Sahroda 8
8
8–BOB
Horun moychiroqlarni oʻrnatadi
1Egamiz yana Musoga dedi: 2“Horunga ayt, u yettala moychiroqni chiroqpoyaga oʻrnatganda, moychiroqlarning nuri chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib oʻrnatsin.”
3Egamizning Muso orqali bergan bu amrini Horun bajardi. U yettita moychiroqni chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib oʻrnatdi. 4Chiroqpoya, Egamiz Musoga koʻrsatgan namuna boʻyicha#8:4 …Egamiz Musoga koʻrsatgan namuna boʻyicha… — Chiqish 25:31-40 ga qarang., tagligidan tortib, gullarigacha oltindan zarb urib yasalgan edi.
Levilar poklanib Xudoga bagʻishlanadi
5Egamiz Musoga yana aytdi: 6“Isroil xalqi orasidan levilarni ajratib olib, quyidagi yoʻl bilan ularni pokla#8:6 …ularni pokla… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi.: 7levilarga gunohdan poklaydigan suvni sep. Ular ustara bilan butun badanlarini qirib tozalashsin, kiyimlarini yuvishsin. Shundan soʻng ular pok boʻlishadi. 8Soʻngra ular buqani va buqaga qoʻshib nazr qilinadigan zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni olib kelishsin. Bundan tashqari, boshqa bir buqani gunoh qurbonligi qilish uchun olib kelishsin. 9Soʻng butun jamoani toʻpla, levilarni Uchrashuv chodiri oldiga olib kel. 10Levilarni Men, Egangizning huzuriga olib kelganingda, Isroil xalqi levilarga qoʻllarini qoʻysin. 11Horun levilarni Isroil xalqidan maxsus nazr sifatida Men, Egangizga bagʻishlasin, toki levilar Menga xizmat qilishsin. 12Levilar qoʻllarini buqalarning boshiga qoʻyishsin. Horun bir buqani gunoh qurbonligi, ikkinchi buqani esa kuydiriladigan qurbonlik qilib, levilarni gunohlardan poklasin. 13Keyin levilarni Horun va uning oʻgʻillari roʻparasiga turgʻizib qoʻy. Levilarni maxsus nazr sifatida Men, Egangizga bagʻishla.
14Shunday qilib, levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib ol. Levilar Meniki boʻladi. 15Levilarni poklab, maxsus nazr sifatida Menga bagʻishlaganingdan soʻng, ular xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kira oladilar. 16Men levilarni Isroil xalqi orasidan Oʻzim uchun olganman. Ularni Oʻzim uchun Isroil ayollaridan tugʻilgan barcha toʻngʻich oʻgʻillari oʻrniga olganman. 17Chunki Isroil xalqining hamma toʻngʻichlari — odamning toʻngʻich oʻgʻlidan tortib, mollarning birinchi erkak bolasigacha Menikidir. Misrda hamma toʻngʻichlarni nobud qilgan kunim Men Isroil xalqining toʻngʻich oʻgʻillarini Oʻzim uchun ajratib olganman. 18Isroil xalqi orasidagi hamma toʻngʻich oʻgʻillar oʻrniga esa levilarni olganman. 19Levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib olib, Horun va uning oʻgʻillari ixtiyoriga topshirganman. Levilar Isroil xalqi nomidan Uchrashuv chodirida xizmat qiladilar. Isroil xalqi Chodirga yaqin kelib qolganda, yuz beradigan kulfatdan levilar ularni himoya qiladi#8:19 Isroil xalqi Chodirga yaqin kelib qolganda, yuz beradigan kulfatdan levilar ularni himoya qiladi — 1:53 ga qarang. Bu jumladagi chodir soʻzi Muqaddas xona va Eng muqaddas xonaga ishora qiladi..”
20Muso, Horun va butun Isroil jamoasi levilarni Egamizga bagʻishladilar. Xullas, Egamizning levilar haqida Musoga bergan amrlarini bajardilar. 21Levilar poklanishdi, kiyimlarini yuvishdi. Horun ularni maxsus nazr sifatida Egamizga bagʻishlab, poklash marosimini oʻtkazdi. 22Shundan keyin levilar Horun va uning oʻgʻillari nazorati ostida Uchrashuv chodirida xizmat ado etish uchun u yerga kirdilar. Shunday qilib, Egamiz levilar haqida Musoga qanday amr etgan boʻlsa, Isroil xalqi uning amrlarini ado etdi.
23Egamiz yana Musoga aytdi: 24“Levilar quyidagi qoidaga rioya qilishsin: yigirma besh va undan yuqori yoshdagi levilar Uchrashuv chodiridagi xizmatini boshlashsin. 25Ellik yoshda esa xizmatidan boʻshab, boshqa xizmat qilishmasin. 26Xizmatidan boʻshagan levilar Uchrashuv chodirida xizmat qilayotgan birodarlariga yordam berishlari mumkin. Lekin biror ish uchun masʼuliyatni oʻz boʻyinlariga olishmasin. Levilarning majburiyatlarini shu tariqa koʻrsatib ber.”
Currently Selected:
Sahroda 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020