Zabur 41
41
41–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining#41:1 Koʻrax nasli — ular Maʼbad sozandalari edi (1 Solnomalar 6:31-38 ga qarang). qasidasi#41:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
2Kiyik irmoq suvlarini tusaganday,
Ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi!
3Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga,
Qachon borib, Uning huzurida hozir boʻlaman?
4Tuz totmay kechayu kunduz koʻz yosh toʻkaman,
“Qani Xudoying?” deya masxara qilar odamlar doim.
5Shodlik hayqiriqlariyu hamdu sanolar ostida
Jamoa bilan birga Xudoning uyiga borardim.
Bayram nishonlagani olomon bilan borardim.
Shularni eslab, yuragim pora–pora boʻlmoqda.
6Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, 7Xudoyimga.
Tushkunlikka tushganman.
Shu bois, ey Xudo, Seni Iordan diyoridan,
Xermon#41:7 Xermon — hozirgi Suriyaning eng baland togʻi. tizmasidan, Mizor togʻidan#41:7 Mizor togʻi — aynan qayerda joylashgani maʼlum emas. Xermon togʻiga yaqin yerda boʻlishi mumkin. turib eslayman.
8Oʻkirayotgan dengizlarday,
Guvullayotgan sharsharalarday
Sen yuborgan qaygʻu toʻlqinlari
Oʻtgandilar ustimdan bosib.
9Kunduzi Egam sodiq sevgisini koʻrsatadi,
Tunlari U menga qoʻshiq beradi,
Menga umr bergan Xudoga ibodat qilaman.
10Xudoga, suyangan Qoyamga aytaman:
“Nega meni unutib qoʻyding Sen?!
Ne uchun gʻamga botib yurmogʻim kerak
Dushmanlarim siquvi sababidan?!”
11Dushmanlarim haqoratidan suyaklarim zirqiraydi,
Ular muttasil mendan: “Qani Xudoying?!” deya soʻraydi.
12Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.
Currently Selected:
Zabur 41: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020