Noxum Kirish
Kirish
Noxum kitobi Ossuriya poytaxti Naynavoning#Naynavo — Nineviya nomi bilan ham maʼlum boʻlib, hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. qulashi haqida yozilgan sheʼriy shakldagi bashoratdir. Ossuriya qudratli shohlik boʻlib, oʻzi bosib olgan xalqlarga nisbatan nihoyatda zolim va shafqatsiz edi. Yunus paygʻambar davrida Naynavo aholisi gunohlaridan tavba qilgan edi#Yunus paygʻambar davrida…tavba qilgan edi… — Yunus 3:1-10 ga qarang. Yunus paygʻambar taxminan miloddan oldingi 750-725 yillarda faoliyat koʻrsatgan., Noxum paygʻambar davrida esa ular yana zoʻravonliklarga, butparastlik va xudbinlikka mukkasidan ketgan edilar. Ossuriya lashkari miloddan oldingi 722 yilda Isroilni#Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. bosib olib, aholisini Ossuriyaga surgun qilgan edi. Ular Yahudoga, yaʼni janubiy shohlikka ham koʻp tahdid solgan edilar. Shu sababdan Noxum paygʻambar Naynavoning ayanchli qismati haqida bashorat qiladi.
Noxum paygʻambar Naynavoning qulashidan oldin vaʼz qiladi. Bobilliklar miloddan oldingi 612 yilda Naynavoni zabt etadilar. Kitobdan oʻrin olgan Noʻ–Omonning, yaʼni Fiva shahrining qulashi haqidagi voqealar miloddan oldingi 663 yilda, Noxum paygʻambar faoliyat koʻrsatishidan oldin roʻy beradi (3:8-10 oyatlarga va 3:8 izohiga qarang).
Mazkur kitobda Noxum paygʻambar Xudoni — butun olamning va barcha xalqlarning Hukmdori, hammaning taqdirini nazorat qiluvchi haq Xudo deb eʼlon qiladi. Muallif Xudoning sabr–toqati va mehribonligi haqida soʻz yuritadi. Shu bilan birga, Xudoning odilligiga alohida urgʻu berib, aybdorni U aslo oqlamasligini taʼkidlab oʻtadi.
Currently Selected:
Noxum Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020