YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 7

7
7–BOB
1Devor qurilib, men darvozalarning qanotlarini oʻrnattirib boʻlganimdan keyin, Maʼbad darvozabonlari#7:1 Maʼbad darvozabonlari — ularning vazifalari tafsiloti 1 Solnomalar 9:22-29 da berilgan., qoʻshiqchilar va levilar tayinlandi. 2Men ukam#7:2 ukam — yoki akam. Xoninni va qalʼa qoʻmondoni Xanoniyoni Quddus ustidan hokimlar qilib tayinladim. Xanoniyo sodiq odam boʻlib, boshqalarga qaraganda Xudodan qoʻrqardi. 3Men ularga shunday deb aytdim: “Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar#7:3 Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar — yoki Quddus darvozalarini quyosh tepaga koʻtarilgandan keyingina ochinglar.. Oʻsha paytda navbatchilikda turgan soqchilar darvozalarni berkitib, qulflab qoʻysinlar. Quddus aholisi orasidan ham qoʻriqchilarni tayinlanglar. Ularning baʼzilari maxsus joylarni, boshqalari esa oʻzlarining uylari atrofini qoʻriqlashsin.”
Surgundan qaytib kelganlarning roʻyxati
4Quddus keng, katta shahar edi. Lekin shaharda koʻp odam yashamas, hali uylar koʻp qurilmagan edi. 5Shunda yoʻlboshchilarni, amaldorlarni va xalqni toʻplab, urugʻlari boʻyicha roʻyxat tuzishni Xudoyim koʻnglimga soldi. Men Yahudoga surgundan birinchi boʻlib qaytib kelganlarning#7:5 Yahudoga surgundan birinchi boʻlib qaytib kelganlar — bu odamlar Yahudo yurtiga miloddan oldingi 539 yilda qaytib kelgan boʻlishlari mumkin. Oʻsha yili Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini bosib olgan edilar. Shoh Kurush yana Kir ismi bilan tanilgan. nasabnomasi roʻyxatini topdim. Nasabnoma kitobida quyidagilar yozilgan edi:
6-7“Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylarning#7:6-7 Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylar — Navuxadnazar miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 586 yilda u Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang). bir qismi Quddusga va Yahudo yurtidagi oʻz shaharlariga qaytib kelib, oʻrnashdilar. Ular Zarubabel, Yoshua, Naximiyo, Ozariyo#7:6-7 Ozariyo — Ezra 2:1-2 ning ibroniycha matnida bu ismning boshqa varianti Sarayo. Shu bobning 6-62–oyatlarida keltirilgan roʻyxatdagi baʼzi ismlar Ezra kitobining 2:1-60 roʻyxatidagi ismlardan bir oz farq qiladi., Ramiyo, Naxamonax, Mardoxay, Bilshon, Mispar, Bigʻvay, Nixum va Banax boshchiligida qaytib kelgan edilar.
Isroil urugʻlari ota–bobolari boʻyicha roʻyxat qilinadi
Surgundan qaytib kelgan Isroil erkaklarining soni quyidagicha edi:
8Paroʻsh urugʻidan — 2172 nafar erkak.
9Shafatiyo urugʻidan — 372 nafar erkak.
10Orax urugʻidan — 652 nafar erkak.
11Paxatmoʻab, yaʼni Yeshuva hamda Yoʻab urugʻlaridan — 2818 nafar erkak.
12Elam urugʻidan — 1254 nafar erkak.
13Zattu urugʻidan — 845 nafar erkak.
14Zakkay urugʻidan — 760 nafar erkak.
15Binnuy urugʻidan — 648 nafar erkak.
16Boʻvay urugʻidan — 628 nafar erkak.
17Ozgad urugʻidan — 2322 nafar erkak.
18Odonixam urugʻidan — 667 nafar erkak.
19Bigʻvay urugʻidan — 2067 nafar erkak.
20Adin urugʻidan — 655 nafar erkak.
21Oter, yaʼni Yoxizqiyo urugʻidan — 98 nafar erkak.
22Xashum urugʻidan — 328 nafar erkak.
23Bezay urugʻidan — 324 nafar erkak.
24Xorif urugʻidan — 112 nafar erkak.
25Givon urugʻidan — 95 nafar erkak.
Isroil urugʻlari ota–bobolarining shaharlari boʻyicha roʻyxat qilinadi
26Tagi Baytlahmlik va Natufolik — 188 nafar erkak.
27Tagi Onotoʻtlik — 128 nafar erkak.
28Tagi Bayt–Ozmobitlik — 42 nafar erkak.
29Tagi Xirat–Yoʻrimlik, Xafiralik va Baroʻtlik — 743 nafar erkak.
30Tagi Ramalik va Gebolik — 621 nafar erkak.
31Tagi Mixmashlik — 122 nafar erkak.
32Tagi Baytillik va Aylik — 223 nafar erkak.
33Tagi Navolik — 52 nafar erkak.
34Tagi Elamlik — 1254 nafar erkak.
35Tagi Xarimlik — 320 nafar erkak.
36Tagi Yerixolik — 345 nafar erkak.
37Tagi Loʻdlik, Hodidlik va Onoʻlik — 721 nafar erkak.
38Tagi Sanolik — 3930 nafar erkak.
Ruhoniylar urugʻlari
39Surgundan qaytib kelgan ruhoniylarning soni quyidagicha edi:
Yoshua naslidan, aniqrogʻi Yodiyo urugʻidan — 973 nafar erkak.
40Immar urugʻidan — 1052 nafar erkak.
41Pashxur urugʻidan — 1247 nafar erkak.
42Xarim urugʻidan — 1017 nafar erkak.
Levilar urugʻlari
43Surgundan qaytib kelgan levilar urugʻlarining soni quyidagicha edi:
Xoʻdavo naslidan boʻlgan Yeshuva, aniqrogʻi Kadmil urugʻlaridan — 74 nafar erkak.
44Osif urugʻidan boʻlgan qoʻshiqchilar — 148 nafar erkak.
45Shallum, Oter, Talmoʻn, Oqquv, Xatita va Shoʻvay urugʻlaridan boʻlgan Maʼbad darvozabonlari — 138 nafar erkak.
Maʼbad xizmatkorlari urugʻlari
46Surgundan qaytib kelgan Maʼbad xizmatkorlarining urugʻlari quyidagilar edi:
Zixo, Xasufa, Tabbayoʻt,
47Kerosh, Siyo, Padoʻn,
48Lavon, Xagava, Shalmay,
49Xanon, Giddol, Gaxar,
50Rayo, Ratan, Nakudo,
51Gʻazzom, Uzzo, Posiyox,
52Besay, Munim, Nafusim,
53Bobuh, Xakufa, Xorxur,
54Bazulat, Maxido, Xarsha,
55Borkis, Sisaro, Tamax,
56Naziyo, Xatifa.
Sulaymonning qarollari urugʻlari
57Sulaymon qarollarining#7:57 Sulaymon qarollari — 3 Shohlar 9:20-21 va 2 Solnomalar 8:7-8 ga qarang. surgundan qaytib kelgan urugʻlari quyidagilar edi:
Soʻtay, Soʻfarat, Paridax,
58Yalox, Darxun, Giddol,
59Shafatiyo, Xattil, Paxarathazzavoyim, Omon.
60Maʼbad xizmatkorlari va Sulaymonning qarollari urugʻlaridan boʻlganlarning jami 392 kishi edi.
Nasl–nasabi nomaʼlum urugʻlar
61-62Quyidagilar Tel–Malax, Tel–Xarsha, Xarub, Adoʻn va Immar shaharlaridan kelgan edilar:
Daloyo, Toʻviyo va Nakudo urugʻlari — 642 kishi.
Lekin bular oʻzlarining urugʻboshisi Isroil nasliga mansubligini isbotlay olmasdilar.
63-64Quyidagi ruhoniylar urugʻlari ham oʻz nasabnomasini topa olmadilar: Xavayo, Xakkoʻz va Borzulay urugʻlari. (Borzulayning bobosi Giladlik Borzulay degan odamning qiziga uylangan boʻlib, bu urugʻ oʻsha ayolning urugʻi nomi bilan yuritilar edi.) Shu sababdan ular xizmat qilishga nopok hisoblanib, ruhoniylikka qabul qilinmadilar. 65Yahudo hokimi#7:65 Yahudo hokimi — bu oʻrinda qaysi Yahudo hokimi haqida gap ketayotgani aniq emas. Bu paytda Zarubabel hokimlik qilgan, deb taxmin qilish mumkin (Ezra 2:1-2, 3:2, 4:2 va Xaggey 2:2, 21 ga qarang). ularga shunday dedi: «Birorta ruhoniy Xudodan Urim va Tummim#7:65 Urim va Tummim — ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun foydalanadigan ikkita muqaddas narsa. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. orqali ruhoniy ekanligingizni soʻrab, tasdiqlamaguncha, sizlar nazrlarning ruhoniylarga tegishli ulushidan tanovul qilmaysizlar.»
Surgundan qaytib kelgan jamoaning jami
66Bu jamoa jami 42.360#7:66 42.360 — shu bobning 8-62–oyatlarida roʻyxati berilgan odamlarning jami 42.360 ta emas, balki 29.818 ta. Oyatda qaytib kelgan odamlarning umumiy soni berilgan, roʻyxatga esa Yahudo yurtiga qaytib kelgan baʼzi odamlargina kiritilgan boʻlishi mumkin. kishidan iborat edi. 67Bulardan tashqari, qul va choʻrilari — 7337 kishi, qul va choʻri qoʻshiqchilar 245 kishi edi. 68Jamoaning 736 ta oti, 245 ta xachiri, 69435 ta tuyasi, 6720 ta eshagi bor edi.
70Baʼzi urugʻboshilar qurilish ishlari uchun inʼomlar berdilar. Hokim ham xazinaga 1000 oltin tanga#7:70 1000 oltin tanga — ibroniycha matnda 1000 oltin darik. Darik oltin tanga boʻlib, taxminan 8 grammga toʻgʻri keladi, demak, berilgan oltinning umumiy ogʻirligi taxminan 8 kiloga toʻgʻri keladi., 50 ta togʻoracha va ruhoniylar uchun 530 ta koʻylak berdi. 71Baʼzi urugʻboshilar inshoot qurilishi uchun xazinaga 20.000 oltin tanga#7:71 20.000 oltin tanga — ibroniycha matnda 20.000 oltin darik. Darik oltin tanga boʻlib, taxminan 8 grammga toʻgʻri keladi, demak, berilgan oltinning umumiy ogʻirligi taxminan 160 kiloga toʻgʻri keladi. Shu bobning 72–oyatida ham bor., 80 pud#7:71 80 pud — ibroniycha matnda 2200 mina, taxminan 1,3 tonnaga toʻgʻri keladi. kumush berdilar. 72Qolgan xalq jami 20.000 oltin tanga, 75 pud#7:72 75 pud — ibroniycha matnda 2000 mina, taxminan 1,2 tonnaga toʻgʻri keladi. kumush va ruhoniylar uchun 67 ta koʻylak berdilar. 73 Shunday qilib, ruhoniylar, levilar, Maʼbad darvozabonlari, qoʻshiqchilar, Maʼbad xizmatkorlari va xalqning qolganlari oʻz shaharlariga borib joylashdilar.”

Currently Selected:

Naximiyo 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in