Zabur 50
50
50–SANO
1-2Ijrochilar rahbariga. Natan paygʻambar kelib, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini fosh etgandan keyin#50:1-2 Natan paygʻambar kelib, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini fosh etgandan keyin… — 2 Shohlar 11:1-12:25 ga qarang., Dovudning aytgan sanosi.
3Rahm qilgin menga, ey Xudo,
Sodiq sevging, cheksiz shafqating ila
Itoatsizligimni olib tashlagin.
4Yuvib tashla barcha ayblarimni,
Poklagin gunohlarimdan.
5Ha, oʻzimning itoatsizligimni bilaman,
Gunohim turar koʻz oʻngimda mudom.
6Senga, yolgʻiz Senga qarshi gunoh qilganman,
Sening oldingda qabihliklarga qoʻl urganman,
Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan,
Aybimni fosh etganingda doimo toʻgʻri boʻlib chiqasan.
7Mana, gunohkor boʻlib tugʻilganman,
Onam qornidayoq gunohkor edim.
8Biroq Sen samimiy, pok qalbni istaysan,
Asl donolikni Oʻzing menga oʻrgatgin#50:8 oʻrgatgin — yoki oʻrgatasan..
9Pokla meni issop oʻti#50:9 issop oʻti — bu oʻsimlikdan koʻpincha poklash marosimlarida odamlarga yo narsalarga suv yoki qon sepish uchun ishlatilgan (Chiqish 12:21-23, Levilar 14:1-7 va Sahroda 19:1-19 ga qarang). Bu oʻrinda sano ijodkori kechirim orqali ruhan poklanish istagini ifodalab, poklanish marosimiga ishora qilyapti. ila, toza boʻlayin,
Yuvgin meni, qordan ham oq boʻlayin.
10Yana eshitay shodlik, quvonch xabarin,
Sen ezgan suyaklarim yana quvonsin.
11Gunohlarimdan chetga ol koʻzlaringni,
Olib tashla ayblarimni.
12Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin,
Sodiq qalbni menga yana bir bor bergin.
13Huzuringdan meni uloqtirib tashlama,
Muqaddas Ruhingni mendan olma.
14Najoting shodligini menga qaytargin,
Itoat etishga menda istak uygʻotgin.
15Shunda itoatsizlarga Sening yoʻllaringni oʻrgataman,
Gunohkorlar qaytib keladilar Senga.
16Qon toʻkkanim uchun kechir meni, ey Xudo,
Najot berganingni sevinch ila kuylar tilim,
Ey najotkorim Xudo!
17Lablarimni ochgin, ey Rabbiy,
Ogʻzim Seni madh aylasin.
18Qurbonlikni Sen xohlamaysan,
Qurbonlik kuydirganimda ham
Sen xush koʻrmagan boʻlarding.
19Senga maʼqul qurbonligim ezilgan ruhdir,
Ezilgan, tavba qilgan yurakni
Sen rad etmaysan, ey Xudo.
20Lutfu karaming bilan Quddusni yashnatgin,
Sion shahri devorlarini qaytadan qurgin.
21Shunda munosib qurbonliklar keltiriladi,
Kuydiriladigan qurbonliklar Seni mamnun qiladi,
Qurbongohingda buqalar nazr qilinadi.
Currently Selected:
Zabur 50: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020