Filippiliklar 2:3-8
Filippiliklar 2:3-8 O‘ZBMK
Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast boʻlmang, aksincha, kamtarlik bilan boshqalarni oʻzingizdan yuqori deb biling. Faqat oʻzingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini koʻzlang. Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday boʻlsin. Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi. Aksincha, U bu ulugʻvorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson boʻlib tugʻildi. U inson qiyofasida yashab, Oʻzini past tutdi. Itoatkor boʻlib, hatto oʻlimga, xochdagi oʻlimga ham rozi boʻldi.