YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 72

72
72–SANO
Osif#72 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. sanosi.
1Haqiqatan ham, Isroil xalqiga,
Yuragi pok boʻlganlarga Xudo himmat qilar.
2Oyoqlarim toyib ketay, dedi,
Sal boʻlmasa sirpanib yiqilay, dedim.
3Fosiqning yashnayotganini koʻrganimda,
Takabburlarga hasad qildim.
4Ular ogʻriq nimaligini bilmaydilar#72:4 Ular ogʻriq nimaligini bilmaydilar… — yoki Ular oʻlim paytigacha ogʻriqni sezmaydilar….,
Tanalari soppa–sogʻ, baquvvat.
5Boshqalarday ular dard tortmaydilar,
Boshqalarday ular azob chekmaydilar.
6Kiborlik ularning boʻynidagi marjon boʻladi,
Zoʻravonlikni ular libos qilib kiyib olgan.
7Ularning koʻzlarini yogʻ bosib qolgan,
Xayollarida ahmoqona niyatlar toʻlib–toshgan.
8Takabburlar masxaralab, xusumat bilan gapiradi,
Magʻrurlanib, zulm bilan tahdid qiladi.
9Fosiqlar ogʻizlari bilan osmonga daʼvo qiladi,
Tillari bilan yer yuzini mulk qilib oladi.
10Shu bois har kim ularga yuz buradi,
Ularning soʻzlarini suv kabi ichadi#72:10 Shu bois har kim ularga yuz buradi, Ularning soʻzlarini suv kabi ichadi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Shu bois uning xalqi shu yerga qaytib keladi va moʻl–koʻl suvni simirib ichadi. Ibroniycha matnda bu oyatning maʼnosi bahsli..
11Yana ular shunday deydilar:
“Xudo qanday qilib bila oladi?!
Xudoyi Taolo nimani ham bilardi?!”
12Fosiqlar ana shunaqa!
Doimo betashvish boylik orttiradi.
13Ha, men bekorga yuragimni pok tutgan ekanman–da!
Aybsizman, deya bekorga qoʻllarimni yuvibman–da!
14Axir, kun boʻyi azob tortaman,
Har kuni ertalab jazo olaman.
15Men ham fosiq gaplarni gapiraverganimda,
Sening sodiq farzandlaringga xoinlik qilgan boʻlar edim.
16Ammo bularni tushunay, desam,
Bu ish juda ham mashaqqatli tuyuldi.
17Xudoning muqaddas maskaniga kirdim,
Shundagina fosiqlar qismati ne boʻlishini tushundim.
18Ey Xudo, chindan ham ularni sirpanchiq yerga qoʻygansan,
Ularni jarlikka uloqtirib, barbod qilasan.
19Ular birdan qirilib ketadi,
Vahimadan qirilib, yoʻq boʻladi.
20Ularning hayoti faqat tushdir,
Uygʻonganlarida unut boʻladi.
Sen ham qoʻzgʻalganingda, ey Rabbiy,
Ularning hayotiga chek qoʻyasan.
21Gʻamga toʻlgan paytlarimda,
Yuragimda dard paydo boʻlganda,
22Men nodon, johil boʻlgan ekanman,
Qarshingda ongsiz hayvon kabi boʻlgan ekanman.
23Shunday boʻlsa ham, doimo Sen bilanman,
Sen oʻng qoʻlimdan ushlagansan.
24Oʻgitlaring bilan menga yoʻl koʻrsatasan,
Oxiri meni shon–shuhrat ila kutib olasan.
25Sendan boshqa kimim bor samoda?!
Sendan oʻzgasini istamasman yer yuzida.
26Ado boʻlishi mumkin tanamu yuragim,
Ammo Sen, ey Xudo, qalbimning quvvatisan,
Sen to abad barqarorligimsan.
27Sendan uzoq boʻlganlar halok boʻladi,
Qirib tashlaysan Senga sodiq boʻlmaganlarni.
28Ey Xudo, Senga yaqin boʻlganim esa menga yaxshidir.
Ey Egam Rabbiy, Seni panohim qilib oldim,
Sening hamma ishlaringni aytib yuraman.

Currently Selected:

Zabur 72: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in