Naximiyo 6
6
6–BOB
Naximiyoga qarshi fitna
1Sanballat, Toʻviyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib boʻlganimni, devorda bironta ham oʻpirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali oʻrnashtirib boʻlmagan edim. 2Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Onoʻ tekisligidagi#6:2 Onoʻ tekisligi — Sanballatning ona shahri Bayt–Xoʻron yaqinida, Quddusdan qariyb 30 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan (2:10 ga qarang). qishloqlardan birida#6:2 qishloqlardan biri — ibroniycha matnda kafirim, tarjimasi qishloqlardan biri. Kafirim qishloqning nomi boʻlishi ham mumkin. uchrashaylik”, deb xabar joʻnatishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar. 3Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish toʻxtab qoladi!” 4Ular menga toʻrt marta shunday xabar joʻnatishdi, men bir xil javob beraverdim. 5Beshinchi marta Sanballatning odami qoʻlida ochiq maktub bilan keldi. 6Maktub shunday yozilgan edi:
“Boshqa xalqlar orasida shunday mish–mishlar yuribdi, Gashim#6:6 Gashim — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Gashmu. ham oʻsha gapni aytyapti: sen va yahudiylar isyon qilmoqchi boʻlib, devorni qurayotgan ekansizlar. Xabarlarga qaraganda, sen yahudiylarning shohi boʻlishni moʻljallayotgan ekansan. 7Sen Quddusda paygʻambarlar tayinlabsan. Paygʻambarlar: «Yahudoning shohi bor», deb sen toʻgʻringda bashorat qilishayotgan ekan. Bu gap–soʻzlar albatta shohning qulogʻiga yetib boradi. Taklifim shuki, kelgin, bu haqda maslahatlashib olaylik.”
8Men unga shunday javob joʻnatdim: “Aytganlaringning hammasi yolgʻon. Hammasini oʻzing toʻqib chiqargansan.” 9Ular bizni qoʻrqitmoqchi boʻlgan, “Shunday qilsak, ularning qoʻllari ishdan soviydi, ishlari oxiriga yetmay, qolib ketadi”, deb oʻylagan edilar. Shuning uchun men: “Ey Xudo, menga kuch ber!” deb yolvordim.
10Bir kuni men Maxitavalning nabirasi, Daloyoning oʻgʻli Shamayonikiga bordim. U uyiga berkinib olgan ekan. Shamayo menga shunday dedi#6:10 …shunday dedi… — Shamayo oʻz nutqida yuqori adabiy uslubdan foydalanib, paygʻambar kabi gapirgan.:
Kel, Xudoning uyida uchrashaylik,
Muqaddas xonasiga kirib olaylik#6:10 …Muqaddas xonasiga kirib olaylik… — Shamayo Naximiyoni aldab, shaʼniga dogʻ tushiradigan ishga undamoqchi edi va shu orqali uning jonini xavf ostiga qoʻymoqchi edi. Chunki Muqaddas xonaga faqatgina ruhoniylar kirishga haqli edilar, u yerga kirishga jurʼat etgan har qanday boshqa odam oʻlimga mahkum etilardi.,
Eshiklarini berkitib qoʻyaylik.
Axir, dushmanlaring seni oʻldirgani kelyaptilar,
Shu kecha joningga qasd qilmoqchi boʻlyaptilar.
11— Lekin men shunday javob berdim:
— Mening martabamdagi odam bunday vaziyatda qocharmidi?! Muqaddas xonada yashirinib olsam, jonimni haqiqatan ham qutqara olaman, deb oʻylayapsizmi?! Muqaddas xonaga hecham kirmayman!
12Shamayoning soʻzlari Xudodan emasligini men aniq bildim. Toʻviyo va Sanballat Shamayoni yollaganlari uchun, u menga shu xabarni bergan edi. 13Ularning bundan maqsadi meni qoʻrqitish, aytganlarini qildirib, meni gunohga botirish edi. Shunda obroʻyim toʻkilib, ularga mazax boʻlib qolardim.
14Ey Xudoyim! Toʻviyo bilan Sanballatning qilmishlarini yodingda tut. Meni qoʻrqitmoqchi boʻlgan paygʻambar ayol Novadiyoning va boshqa paygʻambarlarning qilmishlarini unutma, ularning jazosini ber.
Devorni taʼmirlash ishlari tugaydi
15Shunday qilib, devor Elul oyining#6:15 Elul oyi — ibroniy kalendarining oltinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan avgustning oʻrtasidan boshlanadi. Naximiyo shoh Artaxshas bilan gaplashganiga olti oy boʻlgandi (2:1 ga va oʻsha oyatning izohlariga qarang). yigirma beshinchi kuni — ellik ikki kunda bitkazildi. 16Atrofdagi xalqlardan boʻlgan dushmanlarimiz buni eshitib, qoʻrqdilar, xijolatda qoldilar. Chunki bu ish Xudoyimizning madadi bilan qilinganini ular bildilar.
17Ellik ikki kun davomida Yahudo yoʻlboshchilari va Toʻviyo bir–birlari bilan maktub yozishib turdi. 18Chunki Yahudo yurtidagi koʻp odam Toʻviyoga sodiq edi, bunga ikki sabab bor edi: Toʻviyoning qaynatasi Orax oʻgʻli Shaxaniyo edi, Toʻviyoning oʻgʻli Yohuxanon esa Barxiyo oʻgʻli Mashullomning#6:18 …Shaxaniyo…Mashullom… — Toʻviyoning qaynatasi bilan qudasi yahudiy edilar. Ehtimol, ular jamiyatning nufuzli oilalaridan boʻlgan (3:4, 29, 30 da ular devorni taʼmirlashga yordam berganlari haqida yozilgan). qiziga uylangan edi. 19Oʻsha odamlar mening oldimda Toʻviyoning savob ishlaridan gapirishar, oʻz navbatida mening gaplarimni unga yetkazishar edi. Toʻviyo esa meni qoʻrqitish niyatida maktub joʻnatardi.
Currently Selected:
Naximiyo 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020