YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 3

3
3–BOB
Quddus devori taʼmirlanadi#3 Quddus devori taʼmirlanadi — Naximiyo bu bobda bergan hisobotiga koʻra, devorni taʼmirlash ishlari shaharning shimol tomonidan, devor oʻrtasidan boshlanib, soat strelkasiga teskari yoʻnalishda davom etgan.
Qoʻy darvozasi
1Oliy ruhoniy Eliashab qoʻli ostidagi ruhoniylar bilan ishga kirishib, Qoʻy darvozasini qaytadan qurdilar. Soʻngra darvozani Xudoga bagʻishlab, darvozaning qanotlarini oʻrnatdilar. Miyo#3:1 Miyo — ibroniychada yuz sonini bildiradi. Ehtimol, bu minora yuzboshining qarorgohi boʻlgandir. Minoraning nomi u yerdagi zinalarning soniga asoslangan boʻlishi ham mumkin. minorasidan Xanonil minorasigacha boʻlgan devorni ham Xudoga bagʻishladilar.
2Yerixo shahridan boʻlgan erkaklar devorning keyingi qismini qurdilar. Ulardan keyingi qismini esa Imri oʻgʻli Zakkur qurdi.
Baliq darvozasi
3Xassano urugʻi Baliq darvozasini qurdi. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini oʻrnatdilar.
4Devorning undan keyingi qismida Xakkoʻzning nabirasi, Uriyoning oʻgʻli Miromoʻt taʼmirlash ishlarini olib bordi.
Keyingi qismida Mashazavilning nabirasi, Barxiyoning oʻgʻli Mashullom, undan keyingi qismida Bano oʻgʻli Zodoʻx taʼmirlash ishlarini olib bordilar.
5Keyingi qismida Taxuva shahridan boʻlgan erkaklar taʼmirlash ishlarini olib bordilar. Lekin shahar zodagonlari qurilish nazoratchilari buyurgan ishlardan#3:5 …qurilish nazoratchilari buyurgan ishlardan… — yoki …hokimi (yaʼni Naximiyo) buyurgan ishlardan… yoxud …oʻzlarining Rabbiysi uchun boʻlgan ishdan…. bosh tortdilar.
Yashono darvozasi
6Posiyox oʻgʻli Yoʻxadax va Besodayax oʻgʻli Mashullom Yashono darvozasini#3:6 Yashono darvozasi — Yashono shahriga ketadigan yoʻl boshida boʻlgani uchun shu nom bilan atalgan boʻlishi mumkin. Yashono shahri Quddusdan 25 kilometr shimolda joylashgan. Ibroniychada yashono soʻzi Eski shahar darvozasi degan maʼnoni anglatadi. Ehtimol, darvozaning nomi aynan shu maʼnoga asoslangandir. taʼmirladilar. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini oʻrnatdilar.
7Devorning navbatdagi qismida Givonlik Malatiyo, Mironoʻtlik Yodoʻn, shuningdek, Givon va Mispax aholisining erkaklari taʼmirlash ishlarini olib bordilar. Mispax shahri Furot daryosining gʻarbidagi viloyatning#3:7 Furot daryosining gʻarbidagi viloyat — 2:7 izohiga qarang. maʼmuriy markazi edi.
8Devorning keyingi qismida zargarlardan biri Xarhiyo oʻgʻli Uziyol taʼmirlash ishlarini olib bordi. Uning yonida attorlardan biri Xanoniyo taʼmirlash ishlarini olib bordi. Ular Quddus devorining Keng devorgacha boʻlgan qismini taʼmirladilar.
9Devorning keyingi qismida Xur oʻgʻli Rafiyo taʼmirlash ishlarini olib bordi. Rafiyo Quddus hududining yarmini boshqaruvchi hokim edi.
10Undan keyin Xarumaf oʻgʻli Yodiyo oʻz uyining roʻparasidagi devorni taʼmirladi.
Devorning keyingi qismida Xashavniyo oʻgʻli Xattush taʼmirlash ishlarini olib bordi.
11Xarim oʻgʻli Malkiyo va Paxatmoʻab oʻgʻli Xashshub devorning keyingi qismini va Tandir minorasini taʼmirladilar.
12Devorning keyingi qismida Xalloxesh oʻgʻli Shallum oʻz qizlari bilan taʼmirlash ishlarini olib bordi. Shallum Quddus hududining ikkinchi yarmini boshqaruvchi hokim edi.
Soylik darvozasi
13Xanun boshchiligida Zonoʻvax aholisi Soylik darvozasini taʼmirladi. Ular darvozani qurib, darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini oʻrnatishdi, devorning ming tirsak#3:13 ming tirsak — taxminan 450 metrga toʻgʻri keladi. uzunligidagi Goʻng darvozasigacha boʻlgan qismini ham taʼmirlashdi.
Goʻng darvozasi
14Bayt–Xakerem hududining hokimi Raxav oʻgʻli Malkiyo Goʻng darvozasini taʼmirladi. U darvozani qurib, darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini oʻrnatdi.
Buloq darvozasi
15Mispax hududining hokimi Xolxozi oʻgʻli Shallum Buloq darvozasini taʼmirladi. U darvozani qurib, ustini yopdi va darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini oʻrnatdi. Shuningdek, Siloam#3:15 Siloam — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Shilax. hovuzi yonidagi devorni ham qaytadan qurdi. Devorning bu qismi shohning bogʻidan to Dovud qalʼasidan pastga ketgan zinapoyagacha choʻzilgan edi.
