Zabur 39
39
39–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2Men Egamizga umid bogʻladim,
U menga yuz burdi, faryodimni eshitdi.
3Meni balchiq chuqurdan,
Botqoqlikdan chiqarib oldi.
Eson–omon meni qattiq yerga oʻtqazdi,
Qadamlarimni dadil qildi.
4U ogʻzimga yangi bir qoʻshiq soldi,
Bu qoʻshiq Xudoyimizga madhiyadir.
Koʻplar Uning ishlarini koʻrib, qoʻrqadi,
Egamizga umid bogʻlaydi.
5Baxtlidir Egamizga umid bogʻlaganlar,
Kiborlarga suyanmaganlar,
Butparastlardan yordam kutmaganlar.
6Koʻp moʻjizalar koʻrsatding, ey Egam Xudo,
Bizga qaratilgan koʻp niyatlaringni bajarding.
Biror zot Senga teng kela olmas,
Ogʻiz ochib, moʻjizalaring haqida aytsam,
Naqadar koʻpligini sanay olmasdim.
7Sen qurbonligu nazrni istamading,
Kuydiriladigan qurbonlik hamda
Gunoh qurbonligini#39:7 Gunoh qurbonligi — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim soʻrab keltirgan qurbonligi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi QURBONLIK soʻzi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang. talab qilmading,
Itoat qilishim uchun Sen quloqlarimni ochding#39:7 Sen qurbonligu nazrni istamading…Itoat qilishim uchun Sen quloqlarimni ochding — 1 Shohlar 15:22 ga qarang..
8Shunda dedimki: “Mana, men keldim.
Muqaddas bitiklarda men haqimda yozilgan#39:8 Muqaddas bitiklarda men haqimda yozilgan — Qonunlar 17:14-20 nazarda tutilgan boʻlishi mumkin, bu oyatlarda Isroil shohlari uchun koʻrsatmalar berilgan..
9Sening xohishingni ado etishdan zavq olaman,
Ey Xudoyim, Sening qonuning yuragim toʻridadir.”
10Ulugʻ jamoang ichra
Najoting xushxabarini eʼlon qilganman.
Ha, ey Egam, Oʻzing bilasan,
Ogʻzimga bir nafas ham dam bermaganman.
11Qutqarganingni yuragimda yashirmadim,
Sodiqliging, najotingdan har kimga soʻyladim,
Sevging, sadoqatingni buyuk jamoangdan sir tutmadim.
12Ey Egam, mendan shafqatingni darigʻ tutmagin,
Sening sevging, sadoqating meni to abad saqlasin.
13Behisob ofatlar atrofimni oʻradi,
Gunohlarim oʻzimning boshimga yetdi,
Endi koʻzlarim koʻra olmas,
Gunohlarim boshimdagi sochimdan koʻpdir,
Endi jasoratim tamoman soʻndi.
14Ey Egam, iltimos, menga najot ber,
Kelgin tezda, ey Egam, menga madad ber.
15Jonimga qasd qilgan hammalar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Halokatimni istaganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
16“Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar
Sharmanda boʻlganidan vahimaga tushsin.
17Senga yuz burganlarning hammasi
Sen tufayli sevinch, shodlikka toʻlsin.
Sening najotingni sevganlar:
“Egamiz yuksalaversin”, deb doim aytsin.
18Men esa gʻarib, bechoraman,
Ey Rabbiy, men haqimda oʻylagin,
Madadkorim, najotkorim Oʻzingsan,
Kechikmagin, ey Xudoyim!
Currently Selected:
Zabur 39: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020