Zabur 105
105
105–SANO
1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir!
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
2Egamizning qudratli ishlarini kim batafsil ayta oladi?!
Kim Unga mukammal hamdu sano ayta oladi?!
3Baxtlidir adolat ila ish tutganlar,
Har doim toʻgʻri ish qilganlar.
4Ey Egam, xalqingga muruvvat koʻrsatganingda meni eslagin,
Ularga najot berganingda, menga ham yordam bergin,
5Toki tanlagan xalqingning iqbolini koʻrayin,
Xalqingning shodligini koʻrib, men ham quvonayin,
Ular bilan birga faxrlanib yurayin.
6Ey Isroil xalqi, ota–bobolarimiz kabi, biz gunoh qildik,
Egri yoʻldan yurdik, yomonlik qildik.
7Ota–bobolarimiz Misrda boʻlganlarida,
Egamizning ajoyib ishlariga eʼtibor qilmadilar,
Uning moʻl sodiq sevgisini eslamadilar,
Qizil dengizda#105:7 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, maʼnosi Qamish dengizi (shu sanoning 9, 22–oyatlarida ham bor). Bu sanodagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qoʻltigʻi (yaʼni Qizil dengizning shimoli–gʻarbidagi qoʻltiq) yoki Suets qoʻltigʻi va Oʻrta yer dengizi oraligʻida joylashgan koʻllardan biri nazarda tutilgan. Chiqish 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga koʻra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga toʻsiq boʻlgan, chuqurligidan Misr lashkari choʻkib ketgan. isyon qildilar.
8Qudratli kuchini bildirish uchun,
Oʻz nomi haqi,
Egamiz ularni qutqardi.
9U Qizil dengizga doʻq urdi, dengiz quridi.
Qup–quruq yerdan yetaklaganday,
Isroil xalqini dengiz tubidan oʻtkazdi#105:9 U Qizil dengizga doʻq urdi…Isroil xalqini dengiz tubidan oʻtkazdi — Chiqish 14:1-31 ga qarang..
10Egamiz ularni yov qoʻlidan qutqardi,
Gʻanim qoʻlidan ularni ozod qildi.
11Suvlar qaytib, gʻanimlarni bosib qoldi,
Dushmanlarning birontasi qutula olmadi.
12Shunda Isroil xalqi Egamizning soʻziga ishondi,
Unga hamdu sanolar kuyladi.
13Ular tez orada Egamizning ishlarini unutdi,
Egamizdan bemaslahat ish qildilar.
14Sahroda ular nafsi buzuqlik qildi,
Dashtu biyobonda ular Xudoni sinadi#105:14 Sahroda…ular Xudoni sinadi — Sahroda 11:4-34 ga qarang..
15Egamiz ularga soʻraganini berdi–yu,
Ularga halokatli xastalikni ham yubordi.
16Qarorgohdagi xalq Musoga,
Egamizga bagʻishlangan Horunga hasad qildi#105:16 …Musoga…Horunga hasad qildi — Sahroda 16:1-35 ga qarang..
17Yer yorilib, Datanni yutib yubordi,
Aburam bilan sheriklarini yamlab yubordi.
18Sheriklari ustiga olov tushdi,
Oʻsha fosiqlarni alanga yondirdi.
19Sinay togʻida#105:19 Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi. ular buzoq yasadilar,
Oʻsha oltin butga sajda qildilar#105:19 Sinay togʻida…oltin butga sajda qildilar — Chiqish 32:1-14 ga qarang..
20Ular Xudoning ulugʻvorligini
Oʻt yeydigan buqa tasviriga alishdilar.
21Misrda buyuk ishlar qilgan
Najotkori Xudoni unutdilar.
22Xom yurtida#105:22 Xom yurti — Misrga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. Xomning oʻgʻli Mizra Misr xalqining bobokalonidir (Ibtido 10:6 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Egamiz ajoyibotlar koʻrsatgandi,
Qizil dengizda qoʻrqinchli ishlar qilgandi.
Ana shularni Isroil xalqi unutdi.
