Sahroda 23
23
23–BOB
1Balom Boloqqa dedi:
— Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib, yettita buqa va yettita qoʻchqorni tayyorlab qoʻy.
2Boloq Balom aytganday qildi. Soʻng ikkovlari har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qilishdi.
3Keyin Balom Boloqqa dedi:
— Sen kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa borib koʻray, Egamiz menga peshvoz chiqarmikin. U menga nimani ayon qilsa, shuni senga aytaman.
Balom tepalikka chiqdi. 4Xudo Balom bilan uchrashgach, Balom Xudoga dedi:
— Men yettita qurbongoh qurdirib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qildim.
5Egamiz Balomning ogʻziga soʻz solib:
— Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan soʻzlarimni yetkaz, — dedi.
6Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq hamma Moʻab aʼyonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi. 7Balom quyidagicha bashorat qildi:
“Meni Moʻab shohi Boloq sharqiy togʻlardan,
Oramdan#23:7 Oram — bu yer Furot daryosi boʻyida joylashgan boʻlib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi (22:5 ga qarang). olib kelib, dedi:
«Kel, men uchun Yoqub naslini laʼnatla,
Kel, Isroil xalqini sen qargʻa!»
8Xudo laʼnatlamaganni men qanday laʼnatlayin?!
Egamiz qargʻamaganni qanday qilib qargʻayin?!
9Qoyaning tepasida turib men ularni koʻryapman,
Tepalikdan ularga qarab turibman,
Yashaydi bu xalq hammadan alohida.
Oʻzgachadir ular xalqlar orasida.
10Qumday son–sanoqsiz boʻlgan Yoqub naslini kim sanab chiqar?!
Isroilning choragini kim hisoblab chiqa olar?!
Men ham solih inson boʻlib olamdan oʻtay,
Iloyim, boʻlsin ularnikiday oxiratim baxayr.”
11— Sen nima qilyapsan oʻzi? — dedi Boloq Balomga. — Men seni, dushmanlarimni laʼnatlaydi deb, chaqirtirib kelgan edim, sen esa ularni duo qilyapsan–ku!
12— Men faqat Egamiz ogʻzimga solgan soʻzni aytishim kerak–ku! — deb javob berdi Balom.
Balomning ikkinchi bashorati
13— Kel, men bilan birga boshqa joyga bora qol, — dedi Balomga Boloq. — Sen oʻsha joydan Isroil xalqining bir qismini koʻrasan. Oʻsha joydan turib Isroilni men uchun laʼnatla.
14Boloq Balomni Fisgax togʻ tizmasi#23:14 Fisgax togʻ tizmasi — 21:20 izohiga qarang. tepasidagi Zoʻfim degan yassi joyga boshlab keldi. U yerda ham yettita qurbongoh qurib, har bir qurbongoh ustida bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qildi. 15Soʻng Balom Boloqqa dedi:
— Sen shu yerda — kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa hov anavi yerga borib, Egamiz bilan uchrashib kelaman.
16Egamiz Balomga peshvoz chiqib, uning ogʻziga soʻz soldi. Soʻng:
— Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan soʻzlarimni ayt, — dedi.
17Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq Moʻab aʼyonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi.
— Egang nima dedi? — deb soʻradi undan Boloq. 18Balom quyidagicha bashorat qildi:
“Menga qara, ey Zippur oʻgʻli Boloq,
Gaplarimni eshit, yaxshilab solgin quloq.
19Xudo inson emaski, U yolgʻon gapirsa,
U odam emaski, fikrini oʻzgartirsa.
U doim vaʼdasi ustidan chiqar!
Oʻz aytganlarin albatta bajarar!
20Xudo menga berdi duo soʻzlarini,
Oʻzgartira olmayman men Xudoning barakasini.
21Men Isroilning kelajagini koʻryapman,
Yoqub nasli boshiga kulfat tushmas,
Bu xalq biror koʻrgilik koʻrmas.
Egasi Xudo ularning orasida,
Shoh, deya olqishlar Uni hamma.
22Yovvoyi buqaning kuchi bilan
Xudo ularni Misrdan olib chiqqan.
23Yoqub nasliga hech qanday sehr–jodu taʼsir qilmaydi,
Isroilga qarshi folbinlik aslo oʻtmaydi#23:23 Yoqub nasliga…Isroilga qarshi folbinlik aslo oʻtmaydi — yoki Yoqub nasli orasida sehr–jodu yoʻq, Isroilda folbinlik yoʻq..
Odamlar Yoqub nasli haqida, Isroil toʻgʻrisida:
«Qaranglar, Xudo nimalarni qilgan», deb aytishar.
24Isroil xalqi sher kabi qoʻzgʻalar,
Arslonday sakrab turar,
Oʻljasini yeb bitirmaguncha,
Qurbonlarning qoniga toʻymaguncha yotmas.”
25Shundan soʻng Boloq Balomga aytdi:
— Isroil xalqini laʼnatlamagin ham, duo ham qilmagin!
Balomning uchinchi bashorati
26Lekin Balom Boloqqa:
— Men sizga, faqat Egamizning aytganini qilaman, deb aytmaganmidim?! — dedi.
27— Yur, endi men seni boshqa joyga olib boraman, — dedi Boloq. — Balki shunda Xudo mamnun boʻlib, oʻsha yerdan turib men uchun Isroilni laʼnatlashingga yoʻl qoʻyar.
28Boloq Balomni Piyor togʻining#23:28 Piyor togʻi — Fisgax togʻ tizmasidan qariyb 5 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan. tepasiga boshlab olib chiqdi. Bu togʻdan sahroning manzarasi koʻrinib turardi.
29Balom Boloqqa dedi:
— Shu yerda menga yettita qurbongoh qurib, yettita buqa bilan yettita qoʻchqorni tayyorlab qoʻy.
30Boloq Balom aytganday qilib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qildi.
Currently Selected:
Sahroda 23: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: