YouVersion Logo
Search Icon

Yunus 4

4
4–BOB
Yunusning gʻazabi va Xudoning shafqati
1Bu voqeadan Yunus qattiq xafa boʻlib gʻazablandi. 2U Egamizga ibodat qilib dedi: “Ey Egam! Shunaqa qilishingni oʻz yurtimda ekanimdayoq aytmaganmidim?! Shuning uchun men Tarshishga qochgan edim–da. Sen inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi moʻl, gʻazabidan tushib kechiradigan Xudo ekanligingni bilgan edim. 3Endi, iltijo qilaman, Egam, jonimni olib qoʻya qol. Yashaganimdan koʻra, oʻlganim yaxshiroq.”
4Egamiz esa: “Nahotki shundan sen xafa boʻlding?!” dedi.
5Yunus shahardan chiqib, shaharning sharq tomoniga borib oʻtirdi. Shu yerda chayla yasab, endi shaharga nima boʻlarkin, deb chaylaning soyasida kutib oʻtirdi.
6Bir payt, Yunusning boshiga soya boʻlsin, qaygʻusi barham topsin deb, Parvardigor Egamiz bir oʻsimlik oʻstirdi. Oʻsimlik Yunusning tepasida koʻtarildi. Yunus bu oʻsimlik oʻsganidan juda xursand boʻldi. 7Keyingi kuni esa tong paytida Xudo bir qurtni yuborgan edi, qurt oʻsimlikni kemirib quritdi. 8Quyosh yuqoriga koʻtarilganda, Xudo sharqdan garmsel#4:8 garmsel — issiq shamol. yubordi. Quyosh Yunusning boshini shunday qizdirdiki, u holdan keta boshladi. Yunus: “Bunaqa yashaganimdan, oʻlganim yaxshiroq”, deb oʻziga oʻlim tiladi#4:8 …oʻziga oʻlim tiladi — yoki …Xudodan oʻlim soʻradi..
9Xudo Yunusga:
— Bitta oʻsimlik nobud boʻlganidan jahling chiqdimi? — dedi.
— Ha, jahlim chiqdi, oʻlimimga ham rozi boʻldim, — deb javob berdi Yunus.
10Shunda Egamiz aytdi:
— Bu oʻsimlik uchun sen mehnat qilmagansan, ekib–oʻstirmagansan, oʻzi bir kechada oʻsib, bir kechada yoʻq boʻldi. Sen shu oʻsimlik uchun achinganingda, 11Men qudratli Naynavo shahriga#4:11 Naynavo shahri — 1:2 izohiga qarang. achinmasligim kerakmi?! Axir, bu yerda oq–qorani ajrata olmaydigan bolalarning oʻzidan yuz yigirma mingdan ortigʻi va talay hayvonlar yashaydi–ku!

Currently Selected:

Yunus 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy