YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 51

51
51–SANO
1-2Ijrochilar rahbariga. Edomlik Doyeg Shoulning oldiga borib: “Dovud Oximalekning uyida”, deb xabar bergandan keyin#51:1-2 Edomlik Doyeg…xabar bergandan keyin… — 1 Shohlar 21:7, 22:9-10 ga qarang., Dovudning aytgan qasidasi#51:1-2 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
3Nechun maqtanasan yovuzliging ila, ey zoʻravon?!
Xudoning sodiqligi doim men bilan, axir!
4Balo keltiraman, deya reja qilasan,
Oʻtkir ustaraga oʻxshaydi tiling.
Aldashga sen mohirsan.
5Ezgulikdan koʻra, yovuzlikni yoqtirasan,
Haqiqatni soʻylashdan koʻra, yolgʻonni afzal bilasan.
6Halok qiladigan soʻzlarni yaxshi koʻrasan,
Yolgʻonchi tilni sevasan.
7Xudo esa seni to abad halok qiladi,
Seni ushlab, chodiringdan tortib chiqaradi,
Tiriklar yurtidan yoʻq qilib tashlaydi.
8Solihlar buni koʻrib, qoʻrqadi,
Fosiqning ustidan kuladi:
9“Qarang, oʻsha odam Xudoni panohim deb bilmadi,
Moʻl–koʻl boyligiga umid bogʻladi,
Boshqalarni qirish tufayli kuchaydi.”
10Men–chi, oʻxshayman Xudoning uyidagi
Koʻm–koʻk zaytun daraxtiga.
Xudoning sodiq sevgisiga
Men to abad umidimni bogʻlayman.
11Ey Xudo, Sening hamma qilganlaring uchun
Senga to abad shukur aytaman.
Taqvodorlaringning huzurida
Senga umid bogʻlayman,
Axir, Oʻzing yaxshisan!

Currently Selected:

Zabur 51: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in