16Undan keyin Ozbuk oʻgʻli Naximiyo taʼmirlash ishlarini olib bordi. Naximiyo Bayt–Zur hududining yarmini boshqaruvchi hokim edi. U devorni Dovud qabristonining roʻparasigacha — sunʼiy hovuz va Jangchilar uyigacha boʻlgan qismini taʼmirladi.
17Quyidagi levilar devorning keyingi bir necha qismlarini qaytadan qurdilar: Banix oʻgʻli Raxum devorning keyingi qismini qurdi.
Keylax hududining yarmini boshqaruvchi hokim Xashaviyo oʻz hududi nomidan devorning navbatdagi qismini qurdi.
18Devorning undan keyingi qismini ularning birodarlari Xanadod oʻgʻli Binnuy#3:18 Binnuy — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Bovay. Uning Binnuy degan shakli shu bobning 24–oyatidan olingan (yana 10:9 ga qarang). boshchiligida qurishdi. Binnuy Keylax hududining ikkinchi yarmini boshqaruvchi hokim edi.
19Keyingi qismida Mispax shahri hokimi Yeshuva oʻgʻli Eyzar taʼmirlash ishlarini olib bordi. U aslahaxonaga chiqadigan yoʻlning roʻparasidagi devorni gʻisht tirgovuchigacha#3:19 gʻisht tirgovuchi — yoki devor burchagi. Shu bobning 20, 24, 25–oyatlarida ham bor. boʻlgan qismini taʼmirladi.
20Zabbay oʻgʻli Borux devorning keyingi qismini — gʻisht tirgovuchidan oliy ruhoniy Eliashabning uyi eshigigacha boʻlgan qismini taʼmirladi.
21Xakkoʻzning nabirasi, Uriyo oʻgʻli Miromoʻt#3:21 Miromoʻt — shu bobning 4–oyatida ham aytib oʻtilgan. U devorning bir qismini taʼmirlab boʻlgach, boshqa qismini taʼmirladi. devorning keyingi qismini — Eliashab uyining eshigi roʻparasidan to uyning oxirigacha boʻlgan qismini taʼmirladi.
22Quddus atrofida istiqomat qiladigan ruhoniylar devorning navbatdagi qismini taʼmirladilar.
23Ulardan keyin Benyamin va Xashshub devorning oʻz uylari roʻparasidagi qismini taʼmir qildilar.
Ulardan keyin Ononiyohning nabirasi, Masiyoning oʻgʻli Ozariyo oʻz uyining roʻparasidagi qismini taʼmirladi.
24Xanadod oʻgʻli Binnuy#3:24 Binnuy — shu bobning 18–oyatida ham aytib oʻtilgan. U devorning bir qismini taʼmirlab boʻlgach, boshqa qismini taʼmirladi. devorning keyingi qismini — Ozariyoning uyidan to devorning burchagidagi gʻisht tirgovuchigacha boʻlgan qismini taʼmirladi.
25Uzay oʻgʻli Polol devorning gʻisht tirgovuchidan boshlangan qismini taʼmirladi. Devorning bu qismi soqchilar hovlisi yonidagi shohning yuqori saroy minorasi roʻparasida joylashgan edi.
Paroʻsh oʻgʻli Podiyo 26va Ofel tepaligida#3:26 Ofel tepaligi — koʻhna Quddus shahri aynan shu tepalik ustida joylashgan boʻlishi mumkin. Shaharning bu qismi yana “Dovud qalʼasi” deb atalar edi. istiqomat qiluvchi Maʼbad xizmatkorlari devorning keyingi qismini taʼmirladilar. Ular devorning sharq tomonidagi Suv darvozasigacha va baland minoragacha boʻlgan qismini taʼmirladilar.
27Taxuvalik erkaklar#3:27 Taxuvalik erkaklar — shu bobning 5–oyatida ham aytib oʻtilgan. Ular devorning bir qismini taʼmirlab boʻlgach, boshqa qismini taʼmirladilar. devorning keyingi qismini taʼmirladilar. Ular baland minoraning roʻparasini to Ofel devorigacha taʼmir qildilar.
Ot darvozasi
28Ruhoniylar guruhi devorning Ot darvozasidan tepalikka tomon ketgan qismini taʼmirladilar. Har biri oʻz uyining roʻparasini taʼmir qildi.
29Immar oʻgʻli Zodoʻx oʻz uyining roʻparasini taʼmirladi.
Shaxaniyo oʻgʻli Shamayo devorning keyingi qismini taʼmirladi. Shaxaniyo Maʼbadning Sharqiy darvozasi darvozaboni edi.
30Shalamiyo oʻgʻli Xanoniyo va Zalafning oltinchi oʻgʻli Xanun devorning keyingi qismini taʼmirladi.
Barxiyo oʻgʻli Mashullom oʻzining uyi roʻparasini taʼmirladi.
31Zargarlardan biri Malkiyo devorning burchagidagi yuqori xonagacha boʻlgan qismini taʼmirladi. Maʼbad xizmatkorlarining va savdogarlarning uyi shu yerda — Nazorat#3:31 Nazorat — ibroniycha matnda Hamifad, maʼnosi nazorat. darvozasi yonida joylashgan edi.
32Devorning burchakdagi yuqori xonadan Qoʻy darvozasigacha boʻlgan qismini zargarlar va savdogarlar taʼmirladilar.

Currently Selected:

Naximiyo 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy