YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 48

48
48–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining#48:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi.
2Eshitinglar, ey xalqlar,
Quloq soling, olam ahli,
3Ey insonlar, jamiki odamzod,
Boylaru faqirlar, quloq solingiz!
4Ogʻzimdan toʻkiladi dono soʻzlar,
Qalbimning mulohazalari ham idroklidir.
5Qulogʻimni hikmatga buraman,
Maʼnosini lira bilan anglataman.
6Nega qoʻrqishim kerak qaro kunlarda?!
Nega qoʻrqishim kerak taʼqib qiluvchilar
Qabih ishlari bilan meni oʻrab olganlarida?!
7Ular mol–mulkiga ishonadilar,
Behisob boyliklari ila maqtanadilar.
8Axir, hech kim hayotini#48:8 hayoti — yoki birodarining hayoti. pul toʻlab qutqara olmas,
Yoki uning uchun Xudoga toʻlov berolmas.
9Inson hayoti uchun toʻlov gʻoyat qimmatdir,
Hech qanday toʻlov yetarli boʻlmas.
10Yoʻqsa inson to abad yashardi,
Qabr yuzini aslo koʻrmasdi.
11Dononi qarang, ular ham oʻladi,
Ahmoq, bemaʼni birday halok boʻladi,
Ularning boyligi boshqalarga qoladi.
12Yurtlarga oʻzlarining nomini berganda ham,
Mozor to abad uyi boʻlib qoladi,
Maskani nasldan naslga oʻtaveradi#48:12 …berganda ham…Maskani nasldan naslga oʻtaveradi — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …bergan. Ular, uylarimiz to abaddir, maskanlarimiz nasldan naslga oʻtaveradi, deb oʻylaydilar..
13Boyligiga qaramay inson to abad qolmas,
Oʻladigan jonzotga oʻxshaydi ular.
14Oʻzlariga ishonganlarning qismati shudir,
Ularning soʻzini maʼqullaganlarning taqdiri shudir:
15Ular qoʻylar kabi oʻliklar diyoriga haydaladilar,
Oʻlim ularning choʻponi boʻladi,
Tongda toʻgʻri insonlar ularning ustidan hukmron boʻladi,
Tanalari chirib ketadi,
Oʻliklar diyori#48:15 …oʻliklar diyori…Oʻliklar diyori… — ibroniycha matnda …Sheoʻl…Sheoʻl… (shu sanoning 16–oyatida ham bor). 6:6 izohiga qarang. ularning qasri boʻladi.
16Oʻliklar diyori hukmidan Xudo meni qutqaradi,
Shubhasiz, U meni Oʻz yoniga oladi.
17Birontasi boyib ketganda,
Uyining hashamati oshib ketganda,
Vahimaga tushma!
18Olamdan oʻtganda, u oʻzi bilan hech narsa olib ketmaydi,
Boyligi ham uning ortidan qabrga ergashib bormaydi.
19Hayotligida oʻzini baxtiyor hisoblaydi,
Oshib–toshib yashagani uchun
Koʻplar unga hamdu sano aytadi.
20U ham ota–bobolari yoniga ketadi,
Ular kabi yorugʻlikni boshqa koʻrmaydi.
21Boyligi boʻla turib aqlsiz boʻlganlar
Oʻladigan jonzotga oʻxshaydilar.

Currently Selected:

Zabur 48: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in