi sevgan Sion togʻini tanladi#77:67-68 …Efrayim qabilasini tanlamadi. 68…Yahudo qabilasini…Sion togʻini tanladi — Maʼbadning Yahudo hududida, Quddusdagi Sion togʻida qurilganiga ishora (shu sanoning 60–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang)..
69Abadiy oʻrnatgan yer kurrasi kabi,
Samolar kabi, Oʻz muqaddas maskanini qurdi.
70Xudo Oʻz quli Dovudni tanlab oldi,
Qoʻy qoʻrasidan uni chaqirib oldi.
71U Dovudni sovliq qoʻy, qoʻzilarga choʻponlikdan oldi.
Oʻzining xalqi Isroilga,
Yoqub nasliga choʻpon qilib tayinladi.
72Dovud ularga halollik bilan choʻponlik qildi,
Mohirlik bilan ularni yetaklab bordi.
Currently Selected:
Zabur 77: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020