YouVersion Logo
Search Icon

Mixo 2

2
2–BOB
Bechoraholni ezgan zolimlarning qismati
1Ey toʻshagida yotib, yovuzlikni rejalashtirganlar!#2:1 yovuzlikni rejalashtirganlar — shu bobning 1-11–oyatlarida Mixo Samariya va Quddusdagi nufuzli odamlarni ogohlantirib, kambagʻallarga zulm oʻtkazganlari uchun ularga qarshi bashorat qilyapti.
Sizning holingizga voy!
Tong otganda siz
Rejalaringizni amalga oshirasiz.
Ha, bu sizning qoʻlingizdan keladi.
2Sizlar birovning ekinzoriga koʻz olaytirib,
Uni tortib olasiz.
Birovning uyini yoqtirib qolib,
Uni oʻzingizniki qilib olasiz.
Birini oʻz uyidan,
Boshqasini meros qilib olgan yeridan mahrum etasiz.
3Shu sababdan Egamiz demoqda:
“Men sizlarga qarshi falokatni reja qilyapman.
Sizlar boʻyinturuqdan qochib qutulolmaysiz,
Burningizni osmonga koʻtarib yurmaysiz.
Bu ogʻir damlar boʻladi.”
4Oʻsha vaqt kelganda, sizlarni masxara qilib,
Odamlar shunday achchiq marsiya kuylashadi:
“Biz merosimizdan mahrum boʻldik!
Dalalarimiz dushmanlarga#2:4 dushmanlar — yoki arzimas odamlar yoxud xiyonatkorlar. boʻlib berildi.
Endi biz butunlay xarob boʻldik!”
5Shunday ekan,
Egamizning xalqi qaytadan boʻlganda yurtni,
Ulush qilib olmaysiz siz bir parcha yerni.
6Sizlar menga aql oʻrgatib deyapsiz:
“Bizga aql oʻrgatma!
Nafasingni issiq qil,
Biz sharmanda boʻlmaymiz.”
7Ey Yoqub nasli#2:7 Yoqub nasli — shu bobning 1–oyati izohiga qarang., sizlar aytasiz:
“Nahotki Egamizning sabri tugagan boʻlsa?!
Nahotki Xudo shunday ishlarni qilsa?!”
Bu soʻzlarni aytishingiz joizmi?!
Axir, Xudoning soʻzlari toʻgʻri odamga yaxshilik keltiradi–ku!
8Egamiz demoqda:
“Sizlar oʻz xalqingizga zulm qildingiz!
Xotirjam yurgan odamning qadamini poyladingiz.
Jangda talafot koʻrgan odamga oʻxshatib,
Uning egnidagi toʻnini yechib oldingiz.
9Xalqimning ayollarini shinam uylaridan chiqarib yubordingiz,
Farzandlarining nasibasini Mening yurtimdan uzdingiz#2:9 Farzandlarining nasibasini Mening yurtimdan uzdingiz — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Farzandlarini Mening ulugʻvorligimdan to abad mahrum qildingiz. Bu gapdagi Mening ulugʻvorligim iborasi Xudo Oʻz xalqiga bergan yurtni bildirsa kerak..
10Qani, turinglar, ketinglar bu yerdan!
Orom topa olmaysiz endi bu yurtda!
Axir, qilgan gunohlaringiz yurtimni harom qildi,
Yurtimning xarob boʻlishiga sabab boʻldi.
11Bordi–yu, oldingizga yolgʻonchi odam kelsa,
— Sharob, boʻzadan vaʼz aytaman, — deb aytsa,
Sizlar uni paygʻambar deya qabul qilasiz!
Umidbaxsh vaʼda
12Ey Yoqub nasli#2:12 Yoqub nasli — Xudo Yoqubning ismini Isroil deb oʻzgartirgan (Ibtido 32:27-28 ga qarang), shuning uchun koʻpincha Yoqub nasli deganda Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutiladi. Biroq bu oʻrinda mazkur ism ham Isroil, ham Yahudo xalqlariga nisbatan ishlatilgan. Yoqub bu ikkala xalqning bobokaloni boʻlgan.,
Men sizlarni albatta yigʻaman,
Ey Isroilning omon qolganlari,
Men sizlarni toʻplab olaman.
Qoʻradagi qoʻylarday, yaylovdagi suruvday,
Sizlarni Men bir joyga yigʻaman.
Oʻshanda yurtingiz odamlarga toʻlib–toshadi.
13Men Yoʻlboshchingiz boʻlib, sizlarga yoʻl ochaman,
Sizlarni surgundan olib chiqaman.
Sizlar shahar darvozasidan chiqib ketasiz.
Men, Shohingiz sizlarni boshlab boraman.
Men, Egangiz, oldinda yuraman.”

Currently Selected:

Mixo 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy