YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 13

13
13–SANO
Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
1Ahmoqlar#13:1 Ahmoqlar ahmoqlar deb tarjima qilingan ibroniycha soʻz axloqsiz odamlarga ishora qiladi. Bunday odamlar Xudoni sevishni va Unga ishonishni rad qiladilar. oʻz koʻnglida: “Xudo yoʻq”, deydi.
Ular yaramaslardir, qilmishi jirkanch ishlardir,
Yaxshilik qiluvchi biron zot yoʻqdir.
2“Idrokli biron zot bormikan?
Bormikan Menga yuz burgan?” deya
Insonga Egamiz samodan boqar.
3Hammasi adashgan, birday buzilgan,
Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!
4Ular idroksiz, badkirdor,
Xalqimni bir luqma nonday yeb yuboradi,
Hech qachon Egamizga sajda qilmaydi.
5Ana, bosayotir ularni qattiq vahima,
Xudo solihlar bilandir birga.
6Badkirdorlar mazlumning niyatini puchga chiqarsa ham,
Egamiz mazlumlarning panohidir.
7Eh, Quddusdan#13:7 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. Isroilga najot kelsaydi!
Egamiz Oʻz xalqini yana farovonlikka erishtirsa,
Yoqub nasli shod boʻlgay, Isroil sevingay!

Currently Selected:

Zabur 13: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in