YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 69

69
69–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Egamizdan madad soʻrab aytgan iltijosi.
2Ey Xudo, najot ber menga,
Kelgin tezda, ey Egam, madad ber menga.
3Jonimga qasd qilganlar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Halokatimni istaganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
4“Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar
Sharmanda boʻlib, orqaga qaytsin.
5Senga yuz burganlarning hammasi
Sen tufayli sevinch, shodlikka toʻlsin.
Sening najotingni sevganlar:
“Xudo yuksalaversin”, deb doim aytsin.
6Eh, men gʻarib, bechoraman,
Menga yordam berishga shoshil, ey Xudo!
Madadkorim, najotkorim Oʻzingsan,
Kechikmagin, ey Egam!

Currently Selected:

Zabur 69: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in