YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 26

26
26–SANO
Dovud sanosi.
1Egam nurim va najotimdir,
Kimdan qoʻrqaman?!
Egam hayotimning qalʼasidir,
Kim meni qoʻrqita olar?!
2Meni oʻldirmoqchi boʻlib,
Yovuzlar ustimga bostirib kelganda,
Ha, gʻanimu dushmanlarim menga hujum qilganda,
Qoqilib, yiqilib tushadilar.
3Hatto butun lashkar meni oʻrab olsa ham,
Yuragimda aslo qoʻrquv paydo boʻlmas.
Hatto menga qarshi jangga otlansa ham,
Ishonchim hech ham yoʻqolmas.
4Bir narsani Egamdan soʻraganman,
Ha, Undan istaganim bitta narsadir:
Egamning uyida to abad yashay,
Egamning jamolini koʻray,
Maʼbadda turib, Unga muntazir boʻlay.
5Kulfatda qolgan kunlarimda
U meni Oʻz chaylasida omon saqlaydi.
Chodiri ostida meni yashiradi,
Baland qoya tepasiga oʻtqazib qoʻyadi.
6Endi esa har tarafdagi gʻanimlarim ustidan
Boshim magʻrur koʻtarilgandir.
Shodlikdan hayqirib,
Egamning Chodirida qurbonlik keltiraman.
Egamni olqishlab, qoʻshiq aytaman.
7Eshitgin, ey Egam, iltijo qilganimda,
Shafqat qilgin, javob ber menga.
8“Menga intil!” deganingni qalbim eshitdi,
Ha, ey Egam, men Senga intilaman.
9Mendan yuz oʻgirmagin,
Gʻazab ila men, Oʻz qulingdan voz kechmagin,
Madadkorim Sen boʻlgansan–ku, ey Egam.
Rad etma, tark aylama meni, ey najotkorim Xudo!
10Ota–onam meni tark etsa hatto,
Ey Egam, Sen meni qabul qilasan.
11Yoʻlingni menga koʻrsat, ey Egam,
Dushmanlarim poylab turgani uchun
Meni toʻgʻri soʻqmoqlaringdan yetakla.
12Gʻanimlarim qoʻllariga topshirma meni.
Axir, soxta guvohlar, nohaq ayblovchilar
Menga qarshi chiqdilar.
13Shubham yoʻq, tiriklar diyorida
Egamning ezguligini albatta koʻraman.
14Egamizga umid bogʻla,
Dadil boʻl, yuragingga dalda ber,
Egamizga umid bogʻla!

Currently Selected:

Zabur 26: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in