Zabur 14
14
14–SANO
Dovud sanosi.
1Ey Egam, kim yashaydi Sening maskaningda?
Kim makon topadi Sening muqaddas togʻingda?#14:1 Sening muqaddas togʻing — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
2Toʻgʻri yurib, toʻgʻri ish qilganlar yashaydi,
Yurakdan haq gapni aytganlar yashaydi.
3Boshqalarga boʻhton qilmaganlar yashaydi,
Doʻstlariga yomonlik qilmaganlar yashaydi,
Qoʻshnilarini haqorat qilmaganlar yashaydi.
4Razil kimsalardan nafratlanganlar yashaydi,
Ey Egam, Sendan qoʻrqqanlarni izzatlaganlar yashaydi,
Oʻziga zarar boʻlsa ham, ahdida turganlar yashaydi.
5Qarz berib sudxoʻrlik qilmaganlar yashaydi.
Aybsizga qarshi guvohlik berish uchun pora olmaganlar yashaydi.
Bularni qilganlar tinch–omon boʻladi.
Currently Selected:
Zabur 14: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020