YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 25

25
25–SANO
Dovud sanosi.
1Ey Egam, toʻgʻri yurganim uchun
Meni oqlagin.
Qoqilmasdan Senga tayandim.
2Sinab, imtihon qil meni, ey Egam!
Yuragimni, niyatimni sinab koʻr!
3Sening sodiq sevging koʻz oʻngimdadir,
Senga doim sodiqman#25:3 …Senga doim sodiqman — yoki …Sadoqating tufayli yoʻlimni topaman..
4Yolgʻonchilarga men sherik boʻlmayman,
Munofiqlar bilan doʻst boʻlmayman.
5Fosiqlar toʻdasidan nafrat etaman,
Qabihlarga men sherik boʻlmayman.
6Namoyon qilmoq uchun aybsizligimni
Qoʻllarimni yuvaman, ey Egam.
Qurbongohing atrofida yuraman,
7Baland ovoz ila shukrona qoʻshigʻini kuylayman,
Jamiki moʻjizalaring haqida aytaman.
8Ey Egam, sevaman Sen maskan qilgan uyni,
Ulugʻvorliging porlagan joyni.
9Gunohkorlar qatori jonimni olma,
Qonxoʻrlar qatori hayotimga chek qoʻyma.
10Ularning qoʻllari tuzadi yovuz reja,
Oʻng qoʻllari poraga toʻla.
11Men esa pok hayot kechiraman,
Qutqar meni, qil menga shafqat.
12Toʻgʻri yoʻldan ogʻmayman,
Ey Egam, ulugʻ yigʻinlarda Seni olqishlayman.

Currently Selected:

Zabur 25: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in