Zabur 49
49
49–SANO
Osif#49 Osif — 1 Solnomalar 6:31-33, 39-43, 25:1-2 va Ezra 2:41 ga qarang. sanosi.
1Xudolar Xudosi — Egamiz soʻylar,
Daʼvat qilar yer yuziga
Sharqdan gʻarbga qadar.
2Xudo Oʻz nurini sochar Quddusdan#49:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. —
Goʻzallikda komil shahardan.
3Xudoyimiz kelar, sukut saqlamas,
Uning oldida alanga yamlab yuborar,
Atrofida boʻron gʻazabdan quturar.
4Oʻz xalqini hukm etmoq uchun
Yeru osmonni guvoh qilib chaqirar:
5“Yigʻib keling Mening taqvodor xalqimni,
Qurbonlik orqali Men bilan ahd qilganlarni!”
6Samolar eʼlon qilar Xudoning odilligini,
Hakam Xudoning Oʻzidir.
7Xudo aytar: “Eshit, ey xalqim, Men soʻzlayman,
Ey Isroil, senga qarshi guvohlik beraman,
Men Xudoman, sening Xudoyingman.
8Keltirgan qurbonliklaring doimo oldimda.
Kuydirilgan qurbonliklaringdan shikoyat qilmayman.
9Ogʻilingdagi buqangga muhtoj emasman,
Suruvingdagi echkingga ham zor emasman.
10Menikidir oʻrmondagi jamiki hayvon,
Minglab qirlardagi molu qoʻylar.
11Menikidir jamiki togʻdagi qushlar,
Menikidir daladagi barcha jonivorlar.
12Och qolsam ham, sendan ovqat soʻramasdim.
Axir, Menikidir olam, undagi hamma narsa.
13Men buqa goʻshtini yeymanmi?!
Yoki echki qonini ichamanmi?!
14Men, Xudoga shukrona qurbonligini qil,
Men, Xudoyi Taologa ontingni ado qil.
15Ogʻir kunda Menga iltijo qilgin,
Senga najot beraman,
Sen esa Menga maqtov aytasan.”
16Fosiqqa esa Xudo shunday deydi:
“Ne haqing bor qonunlarimni tilga olmoqqa?!
Ne haqing bor ahdimni ogʻzingga olmoqqa?!
17Nafrat ila qaraysan–ku yoʻl–yoʻriqlarimga,
Otib tashlaysan–ku kalomlarimni orqangga!
18Oʻgʻrini koʻrganingda, doʻstlashasan u bilan,
Sherik boʻlib olasan zinokorlar bilan.
19Ogʻzing yomon soʻzlar uchun doim tayyordir,
Tilingning toʻqigani faqat yolgʻondir.
20Oʻtirib, birodaringga qarshi soʻylaysan,
Tugʻishganingga ham tuhmat qilasan.
21Shu ishlarni qilganingda, sukut saqladim,
Meni ham oʻzingga oʻxshagan, deb oʻylading.
Endi–chi, aybingni boʻyningga qoʻyib,
Seni hukm qilaman.
22Ey Meni unutganlar, bilib qoʻying,
Yoʻqsa sizlarni parcha–parcha qilaman,
Bironta najot berguvchi topilmaydi.
23Menga shukrona qurbonligi keltirganlar
Meni izzat qilgan boʻladi.
Men Oʻz najotimni
Toʻgʻri yoʻldan yurganlarga koʻrsataman.”
Currently Selected:
Zabur 49: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020