YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 73

73
73–SANO
Osif#73 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. qasidasi#73 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
1Ey Xudo! Nechun bizni to abad rad etasan?!
Nechun yaylovdagi qoʻylaringga gʻazabingni sochasan?!
2Azalda Oʻzingniki qilib olgan xalqingni yodingda tut.
Oʻzimning mulkim boʻlsin deb, qutqargan xalqingni,
Oʻzing maskan qilgan Sion togʻini yodingda tut.
3Dahshatli bu xaroba tomon qadam bosib koʻr,
Qara, muqaddas maskandagi borini gʻanim yoʻq qildi.
4Gʻanimlaring shovqin–suroni muqaddas maskaningni toʻldirdi,
Bayroqlarini ular belgi qilib oʻrnatdi.
5Oʻzlarini boltasi bor odamday tutdilar,
Oʻrmondagi daraxt kesuvchilarday tutdilar.
6Soʻngra boltayu bolgʻalar bilan
Parchaladilar uning oʻymakor ishlarini.
7Muqaddas maskaningga oʻt qoʻydilar,
Sen ulugʻlanadigan makonni harom qildilar,
Maʼbadingni yer bilan bitta qildilar.
8“Ularni tamomila qirib tashlaymiz”, deb oʻz koʻnglida aytdilar,
Yurtdagi barcha sajdagohlarni yoqib tashladilar.
9Bironta ham paygʻambar qolmadi,
Moʻjiza alomatlarini topa olmaymiz.
Qachongacha davom etar bu?
Birontamiz bilmaymiz.
10Ey Xudo, qachongacha gʻanim Seni masxara qilar?!
Seni dushman to abad haqorat qilarmi?!
11Nechun oʻng qoʻlingni ishga solmaysan?!
Qoʻlingni qoʻyningdan chiqarib,
Ularni qirib tashlagin!
12Ey Xudo, azaldan mening Shohimsan,
Yer yuziga Sen najot olib kelasan.
13Qudrating bilan dengizni boʻlgan Sensan,
Dengiz ajdarlarining boshini majaqlagansan.
14Maxluq Levitanning#73:14 Levitan — Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq. Levitan halokat keltiruvchi dengiz kuchlarining va oʻrnatilgan barcha tartibga tahdid soladigan buzgʻunchi kuchlarning ramzidir. Muqaddas Kitobda Xudoning Levitan ustidan qozongan gʻalabasi Uning kuch–qudrati ramzidir. Zotan, Xudo butun borliq ustidan, shuningdek, Oʻz xalqining dushmanlari ustidan gʻolib boʻlgan qudratli Hukmdordir. boshlarini ezib tashlagansan,
Choʻl jonzotlariga#73:14 Choʻl jonzotlari — yoki Choʻlda yashaydigan odamlar. uni yemish qilib bergansan.
15Buloqlaru anhorlarni ochgan Sensan,
Oqar daryolarni quritgan ham Sensan.
16Kunduz Senikidir, tun ham Seniki,
Quyosh va oyni#73:16 oy — yoki yulduzlar. bunyod etgansan.
17Zaminning chegarasini Sen oʻrnatgansan,
Yoz va qishni ham oʻrnatgan Sensan.
18Ey Egam, dushmanning masxaralashini,
Ahmoq odamlar Seni haqoratlashini yodingda tut.
19Kaptarlaring hayotini yovvoyi hayvonlarga berma,
Mazlum xalqingning hayotini to abad unutma.
20Biz bilan qilgan ahdingni esla,
Yurtdagi zulmat joylar zoʻravonlikka toʻla.
21Sharmandalikka mazlum duchor boʻlmasin,
Faqiru bechora Senga hamdu sano aytsin.
22Qani, ey Xudo, daʼvoingni isbot qilgin,
Ahmoqlar kun boʻyi Seni masxara qilishini yodda tut.
23Dushmanlaring shovqin–suroni koʻtarilaveradi,
Ularning baqir–chaqirigʻini eʼtiborsiz qoldirma.

Currently Selected:

Zabur 73: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Zabur 73