YouVersion Logo
Search Icon

Mixo 3

3
3–BOB
Mixo Isroil yoʻlboshchilariga tanbeh beradi
1Men shunday dedim:
“Ey Yoqub naslining yoʻlboshchilari, eshiting!
Ey Isroil#3:1 …Yoqub…Isroil… — bu oʻrinda Mixo Yahudoga, yaʼni janubiy shohlikka ishora qilmoqda (shu bobning 9-10–oyatlariga qarang). hukmdorlari, quloq soling!
Adolat oʻrnatish sizning vazifangiz–ku!
2Sizlar esa yaxshilikdan nafratlanasiz,
Qabihlikka mehr qoʻyasiz,
Siz xalqimning terisini shilib,
Etini suyagidan ajratib olasiz.
3Siz xalqimning etini yeysiz,
Terisini shilib, suyaklarini maydalaysiz,
Qozonga solinadigan goʻshtday ularni nimtalaysiz.
4Vaqti kelib, Egamizga iltijo qilasiz,
Oʻshanda Xudodan javob olmaysiz.
Sizlar qabihlarcha ish tutdingiz,
Shu bois U sizlardan yuz oʻgiradi.”
5Egamiz shunday demoqda:
“Ey xalqimni yoʻldan ozdirgan paygʻambarlar!
Sizlar qorningizni toʻygʻizganlarga tinchlikni bashorat qilasiz,
Ogʻzingizni moylamaganlarga esa urushni eʼlon qilasiz.
6Endi ustingizga tun bostirib keladi,
Sizlar vahiylarni koʻrmaysiz.
Qaro zulmat sizni oʻrab oladi,
Bashorat qilishingizga imkon boʻlmaydi.
Sizlar uchun quyosh botadi,
Kunduz ham zulmat boʻladi.
7Sharmanda boʻlasiz, ey valiylar,
Uyatga qolasiz, ey folchilar.
Mendan soʻz olmaganingiz uchun
Ogʻzingizni ocholmay qolasiz.”
8Ammo mening vujudim kuchga toʻlgan,
Egamizning Ruhi meni toʻldirgan.
Qudrat va adolatga toʻlganman.
Endi men Yoqub naslining itoatsizligini fosh qilaman,
Isroil#3:8 …Yoqub…Isroil… — shu bobning 1–oyati izohiga qarang. xalqining gunohini yuziga solaman.
9Ey Yoqub naslining yoʻlboshchilari, eshiting!
Ey Isroil hukmdorlari, quloq soling!
Sizlar adolatdan hazar qilasiz,
Haqiqatni buzib koʻrsatasiz.
10Qonlar evaziga barpo qildingiz Quddusni,
Zulm evaziga bunyod etdingiz Sionni!#3:10 Sion — Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
11Ey Quddus hokimlari, sizlar pora olib hukm qilasiz,
Ey Quddus ruhoniylari, sizlar tama qilib taʼlim berasiz,
Ey Quddus paygʻambarlari, sizlar pul uchun bashorat qilasiz.
Tagʻin Egamizning nomini roʻkach qilib, aytasiz:
“Egamiz biz bilan, bunga shubha yoʻq!
Boshimizga biror koʻrgilik tushmas.”
12Sizlar sababli
Quddus daladay shudgor qilinadi,
Sion xarobazor boʻladi,
Egamizning uyi turgan togʻni#3:12 Egamizning uyi turgan togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 3:10 izohiga qarang.
Qalin chakalakzor qoplaydi.

Currently Selected:

Mixo 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy