Zabur 71
71
71–SANO
1Sulaymon sanosi.
Ey Xudo, shohga adolatingni bergin,
Shoh oʻgʻliga toʻgʻri hukm chiqarishni oʻrgatgin.
2Sening xalqingni u adolat ila hukm etsin,
Bechoralarni u toʻgʻrilik bilan hukm etsin.
3Togʻlar xalqqa rohat–farogʻat olib kelsin,
Tepaliklar haqiqat samarasini keltirsin.
4Shoh xalqning qashshoqlarini himoya qilsin,
Bechoralarning bolalariga najot bersin,
Zolimlarni ezib tashlasin.
5Nasllar osha quyoshu oy samoda turganday,
Uning umri ham shunchalik uzoq boʻlsin!#71:5 …Uning umri ham shunchalik uzoq boʻlsin — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …Shunday uzoq vaqt davomida Sendan qoʻrqsinlar.
6Shohimiz oʻxshasin oʻrilgan dalaga,
Yoqqan huzurbaxsh yomgʻirga,
Yerni sugʻorgan sharros yomgʻirga.
7Uning davrida solih yashnasin,
Dunyo turguncha moʻl–koʻlchilik boʻlsin.
8U bir dengizdan ikkinchisiga qadar,
Furot daryosidan tortib,
Yer yuzining toʻrt tomoniga hukmronlik qiladi.
9Shoh oldida choʻl qabilalari tiz choʻksin,
Uning dushmanlari tuproq yalasin.
10Dengiz ortidagi yurtlarning shohlari,
Tarshish#71:10 Tarshish — 47:8 izohiga qarang. shohlari unga oʻlpon olib kelsinlar.
Shava#71:10 Shava — Arabiston yarim orolining janubi–gʻarb tomonida boʻlgani ehtimoldan holi emas. Keyinchalik Shava malikasi shoh Sulaymonga hadyalar olib kelgan edi (3 Shohlar 10:1-13 ga qarang). hamda Savo#71:10 Savo — Arabiston yarim orolining janubida yoki Afrikada, Qizil dengizning gʻarbiy boʻyida joylashgan boʻlishi mumkin. shohlari
Unga hadyalar keltirsinlar.
11Hamma shohlar unga taʼzim aylasin,
Hamma xalqlar unga xizmat qilsin.
12Mazlum nola qilganda, shoh najot beradi,
Madadkori yoʻq bechorani u qutqaradi.
13Zaif, bechoraga u shafqat koʻrsatadi,
Mazlumlarning hayotini saqlaydi.
14Mazlumlarni jabr–zulmdan xalos qiladi,
Mazlumlar qoni uning nazarida azizdir.
15Shohning umri uzoq boʻlsin!
Shavaning oltini uniki boʻlsin,
Xalq doimo u uchun ibodat qilsin,
Kun boʻyi duo qilib, Xudodan baraka tilasin.
16Yurtda don moʻl–koʻl boʻlsin,
Tepaliklar ustida don boshoqlari chayqalib tursin.
Lubnon togʻlarida boʻlgani kabi, hosili unumli boʻlsin.
Daladagi giyohlar kabi, shaharlari odamga toʻlsin.
17Shohning nomi mangu yashasin,
Uning dongʻi quyosh turguncha bor boʻlsin,
Barcha xalqlar u orqali baraka topsin,
Xalqlar uni, baxtiyor, deb aytsin.
18Isroil xalqining Xudosi — Egamizga olqishlar boʻlsin.
Ajoyib ishlar qiladigan yolgʻiz Udir.
19Egamizning ulugʻvor nomiga to abad olqishlar boʻlsin,
Butun yer yuzi Uning shuhrati bilan toʻlsin.
Omin! Omin!
20Essay oʻgʻli Dovudning ibodatlari nihoyasiga yetdi.
Currently Selected:
Zabur 71: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: