Zabur 42
42
42–SANO
1Ey Xudo, oqla meni!
Shakkok xalqqa qarshi daʼvoim bor.
Oʻzing meni himoya qil.
Meni bu yolgʻonchi, adolatsizlardan qutqar.
2Axir, mening panohim — Xudo Sensan,
Nega Sen tark etding meni?!
Ne uchun gʻamga botib yurmogʻim kerak
Dushmanlarimning siquvi dastidan?!
3Yoʻllagin nuringni, haqiqatingni,
Bular menga yoʻl koʻrsatib tursin,
Muqaddas togʻingga#42:3 Muqaddas togʻing — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang. meni olib borsin,
Sening makoningga meni olib borsin.
4Shunda boraman, ey Xudo, Sening qurbongohingga.
Buyuk shodligimsan, sevinchimsan Sen,
Lira chalib, hamdu sano aytaman Senga,
Ey Xudo, mening Xudoyim!
5Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.
Currently Selected:
Zabur 42: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020