23Shu bois Egamiz, ularni qiraman, dedi.
Ammo Muso, Egamizning tanlagani oʻrtaga tushib,
Egamizdan iltijo qilib,
Uni qahru gʻazabidan qaytardi.
24Soʻngra ular maftunkor yurtni xor qildilar,
Egamizning vaʼdasiga ishonmadilar#105:24 …ular…Egamizning vaʼdasiga ishonmadilar — Sahroda 14:1-35 ga qarang..
25Oʻz chodirlarida mingʻirlab nolidilar,
Egamizga itoat etmadilar.
26Egamiz qoʻlini koʻtarib, ont ichdi:
“Sizlarni sahroda yakson qilaman.
27Naslingizni xalqlar orasiga tarqataman,
Boshqa yurtlarga ularni sochib yuboraman.”
28Soʻngra bizning ota–bobolarimiz
Piyor togʻidagi Baalga sajda qilishga qoʻshildilar#105:28 …bizning ota–bobolarimiz Piyor togʻidagi Baalga sajda qilishga qoʻshildilar… — Sahroda 25:1-13 ga qarang.,
Oʻliklarga#105:28 …Oʻliklarga… — yoki …Jonsiz butlarga…. keltirilgan qurbonlikdan yedilar.
29Ular qilmishlari bilan
Egamizni gʻazablantirdilar,
Ular oʻlatga giriftor boʻldilar.
30Finxaz qoʻzgʻalib, aralashdi,
Shunda oʻlat ham toʻxtadi.
31Shu bois Finxaz solihlik timsoli boʻldi,
Bu nasllardan nasllarga to abad davom etadi.
32Mariva suvlari boʻyida#105:32 Mariva suvlari boʻyida… — Sahroda 20:1-13 ga qarang. ular Egamizning qahrini keltirdilar,
Ularning dastidan Musoning boshiga qaygʻular keldi.
33Ular Musoning gʻazabini qoʻzgʻatdi,
Muso ham oʻylamay gapirdi.
34Egamiz, xalqlarni qiringlar, deb amr bergandi,
Ular Egamizning amrini bajarmadi.
35Begona xalqlar bilan ular aralashib,
Ularning odatlarini oʻrgandilar.
36Ular begona xalqlarning butlariga sajda qildilar,
Oʻsha butlar Egamizning xalqiga tuzoq boʻldi.
37Ular oʻzlarining oʻgʻil–qizlarini
Jinlarga qurbon qildilar.
38Ha, oʻzlarining oʻgʻil–qizlarini
Kanʼon butlariga qurbon qilib,
Begunoh qon toʻkdilar.
Ularning qoni yurtni harom qildi.
39Ishlari bilan oʻzlarini bulgʻadilar,
Qilmishlari bilan Egamizga bevafolik qildilar.
40Shunda Egamiz Oʻz xalqidan gʻazablandi,
Ulardan jirkandi.
41Ularni yot xalqlarning qoʻliga berdi,
Gʻanimlari ular ustidan hukmron boʻldi.
42Dushmanlari ularni siquvga oldi,
Kuch bilan ularni boʻyin egdirdi.
43Koʻp marta Egamiz ularni qutqardi,
Ular esa ataylab isyon qilgan edi,
Gunohlari tufayli past ketdilar.
44Shunda ham Egamiz Oʻz xalqining nolalarini eshitib,
Ularning kulfatlariga eʼtibor berdi.
45Ular haqi Oʻz ahdini yodida tutdi,
Moʻl sodiq sevgisi bilan ularga shafqat koʻrsatdi.
46Ularni asir olganlarni
Shafqatli boʻlishga undadi.
47Ey Egamiz Xudo, bizlarni qutqar,
Xalqlar orasidan bizni toʻplab ol,
Oʻzing muqaddassan, Senga shukur aytaylik,
Madhga loyiq ishlaring bilan faxrlanaylik.
48Isroil xalqining Xudosi — Egamizga
To abad olqishlar boʻlsin,
Jamiki xalqlar: “Omin”, deb aytsin.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Currently Selected:
Zabur 105: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020